bo`lgan va undan Alisher Navoiy nomidagi Xalk kutubxonasining Shark
ko`lyozmalari bo`limiga, va undan keyin – 1943 yili O`zbekiston Fanlar
Akademiyasining Sharkshunoslik institutining ko`lyozmalar fondiga o`tkazilgan. U
2178 tartib rakami bilan saklanmokda.
To`plamda Abduraxmon Jomiyning xatlari 334 bo`lib, ular shaxsiy mazmunda
bo`lib, ko`pchiligi xar xil iltimosnomalardan iborat. Ularda solik va jarimalarning
ogirligi va solik yiguvchilarning zulmu bedodligi, Temuriyzodalarning o`zaro nizosi
tufayli mamlakat va xalk axvolining ogirlashgani, shuningdek, madrasa talabalariga
yordam berish to`grisidagi Alisher Navoiy, Sulton Xusaynga iltimosnomalardan
iborat.
Xoja Axrorning maktublariga kelsak, ular 128ta bo`lib, ular mazmunan
Abduraxmon Jomiy xatlariga o`xshashdir. Ularda Movarounnaxr va Xurosonning XU
asrning II- yarmidagi ijtimoiy-siyosiy axvoli, Samarkand xokimi Sulton Abu Said
Mirzo(1451-1469 yy.) va Xuroson podshoxi (1469-1506 yy.) o`rtasidagi ogir
munosabatlar, solik va jarimalar, xususan tamga soligining ogirligi va uni imkoni
bo`lsa bekor kilish masalalari ko`tariladi. Tinimsiz xarbiy yurishlar va o`zaro
urushlarning pirovardida fojeaga olib kelishini Temuriylarga ukdirishga xarakat
kilinadi. Masalan, Xoja Axror Sulton Abu Saidga yo`llagan bir maktubida uni
Ozarbayjon ustiga, uning xukmdori Kora Yusuf ustiga kilmokchi bo`lgan yurishiga
karshi chikadi. Maktubda, “Xargiz az Marv maguzarid” (“Xargiz Marvdan nariga
o`tmasinlar”) deb ochik ogoxlantirgani yozilgan. Ma`lumki, o`sha yurish natijasi
Sulton Abu Said uchun fojea bilan tugadi. 1469 yilgi jangda u xalok bo`ldi.
Sayyid Amir Xaydar Baxodirxon maktublari yoki “Majmu`ayi maktuboti
Sayyid Amir Xaydar Baxodirxon” nomli to`plamda Mangitlar sulolasi (1753-1920
yy.)ning yirik namoyondaoaridan biri Amir Xaydar(1800-1826 yy.)ning o`ziga yakin
amirlaridan Muxammad Inokka (keyincha oliy kushbegi) yo`llagan turli
masalalarga doir muboraknomalari, inoyatnomalari va boshka 900ga yakin 10 yil
davomida, 1814-1824 yillar yozilgan maktublari, jamlangan. U 464 varakli,
O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharkshunoslik institutining
ko`lyozmalar fondida 2120/II tartib rakami bilan saklanmokda. X1X asrning birinchi
yarmida ko`chirilib, kitob xoliga keltirilgan.
Xakimbiy inok ko`p yillar davlat xizmatida bo`lib, amir Xaydarning ishonchini
kozongan. Uning o`limidan (1826 y.) keyin taxt vorisi shaxzoda Umarga xiyonat
kilib, Ark darvozasini 1723 yildan beri Karshida xokim bib o`tirgan shaxzoda
Nasrulla to`raga ochib bergan. Xakimbiy kushbegi 1739 yili Eron podshoxi
Nodirshox (1736-1747 yy.) askariga Karshini, keyin Buxoroni topshirgan.
Maktublarda Buxoro amirining ma`muriy-xo`jalik faoliyati, shuningdek uning
davrida amalda bo`lgan konun-koidalar, er egaligining turlari, suyurgol, tanxo, mulki
xurriy xodis xamda soliklar-xiroj, zakot, ushrlar xakida muxim ma`lumotlarni
uchratamiz. Kuyida misol tarikasida, o`sha maktublardan ba`zilarini keltiramiz.
“Xokonning xurmatiga sazovor bo`lgan, davlatning ishonchli odami Muxammad
Xakimbiy mextar bilsinlarki, yakshanba kuni sixat-salomat Karshiga kelib ko`ndik.
Inshoallox, (kelasi) yakshanba kuni Samarkandga jo`naymiz. Bizga lozim bo`lgan va
(janoblariga) tayin kilingan narsalarni olib, agar Karshiga kelolmaydigan bo`lsalar,
O`rta cho`l va Xuzor Buga orkali xuzurimizga etib kelsinlar. Madrasayi oliyga vakf
etilgan ”Xazonayi muftadiyn” otlig kitobni mextardan talab kilib olsinlar va tolibi
ilmlarning ko`liga topshirsinlar.”
“Amirlik panoxi, vazirlikdan ogox bo`lgan, xokonning yakin odami,
marxamatga loyik... xokon xazratlarining marxamati tufayli zo`r xurmat topgan
Muxammad Xakimbiy inok bilsinlarki, Abdurasul to`ksabo, Safar baxodir, Xusayn,
Alibek yasovul, Farmonboy, Xolboy, Norbo`ta, Murod, Shomurod va Toshniyoz,
xammalari o`n kishi bo`lib, zakot yigish uchun jo`nab ketishgan. Ulardan kaysi biri
olti tillo yikkan bo`lsa, yozib yuborsinlar.” Xijriy 1224 yil.
Turli masalalar xakidagi xujjat, farmonlar va maktublar
Er-suv, Juybor xojalarini solik va jarimalardan ozod kilish, ularga tegishli
erlarga Vaxsh daryosidan suv chikarish uchun turli viloyatlardan xasharchilarni
safarbar kilish, oldi-sotti xakida berilgan farmonlar va Juybor xojalariga jo`natilgan
maktublar, masalan, shayboniy sultonlarining Abdullaxon soniydan shikoyat kilib
Juybor xojalariga yuborgan arznomalari, Koshgar va Badaxshon xukmdorlarining
xoja Muxammad Sa`d (1531-1532 – 1589 yy.) nomiga yo`llagan maktublari
Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon” asarida xam ko`p keltirilgan.
Shuni aloxida ta`kidlab o`tish kerakki, asar muallifining o`z so`zlariga
karaganda, uning ko`lida xoja Muxammad Islom bilan xoja Muxammad Sa`d nomiga
kelgan jami maktublar soni 500 dan ortik bo`lgan. Shundan u o`z asariga 132
maktubni kiritgan. Maktublar shayboniy sultonlar Muxammad Amin Sulton,
Xudoyberdi Sulton, Juvonmard Ali Sulton, Kepak Sulton, Dinmuxammad Sulton,
Xusrav Sulton, Abulkuddus Sulton va boshkalarga tegishli bo`lib, ulardan
mamlakatdagi bekarorlik va ur-yikitlarning avj olib ketganligi, solik va jarimalarning
xaddan ortikligi va solik yiguvchilarning zulmi tuvayli raiyat axvoli ogirlashib
ketganligi, xon tarafidan ko`yilgan amaldorlarning zulmidan shikoyat kilinadi.
Masalan, Sulton Sa`idxon (1530-1533 yy.)ning inisi Xuboyberdi Sultonga
tegishli bir xatda xususan bunday deyilgan: “Ko`shxokimiyat orkasida Shayxin va
Ofarinkent tumanlari xalki Buxoro va Miyonkol taraflarga ko`chib ketdi”. Maktub
oxirida Xudoyberdi Sulton Xoja Islomdan ularni vatanlariga kaytarishda ko`mak
berishlarini iltimos kiladi. Sulaymon Sultonning o`gli Maxmud Sultonning Xoja
Sa`dga yo`llagan maktubi xam e`tiborga molikdir. Maktubda Sulton Abdullaxon
tarafidan o`ziga otalik etib tayinlangan Xushimbiy ustidan ustidan shikoyat kiladi.
Maktubdan ma`lum bo`lishicha, otalik sultonga tegishli xamma narsani, xususan
davlat ishlari va mulkidan keladigan barcha laromadni egallab olgan. Masalan, xar
yili xirojdan to`planadigan 30 ming xoniydan sultonga bir chaka xam bermay
ko`ygan.
Mazkur asarda, uning beshinchi bobida, Xindiston, Koshgar, Turkiya va Eron
prdshoxlari tarafidan Juybor xojadariga yuborilgan maktubdarning nusxalari
keltirilgan. Masalan, Koshgar xoni Abdurashidxon, Muxammad Kuraysh Sulton va
Badaxshon xukmdori temuriyzoda Sulaymonshoxning maktublarida mamlakatning
ichki axvolidan va Balx xonlarining tazyikidan shikoyat kilinadi.
XVI asrda o`tgan xurosonlik yozuvchi Zayniddin Vosifiyning “Badoyi` ul-
vokoyi`” (“Ajoyib vokealar”) degan memuar asarida shayboniy xukmdorlarning
maktublari, fatxnomalari va yorliklaridan ba`zilarining nusxalari ilova kilingan.
Masalan, ulardan ikkitasida shayboniy sultonlar Ubaydullaxon, Jonibek Sulton va
boshkalarning 1512 yili temuriyzoda Boburning Najmi soniy boshlik Eron (kizilbosh)
askarlari ustidan kozongan galabasi va o`sha Ubaydullaxonning Koshgar xoni
Abjurashidxon bilan ittifokda kozok sultonlari ustidan kozongan galabasi munosabati
Dostları ilə paylaş: |