Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81

bo`lgan  va  undan  Alisher  Navoiy  nomidagi  Xalk  kutubxonasining  Shark 
ko`lyozmalari  bo`limiga,  va  undan  keyin  –  1943  yili  O`zbekiston  Fanlar 
Akademiyasining  Sharkshunoslik  institutining  ko`lyozmalar  fondiga  o`tkazilgan.  U 
2178 tartib rakami bilan saklanmokda. 
To`plamda  Abduraxmon  Jomiyning  xatlari  334  bo`lib,  ular  shaxsiy  mazmunda 
bo`lib,  ko`pchiligi  xar  xil  iltimosnomalardan  iborat.  Ularda  solik  va  jarimalarning 
ogirligi va solik yiguvchilarning zulmu bedodligi, Temuriyzodalarning o`zaro nizosi 
tufayli  mamlakat  va  xalk  axvolining  ogirlashgani,  shuningdek,  madrasa  talabalariga 
yordam  berish  to`grisidagi  Alisher  Navoiy,  Sulton  Xusaynga    iltimosnomalardan 
iborat. 
Xoja  Axrorning  maktublariga  kelsak,  ular  128ta  bo`lib,  ular  mazmunan 
Abduraxmon Jomiy xatlariga o`xshashdir. Ularda Movarounnaxr va Xurosonning XU 
asrning  II-  yarmidagi  ijtimoiy-siyosiy  axvoli,  Samarkand  xokimi  Sulton  Abu  Said 
Mirzo(1451-1469  yy.)  va  Xuroson  podshoxi  (1469-1506  yy.)  o`rtasidagi  ogir 
munosabatlar,  solik  va  jarimalar,  xususan  tamga  soligining  ogirligi  va  uni  imkoni 
bo`lsa  bekor  kilish  masalalari  ko`tariladi.  Tinimsiz  xarbiy  yurishlar  va  o`zaro 
urushlarning  pirovardida  fojeaga  olib  kelishini  Temuriylarga  ukdirishga  xarakat 
kilinadi.  Masalan,  Xoja  Axror  Sulton  Abu  Saidga  yo`llagan  bir  maktubida  uni 
Ozarbayjon  ustiga,  uning  xukmdori  Kora  Yusuf  ustiga  kilmokchi  bo`lgan  yurishiga 
karshi  chikadi.  Maktubda,  “Xargiz  az  Marv  maguzarid”  (“Xargiz  Marvdan  nariga 
o`tmasinlar”)  deb  ochik  ogoxlantirgani  yozilgan.  Ma`lumki,  o`sha  yurish  natijasi 
Sulton Abu Said uchun fojea bilan tugadi. 1469 yilgi jangda u xalok bo`ldi.   
Sayyid  Amir  Xaydar  Baxodirxon  maktublari  yoki  “Majmu`ayi  maktuboti 
Sayyid  Amir  Xaydar  Baxodirxon”  nomli  to`plamda  Mangitlar  sulolasi  (1753-1920 
yy.)ning yirik namoyondaoaridan biri Amir Xaydar(1800-1826 yy.)ning o`ziga yakin 
amirlaridan  Muxammad  Inokka                      (keyincha  oliy  kushbegi)  yo`llagan  turli 
masalalarga  doir  muboraknomalari,  inoyatnomalari  va  boshka  900ga  yakin  10  yil 
davomida,  1814-1824  yillar  yozilgan  maktublari,  jamlangan.  U  464  varakli, 
O`zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi  Sharkshunoslik  institutining 
ko`lyozmalar fondida 2120/II tartib rakami bilan saklanmokda. X1X asrning birinchi 
yarmida ko`chirilib, kitob xoliga keltirilgan.     
Xakimbiy inok ko`p yillar davlat xizmatida bo`lib, amir Xaydarning ishonchini 
kozongan.  Uning  o`limidan  (1826  y.)  keyin  taxt  vorisi  shaxzoda  Umarga  xiyonat 
kilib,  Ark  darvozasini  1723  yildan  beri  Karshida  xokim  bib  o`tirgan  shaxzoda 
Nasrulla  to`raga  ochib  bergan.  Xakimbiy  kushbegi  1739  yili  Eron  podshoxi 
Nodirshox (1736-1747 yy.) askariga Karshini, keyin Buxoroni topshirgan. 
Maktublarda  Buxoro  amirining  ma`muriy-xo`jalik  faoliyati,  shuningdek  uning 
davrida amalda bo`lgan konun-koidalar, er egaligining turlari, suyurgol, tanxo, mulki 
xurriy  xodis  xamda  soliklar-xiroj,  zakot,  ushrlar  xakida  muxim  ma`lumotlarni 
uchratamiz. Kuyida misol tarikasida, o`sha maktublardan ba`zilarini keltiramiz. 
“Xokonning xurmatiga sazovor bo`lgan, davlatning ishonchli odami Muxammad 
Xakimbiy  mextar  bilsinlarki,  yakshanba  kuni  sixat-salomat  Karshiga  kelib  ko`ndik. 
Inshoallox, (kelasi) yakshanba kuni Samarkandga jo`naymiz. Bizga lozim bo`lgan va 
(janoblariga)  tayin  kilingan  narsalarni  olib,  agar  Karshiga  kelolmaydigan  bo`lsalar, 
O`rta cho`l va Xuzor Buga orkali xuzurimizga etib kelsinlar. Madrasayi oliyga vakf 
etilgan  ”Xazonayi  muftadiyn”  otlig  kitobni  mextardan  talab  kilib  olsinlar  va  tolibi 
ilmlarning ko`liga topshirsinlar.” 


