Respublikaning raxbar organlari Kompartiya Markaziy Ko`mitasi (MK) va Ittifok
xukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bo`ysunardi. Ular respublika va
uning xalklari manfaatlari emas, balki Markaz (Moskva; umuman Sovet Rossiyasi.-
Taxririyat) manfaatlari yo`lida siyosat yurgizishga majbur edilar. O`zbekiston
xalklarining suveren xukuklari asosida ularning tub manfaatlarini ximoya kilishga
karatilgan ularning tub manfaatlarini ximoya kilishga karatilgan vatanparvarlik
kayfiyatidagi milliy raxbarlarning chikishlarini mustabid tuzum goyat kat`iyatlik
bilan barxam toptirardi.
Mustabid tuzum O`zbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida o`z
iskanjasida doimiy saklab kolish va uni metropoliyaning xom ashyo bazasi va
maxsulot bozori sifatidagi xolatini yanada mustaxkamlashga intildi. Bunday siyosat
okibatida respublikaning iktisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning kishlok
xo`jaligi tobora ko`prok paxtachilik yo`nalishiga ega bo`lib bordi, shu alfozda paxta
yakkaxokimligi karor topdi. O`zbekiston sanoati asosan kishlok xo`jaligi
extiyojlariga xizmat kilishga yo`naltirilgan edi. Sanoatda kishlok xo`jaligi
maxsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoklar asosiy o`rinni egallardi.
Respublika xom ashyosining pirovard maxsuloti Ittifok sanoat markazlarida ishlab
chikarilar, binobarin, foydaning asosiy kismi xam o`sha erda kolardi.
Markazning O`zbekitondagi mustamlakachilik siyosati respublikaning madaniy
rivojida xam o`zining yakkol ifodasini topdi. Garchi bu soxada birmuncha ijobiy
siljishlarga erishilgan bo`lsa-da, o`lka xalklarining ma`naviy xayoti to`la-to`kis o`z
davrining xukmron mafkurasi va siyosati ta`siriga olindi, baynalmilallik nikobi ostida
respublikani ruslashtirishga intilish ro`y berdi. O`zbek xalkining milliy madaniy
kadriyatlari oyokosti kilindi, O`zbek tili ikkinchi darajali tilga, rus tili esa davlat va
asosiy muomala tiliga aylantirildi.
Darvoke, Markazning bunday mafkura siyosati tufayli xalkimiz xayotining
barcha soxalariga putur etkazilganligini ta`kidlash barobarida respublika tarixiy
o`tmishining sovet davrida xam bir kator ijobiy ishlar kilinganligini aytib o`tmaslik
noxolislik bo`lur edi. Zero, o`sha yillarda xalkimizning fidokorona mexnati bilan
ko`plab zavod va fabrikalar kurildi, millionlab gektar yangi erlar o`zlashtirildi, katta-
katta kanallar kazildi, kishlok xo`jaligining moddiy-texnika negizi mustaxkamlandi,
uning maxsulotlari xajmi ortdi. O`nlarcha oliy va o`rta maxsus o`kuv yurtlari ochildi,
ularda xalk xo`jaligining barcha tarmoklari uchun mutaxassislar tayyorlandi,
umumta`lim maktablari xunar-texnika bilim yurtlarining keng tarmogi tashkil etildi,
ko`pgina madaniy-ma`rifiy muassasalar barpo kilindi. Natijada axolining ta`limiy va
madaniy saviyasi oshdi. To`gri, bu yutuklarning barchasiga mustabid tuzum davrida
aytish odat bo`lib kolgan «partiyaning dono siyosati» tufayli emas, balki
xalkimizning sadokatli, fidokorona mexnati tufayli erishildi.
Birok, shuni aloxida ta`kidlash joizki, ogir va mashakkatli mexnatlar evaziga
yaratilgan ana shu moddiy boyliklar o`zbek xalki, uning farovonligi uchun xizmat
kilmadi. Aksincha, bu moddiy-ma`naviy boyliklar o`zbek xalkini kamsitish, milliy
gururini oyokosti kilish, o`zligini unuttirish, kommunistik mafkurani yanada
kuchaytirish uchun xizmat kildi. O`zbekiston xududida bunyod etilgan korxonalar
(ayniksa, kimyo kombinatlari), keragidan ortikcha o`zlashtirilgan ko`rik va bo`z erlar,
kazilgan kanallar, kurilgan suv omborlari respublikaning ekologik axvolini
murakkablashtirdi, Orol dengizining kurib borishini tezlashtirdi, dexkonchilik erlari
tarkibini o`zlashtirib yubordi, atrof muxitni, ichimlik suvini zaxarladi. Modomiki
shunday ekan, Sovet davlati «eksperimentlari» natijasida barcha xalklar boshiga
tushgan fojialar va kulfatlarni, mustabid tuzum, xukmron partiya tomonidan sovet
xalklariga karshi olib borilgan zo`rovonlik va gayriinsoniy siyosatni xuch kachon
oklash mumkin emas.
Rasmiy manbalar. Sho`ro davri rasmiy manbalar deganda turli davlat
idoralarning xujjatlari partiya tizimi organlari karorlarini tushunamiz.
O`sha davr rasmiy matbuotda ularning bir kismi chop etilgan. Lekin turli tasik
organlari xujjatlari ma`lum davrgacha ko`pchilikdan pinxon saklangan. Agar chop
kilingan rasmiy ma`lumotlar maxsus tizimlar xujjatlari bilan kiyosiy o`rganishini juda
muximdir. Bu xujjatlar ichida sho`ro davri raxbarlari xayoti ijodiyga oid ma`lumotlar
ularning asarlari muxim tarixiy manba vazifasini o`taydi.
Fakat, O`zbekiston davlat mustakilligini ko`lga kiritishi bilan tarixiy xakikatni
tiklash uchun, yangicha va xolis yondashuv, sovet davrida yuzaga kelgan Vatanimiz
tarixidagi noxolisliklar va «ok doglar»ni milliy mustakillik mafkurasi asosida tugatish
uchun kulay shart-sharoit karor topdi. Bunga bosh mezon sifatida tarixiy dalil va
vokealarga, butun tarixiy jarayonga respublika va uning xalki manfaatlarini xisobga
olgan xolda printsipial baxo berish asos kilib olindi. Aynan shunday
yondashuvlarning
asosiy
printsiplari
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimov asarlarida, shuningdek, Vazirlar Maxkamasining 1996 yil dekabrdagi
«O`zbekistonning yangi tarixini yaratish» va 1998 yil iyuldagi «O`zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish
to`grisida»gi karorlarida bayon etilgan bo`lib, ushbu ilmiy-ommabop kitobning
mualliflar jamoasi xam shu asosda sovet davri O`zbekiston tarixini, sovet
davlatchiligining mustabidchilik moxiyatini xolisona yoritishga xarakat kildi.
Mualliflar jamoasi bu ishning uddasidan kanchalik chikkanligiga baxo berish, Siz-
muxtaram kitobxonlar xukmiga xavola.
Davr tarixi tadkikotlarda. Sho`ro davrida amalga oshirilgan tadkikotlar
mavjud siyosiy yo`nalish va mafkuraga bo`ysingan edi. Bu davrdagi tadkikotlarni
1917-30 yillarda amalga oshirilgan tadkikotlar. Ularda shu davr tarixiy butun bor
ziddiyatlar bilan yoritilgan. 40-50 yillarda amalga oshirilgan tadkikotlarda tarixiy
xakikat ma`lum darajada «sotsialistik» goyalarga bo`ysindirilgan xolda yoritilgan.
60-70 yillarda amalga oshirilgan tadkikotlarda ma`lum darajada shaxsga
siginishdan ozod bo`lingan bo`lsada, umuman, «kommunistik» mafkura ruxida
yoritilgan.
Mustakillik tufayli biz sho`ro davri tarixini xolis va to`gri yoritish imkoniga
egamiz.
Sho`ro davrida tarix xorijiy olimlar asarlarida. O`zbekistoning sho`ro
davrida tarixiy Rossiya va maxalliy olimlar tomonidan mavjud mafkura ruxida
yoritilganligi sababli chet el olimlarining ularga munosabati ma`lum ilmiy kiymatga
ega.
Albatta ularning bazilarida goyaviy kurash ta`siri aks etgan. Lekin ayrim yirik
olimlar tadkikotlari, xususan Axmad Zakiy Validiy Tugon asarlarini misol kilib
keltirish mumkin.
Bu davrda O`zbekistonda bo`lgan chet el tarixchilarining taassurotlari xam
ma`lum darajada ilmiy kimmatga ega.
Sho`ro davri tarixi zamonaviy tadkikotlarda. Tarix fani mustabidchilik
davrida O`zbekistonning sovet davrini (1917-1991 yillar), respublikamiz davlat
mustakilligini ko`lga kirutgunga kadar bo`lgan tarixini o`rganish borasida muayyan
ishlarni amalga oshirdi. Turixchi olimlarning sa`y-xarakatlari bilan, o`sha davr nuktai
nazaridan, katta mikdordagi tarixiy manbalar to`plandi, ular bir tizimga solinib, ilmiy
jixatdan umumlashtirildi. Birok bu asarlar jamiyatshunoslikda xukmron bo`lgan
markscha uslub asosida, sinfiylik va partiyaviylikning asosiy printsiplari negizida
yozilgan edi. Shu boisdan bu asarlarda tarixiy jarayon ko`p jixatdan bir tomonlama,
noxolis, tarixiy dalil va vokealar ataylab buzib ko`rsatildi, kommunistik mafkuraga
xos xulosalar kilindi.
Binbarin, chop etilgan ana shu ilmiy, ilmiy-ommabop ishlar kontseptual
tuzilishi,
oldiga
ko`ygan
vazifasi,
uslubiy
jixatlar
xilma-xilligiga
yo`l
ko`yilmaganligini, yagona siyosiy mafkura kolipida yozilganligini e`tiborga olib,
sovet davri tarixiy adabiyotlarining xar biriga aloxida berishni lozim ko`rmadik.
Shuningdek, 73 yillik sovet tuzumi davrida sotsializmni uluglab yozilgan tarixiy
adabiyotlarning son-sanogi yo`kligini inobatga olib, mavzuga oid adabiyotlar
ro`yxatini berishni xam maksadga muvofik emas deb xisobladik.
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð.
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð.
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð.
Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð.
q. Øóðî äàâðèäàãè 3àíäàé ìàíáàëàðíè áèëàñèç?
w. Øóðî äàâðè ðàñìèé ìàíáàëàð äåãàíäà íèìàíè òóøóíàñèç?
e. Øóðî äàâðè òàðèõèãà îèä 3àíäàé òàä3è3îòëàðíè áèëàñèç?
r. #àéñè ÷åò ýëëèê òàðèõ÷èëàð àñàðëàðèäà øóðî äàâðè òàðèõè åðèòèëãàí?
t. Çàìîíàâèé òàä3è3îòëàðäà øóðî äàâðè òàðèõè 3àíäàé òàë3èí 3èëèíàäè?
21-mavzu. Mustakillik davri tarixi manbalari
Reja:
1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy vokealar.
2. Rasmiy xujjatlar.
3. Prezident I.A.Karimov asarlari.
4. Mustakillik davri tarixi zamonaviy tadkikotlarda.
Asosiy tushunchalar. Daslat suvereniteti, Mustakillik, istiklol, davlat ramzlari.
Oliy Majlis, Senat, Parlament, ma`naviyat, milliy istiklol goyasi, inson omili.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. I. Karimov, «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch», -T., «O`zbekiston», 2008 yil;
2. I.Karimov, «Bizdan ozod va obid Vatan kolsin», 2-jild.-Toshkent: «O`zbekiston»,
1996 yil;
3. I. Karimov, «Vatan sajdagox kabi mukaddasdir», 3-jild.-Toshkent: «O`zbekiston»,
1996 yil;
4. I. Karimov, «Bunyodkorlik yo`lidan», 4-jild.-Toshkent: «O`zbekiston», 1996 yil;
5. I. Karimov, «Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi», 5-jild.-Toshkent:
«O`zbekiston», 1997 yil;
6. I. Karimov, «Xavfsizlik va barkaror tarakkiyot yo`lida», 6-jild. Toshkent:
«O`zbekiston», 1998 yil;
7. I. Karimov, «Biz kelajagimizni o`z ko`limiz bilan kuramiz», 7-jild.-Toshkent:
«O`zbekiston», 1999 yil.
Mustakillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, vokea va
xodisalarning shiddatliligi, olamu odam takdiriga daxldor bo`lgan dunyoviy
muammolaru serkirra xayotning barcha jabxalarini kamrab olgan umumiy
karashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo`lgan barcha
xodisalarni o`zida mujassam etdi. Mudrok bosgan tuygularimizni junbushga keltirdi.
Boshkacha kilib aytganda, xayotga tiyrakrok karaydigan bo`ldik. O`zligimizni anglay
boshladik.
Tabiiyki, bunday xayotiy zaruriyat barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar katori tarix
fani oldiga xam yangi vazifalar ko`yadi. Tadkikotchilar birinchi navbatda xalkning
istiklolga erishish yo`lidagi fidoyi mexnatini, milliy mustakillikka erishish yo`llari va
vositalarini,
milliy
davlatchilik
kurilishiga
doir
tajribani,
istiklolni
mustaxkamlashning siyosiy, iktisodiy, ijtimoiy va ma`naviy omillarini o`rganish va
milliy istiklol mafkurasini yaratish kabi bir kator muxim muammolarni xar
tomonlama mushoxada kilmoklari lozim. Darxakikat, o`rganishga, tadkik etishga,
dastlabki ilmiy-nazariy xulosalarni o`rtaga tashlashga asos bor.
2000 yil, 6 aprel kuni Ok saroyda mamlakat Prezidenti bir gugux olimlar,
faylasuflar, tarixchilar va mutaxassislar bilan uchrashib, milliy mafkura, milliy ong
tarakkiyoti, uning zarurati xakida gapirdi.
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo`k»,-degan edi I.Karimov. Darxakikat, tarix xotirasi
inson tarakkiyotiga kuchli ta`sir o`tkazadi, milliy istiklol mafkurasini shakllantirishda
muxim omil bo`lib xizmat kiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalk xalk tarixi, uning
rivojlanish boskichlarini nechoglik o`rganish, undan sabok chikarish bilan boglik.
Ulug allomalar aytganidek, tarix insonni istikbolga da`vat etadi. Ulkan
yaratuvchilikni
ragbatlantiradi.
Zotan,
uning
murabbiylik,
tarbiyachilik,
yo`naltiruvchilik kuchi xuddi ana shunda.
Shu ma`noda mamlakatimiz raxbarining O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
xuzuridagi Davlat va jamiyat kurilishi Akademiyasi koshida «O`zbekistonning yangi
tarixi» Markazini tashkil kilish to`grisida chikargan Farmoyishi katta tarixiy va
siyosiy axamiyatga ega. Ko`lingizdagi «Mustakil O`zbekiston tarixi» kitobi ana shu
xayrli yo`lda kilingan dastlabki ishdir.
Kitobda O`zbekistonning davlat mustakilligiga erishishi, yangi jamiyatga o`tish
davrida siyosiy isloxotlarning amalga oshirilishi, O`zbekistonda xukukiy demokratik
davlat kurilishi, fukarolik jamiyatining shakllantirilishi, iktisodiy isloxatlarni
chukurlashtirishga doir tadbirlar, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barkarorlikning
ta`minlash omillari, ma`naviy-ruxiy poklanish va milliy kadriyatlarning tiklanishi
xamda O`zbekistonning jaxon xamjamiyatidan munosib o`rin olishi kabi masalalar
ko`rib chikiladi.
Xullas, «Mustakil O`zbekiston tarixi» kitobi ana shu tarixiy jarayonlarni
mumkin kadar to`larok kamrab olish, uni jamlash, ma`lum bir tartibga solish,
kolaversa, ana shu jarayonlarni iloji boricha ko`prok o`rganish orzu-istagida vujudga
keldi. Darxakikat, mustakillik davrida o`tgan kunlarimiz aloxida o`rganishni, tadkik
etishni, ilmiy va nazariy xulosalar chikarishni takozo etmokda. Buning o`ziga xos
asoslari bor.
Birinchidan, istiklol yillarida O`zbekiston mustakil suveren davlat sifatida
jaxon xamjamitida o`ziga xos nufuzga ega bo`ldi. U o`zining katta ishlab chikarish
imkoniyatlari, boy akliy va jismoniy saloxiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan
dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari dikkatini tortdi va ular bilan tengma-teng
turib xamkorlik kilish kudratiga ega ekanligini ko`rsata oldi.
Ikkinchidan, eng ogir, mashakkatli va ziddiyatli paytlarda, o`tish davrining
o`ziga xos murakkabliklari mavjud bo`lgan bir vaktda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy,
iktisodiy barkarorlikning saklab turilishi mamlakat xukumati siyosatining nakadar
xayotiy va xalkchil ekanligini ko`rsatadi. Ayniksa, yuzdan ortik millat va ealt
yashayotgan mamlakatda turli akidalar va goyalar ta`sirida bo`lgan axolining talab-
extiyojlarini o`z vaktida kondirish, ularning karashlarini bir nuktada jamlash aloxida
uddaburonlikni va kat`iyatlikni talab etadi. O`zbekiston xukumati xuddi ana shunday
kat`iyatni ko`rsata bildi.
Uchinchidan, bozor iunosabatlariga o`tish jarayonida axolini ijtimoiy
ximoyalash, dunyoviy davlat kurishning aosi bo`lgan konun ustivorligiga erishish,
konun oldida barchaning tenligini ta`minlash tamoyillari vujudga keldi. Tub
isloxotlarning Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chikilgan mashxur besh
tamoyili istiklolning dastlabki yillaridayok jaxon xamjamiyatida yukori baxolandi va
to`la tan olindi.
To`rtinchidan, xorijiy invalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan yo`lga
ko`yish, shu asosda mamlakat ishlab chikarishini tubdan o`zgartirish, uni jaxonning
eng ilgor texnologiyalari bilan kayta jixozlantirish yo`li tutildi. Bu O`zbekistonning
jamiyatni bir xolatdan ikkinchi bir xolatga o`tkazishda barcha yosh mustakil
mamlakatlar o`rtasida eng to`gri yo`l tanlaganini ko`rsatdi.
Beshinchidan, O`zbekiston xukumatining isloxchilik siyosati bevosita xalk
dunyokarashi, uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari, an`analari bilan
uygun xolda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan kolsin», «Vatan
sadagox kabi mukaddasdir», «Savob ishni xar kim kilish kerak», «Farzandlarimiz
bizdan ko`ra kuchli, aklli, dono va albatta baxtli bo`lishi kerak» singari shiorlar
xalkimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uygun xolda dunyoga keldi.
Bugungi O`zbekistonning tom ma`noda ma`naviy tiklanish va ruxiy poklanish
maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat siyosati va xalk
orzu-umidlarininguygunligi natijasidir.
Ma`lumki, jamiyat tarakkiyotida shaxsning roli benixoya katta. Ayniksa, o`tish
davrida davlat arbobining, siyosiy etakchiningo`rni yana xam yakkolrok ko`zga
tashlanadi. Chunki, bu paytda xali ma`lum bir siyosiy tutum, siyosiy katlam va
jamiyatni yo`naltiradigan okim shakllanmagan, karashlar bir o`zanga tushmagan, turli
karama-karshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo`lgan murakkab bir vaziyat vujudga
keladi. Bunday paytda xalk o`z kelajagini asosan davlat raxbariga karab belgilaydi.
O`zining iymon-e`tikodini, takdirini u bilan boglaydi.
Ana shu nuktai nazardan karaganda mustakillikning o`tgan davrida
mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko`lamli ishlar bevosita davlat raxbarining
shaxsiyati, uning ish uslubi, vokea-xodisalarga yondoshish usuli bilan boglanib
ketgan. Xoxlaymizmi-yo`kmi, davlat arbobining siyosiy kiyofasi o`tish davrining
noyob maxsuli sifatida tarix saxifalarida Bosh isloxotchi kiyofasida mustaxkam
o`rnashgan bo`ladi. Demak, mustakllik davri tarixini o`rganar ekanmiz, bu jarayon
bevosita mamlakat Prezidenti I.Karimov faoliyati bilan uzviy boglanganligini yakkol
ko`ramiz va uni saxifalarga aynan ko`chirishga intildik. Tarixiy xakikat xam, xayotiy
va ilmiy xakikat xam shuni takozo etadi.
Shubxasiz, yukorida tilga olingan masalalarni o`rganish va mushoxada kilish
kishilarda yuksak ma`naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy istiklol mafkurasini
shakllantirish, yoshlarni tarixiy an`analarga, umuminsoniy kadriyatlarga xurmat,
Vatang muxabbat, istiklol goyalariga sadokat ruxida tarbiyalashga ko`maklashadi.
Rasmiy xujjatlar. O`zbekiston mustakilligiga oid rasmiy xujjatlar deganda
sobik sho`ro davrining xokimiyati tizimi so`nggi karorlarini tushunamiz. Chunki
mustakillik sobik ittifokning barxam topishi bilan yuzaga keldi. Bu davr xujjatlari bir
kismi sobik ittifok tizimi kabul kilingan.
Ikkinchi gurux rasmiy xujjatlar mustakil O`zbekiston raxbariyat organlari
tomonidan kabul klingan «Mustakillik dekloratsiyasi», «O`zbekiston konstitutsiyasi»
va boshka konunlar, Prezident farmonlari, vazirlar maxkamasi karorlari va
boshkalardir. Ayrim tarmok xujjatlari xam yurtimiz tarixini o`rganishda muxim
axamiyat kasb etish mumkin.
Prezident
I.A.Karimov
asarlari.
O`zbekiston
mustakil
bo`lgach,
tarakkiyotning
asosiy
yo`nalishlari
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimovning doklad va nutklarida, monografik asarlarida aks etgan.
Mustakillikka erishish goyasi xalkimizga azaldan meros, shu maksad ajdodlar orkali
ming yilliklar karidan bizgacha etib kelmokda. Prezident I.Karimov «Buyuk
kelajagimizning xukukiy kafolati» nomli risolasida, - «O`zbek millati azaldan o`z
fikri zikri, o`z istikloli uchun kurashib yashagan». Bunga moziy guvox. Millatimiz
tarixi xakidagi xakikat, yurtimizning fidoyi, o`z yo`lidan, maslagidan, so`zidan
kaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shar bo`lgan tarix saxifalarini
kunt bilan varaklash xammamiz uchun xam karz, xam farz,-deganda ana shu xolatni
nazarda tutadi. Xalkimizning uzok tarixi u o`z o`tmishida ozodlik, istiklol uchun
tinimsiz kurash olib borganidan guvoxlik beradi.
I.A.Karimov asarlarida ko`p asrlik tariximizdagi eng yirik tarixiy shaxslar Imom
al-Buxoriy, Axmad al-Fargoniy, Axmad Yassaviy, Jaloliddin Mangu Berdi, Amir
Temur, Mirzo Ulugbek kabi buyuk ajdodlarimizning jaxon madaniyatiga ko`shgan
xissasi, xamda mustakil respublikamiz tarakkiyotining ustuvor yo`nalishlari o`z
aksini topgan. Bundan tashkari Prezident davlat raxbari sifatida respublikamizning
xalkaro mikyosida olib borayotgan siyosatini aniklaydi. Mana shuning uchun xam
O`zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Karimov asarlari xalkimiz tarixini
o`rganishda metodologik ko`llanma sifatida, zamonaviy jarayonlarni o`rganishda
mushim manba bo`lib xizmat kiladi.
Eng muxim asarlari ingliz, frantsuz, ispan, nemis, xind, xitoy, arab kabi o`nlab
turli xorijiy tillarga tarjima kilinib chet ellarda bir necha bor nashr kilingan.
Respublikamizda esa I.A.Karimov asarlarining 13 jildlik to`plami nashr kilingan.
Mustakillik davri tarixi zamonaviy tadkikotlarda. Mustakillik azaldan
insoniyatning orzu-umidlari, armon va iztiroblarini o`zida mujassam etgan.
Darxakikat, inson tabiatning gultoji sifatida xamisha ozodlik va xurriyatga irtilib
yashaydi. U xamisha xar jixatdan o`zini erkin xis kilishga, taxlikasiz turmush
kechirishga extiyoj sezadi. Shuning uchun xam kishilik tarixi turli davrlarda er
sharining barcha mintakalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, moxiyatan
o`xshash bo`lgan xurriyatga intilish xodisalarini ko`p ko`rgan.
Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar.
1. Mustaqillik deklaratsiyasi nimaW
2. Prezident I.A.Karimov asarlarida Uzbekiston tarixi qanday eritilishiW
3. Uzbekiston Oliy Davlat Organlari tug`risida ma`lumot qaysi manbada aks etganW
4. Uzbekistonning xalqaro munosabatlari qanday manbalarda eritilganW
Dostları ilə paylaş: |