“Amirlik  panoxi,  vazirlikdan  ogox  bo`lgan,  xokonning  yakin  odami, 
marxamatga  loyik...  xokon  xazratlarining  marxamati  tufayli  zo`r  xurmat  topgan 
Muxammad  Xakimbiy  inok  bilsinlarki,  Abdurasul  to`ksabo,  Safar  baxodir,  Xusayn, 
Alibek  yasovul,  Farmonboy,  Xolboy,  Norbo`ta,  Murod,  Shomurod  va  Toshniyoz, 
xammalari  o`n  kishi  bo`lib,  zakot  yigish uchun  jo`nab  ketishgan.  Ulardan kaysi  biri 
olti tillo yikkan bo`lsa, yozib yuborsinlar.” Xijriy 1224 yil. 
 
Turli masalalar xakidagi xujjat, farmonlar va maktublar 
Er-suv,  Juybor  xojalarini  solik  va  jarimalardan  ozod  kilish,  ularga  tegishli 
erlarga  Vaxsh  daryosidan  suv  chikarish  uchun  turli  viloyatlardan  xasharchilarni 
safarbar  kilish,  oldi-sotti  xakida  berilgan  farmonlar  va  Juybor  xojalariga  jo`natilgan 
maktublar,  masalan,  shayboniy  sultonlarining  Abdullaxon  soniydan  shikoyat  kilib 
Juybor  xojalariga  yuborgan  arznomalari,  Koshgar  va  Badaxshon  xukmdorlarining 
xoja  Muxammad  Sa`d  (1531-1532  –  1589  yy.)  nomiga  yo`llagan  maktublari 
Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon” asarida xam ko`p keltirilgan. 
Shuni  aloxida  ta`kidlab  o`tish  kerakki,  asar  muallifining  o`z  so`zlariga 
karaganda, uning ko`lida xoja Muxammad Islom bilan xoja Muxammad Sa`d nomiga 
kelgan  jami  maktublar  soni  500  dan  ortik  bo`lgan.  Shundan  u  o`z  asariga  132 
maktubni  kiritgan.  Maktublar  shayboniy  sultonlar  Muxammad  Amin  Sulton, 
Xudoyberdi  Sulton,  Juvonmard  Ali  Sulton,  Kepak  Sulton,  Dinmuxammad  Sulton, 
Xusrav  Sulton,  Abulkuddus  Sulton  va  boshkalarga  tegishli  bo`lib,  ulardan 
mamlakatdagi bekarorlik va ur-yikitlarning avj olib ketganligi, solik va jarimalarning 
xaddan  ortikligi  va  solik  yiguvchilarning  zulmi  tuvayli  raiyat  axvoli  ogirlashib 
ketganligi, xon tarafidan ko`yilgan amaldorlarning zulmidan shikoyat kilinadi.  
Masalan,  Sulton  Sa`idxon  (1530-1533  yy.)ning  inisi  Xuboyberdi  Sultonga 
tegishli  bir  xatda  xususan  bunday  deyilgan:  “Ko`shxokimiyat  orkasida  Shayxin  va 
Ofarinkent  tumanlari  xalki  Buxoro  va  Miyonkol  taraflarga  ko`chib  ketdi”.  Maktub 
oxirida  Xudoyberdi  Sulton  Xoja  Islomdan  ularni  vatanlariga  kaytarishda  ko`mak 
berishlarini  iltimos  kiladi.  Sulaymon  Sultonning  o`gli  Maxmud  Sultonning  Xoja 
Sa`dga  yo`llagan  maktubi  xam  e`tiborga  molikdir.  Maktubda  Sulton  Abdullaxon 
tarafidan  o`ziga  otalik  etib  tayinlangan  Xushimbiy  ustidan  ustidan  shikoyat  kiladi. 
Maktubdan  ma`lum  bo`lishicha,  otalik  sultonga  tegishli  xamma  narsani,  xususan 
davlat  ishlari  va  mulkidan  keladigan  barcha  laromadni  egallab  olgan.  Masalan,  xar 
yili  xirojdan  to`planadigan  30  ming  xoniydan  sultonga  bir  chaka  xam  bermay 
ko`ygan. 
Mazkur  asarda,  uning  beshinchi  bobida,  Xindiston,  Koshgar,  Turkiya  va  Eron 
prdshoxlari  tarafidan  Juybor  xojadariga  yuborilgan  maktubdarning  nusxalari 
keltirilgan.  Masalan,  Koshgar  xoni  Abdurashidxon,  Muxammad  Kuraysh  Sulton  va 
Badaxshon  xukmdori  temuriyzoda  Sulaymonshoxning  maktublarida  mamlakatning 
ichki axvolidan va Balx xonlarining tazyikidan shikoyat kilinadi.    
XVI  asrda  o`tgan  xurosonlik  yozuvchi  Zayniddin  Vosifiyning  “Badoyi`  ul-
vokoyi`”  (“Ajoyib  vokealar”)  degan  memuar  asarida  shayboniy  xukmdorlarning 
maktublari,  fatxnomalari  va  yorliklaridan  ba`zilarining  nusxalari  ilova  kilingan. 
Masalan,  ulardan  ikkitasida  shayboniy  sultonlar  Ubaydullaxon,  Jonibek  Sulton  va 
boshkalarning 1512 yili temuriyzoda Boburning Najmi soniy boshlik Eron (kizilbosh) 
askarlari  ustidan  kozongan  galabasi  va  o`sha  Ubaydullaxonning  Koshgar  xoni 
Abjurashidxon bilan ittifokda kozok sultonlari ustidan kozongan galabasi munosabati 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə