Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81

XVIII asrning boshlarida Buxoro bilan Xiva o`rtasidagi munosabatlar birmuncha 
ogirlashgan  edi.  Bunga,  birinchi  navbatda,  Xiva  xonlarining  Buxoro,  Chorjo`y  va 
xatto  Samarkand  xududlarini  talon-taroj  kilishlari  asosiy  sabab  bo`ldi.  1721  yilga 
kelib ikki o`rtada urush chikish zavfi yakkol ko`zga tashlanib koldi. F.Benevinining 
1721 yil 25 may kuni Moskvaga  yo`llagan xabarida masalan, kuyidagilarni o`kiymz: 
«Xiva  xoni  xakikatan  xam  buxoroliklar  bilan  urushmokchi.  Shunga  tayyorgarlik 
ko`rmokda.  Lekin,  katta  beklari  bunga  yo`l  bermay  turibdilar.  Ular  xatto 
Shergozixonni  taxtdan  tushirib,  15  yildan  beri  Buxoro  xoni  xuzurida  kun 
kechirayotgan  Musaxonni  taxtga  o`tkizmokchi  bo`lmokdalar.  Shu  xakda  Xivaning 
katta  beklari  Buxoro  xoni  bilan  bordi-keldi  kilib  turibdilar».  F.Benevini  Xivaning 
o`zi  xam  notinch  bo`lib,  ikki  yirik  arbob  Shergozixon  bilan  Temur  sulton  o`rtasida 
xokimiyat  uchun  kurash  borayotgani  va  Rossiya  Temur  sultonni  ko`llab-kuvvatlasa 
foydali  bo`lishini  aytdi.  «Agar  Shergozixon  yo`kotilsa,-deb  yozadi  F.Benevini,-bu 
erda  tinchlik  o`rnatiladi,  xamma  yo`llar  ochik  bo`ladi».  F.Benevini  to`plagan 
ma`lumotlar  Rossiya  xukumati,  uning  tashki  siyosati  uchun  kelajakda  ko`l  kelib 
koldi. 
 
Mitropolit Xrisanfning esdaliklari. 
Xrisanf asli grek, venetsiyalik aslzoda dvoryanlardan, Afina yakinida joylashgan 
Yangi  Pator  cherkovining  mitropoliti  bo`lib  xizmat  kilgan.  Xakikiy  ismi  sharifi 
Kontaripi. 1724 yili mukaddas patriarx Samuel tarafidan Istanbul atrofida joylashgan 
Xiroti  nisan  cherkoviga  mitropolit  etib  tayinlangan.  Podshoning  tazyiki 
okibatida1784 yili Istanbulga ketib koldi. Ko`a vakt o`tmay, Xrisanf Livon ordeniga 
karashli  cherkovlar  bilan  tanishish  maksadida  Shom-Suriyaga,  u  erdan  Xalab-
Aleppoga  bordi.  O`sha  erda  ingliz  savdogarlari  bilan  tanishib  koladi  va  ular  bilan 
birga Frot-evfrat daryosi bilan Fors ko`ltigiga bordi va u erda kemaga tushib, Maskat 
orkali  Xindistonning  Surat  bandargoxiga  kelib  tushdi.  So`ng  Xindiston,  Kashmir, 
Kobul,  Balx  va  Samarkand  orkali  Buxoroga  bordi.  Xrisanf  O`rta  Osiyoning  bir 
kancha shaxarlarida bo`ldi, bir yil Xivada turdi.  
So`ng 1792 yili Ashtarxonga bordi va bir fursat o`sha erda istikomat kildi. Keng 
ma`lumotli  va  kuzatuvchan  bu  odam  tez  orada  Astraxanda  ko`plarning  dikkatini 
o`ziga tortdi. Ashtarxan episkopi uning xakida mukaddas sinodga axborot yuboradi. 
So`ng  Xrisanf  Moskvaga  chakirtiriladi.  Mukaddas  Sinod  uni  xar  taraflama  tekshirib 
ko`rib va keng ma`lumotli odam ekanligiga ishonch xosil kilgandan keyin, Xrisanfni 
Kavkaz o`lkasiga, uni batafsil o`rganish uchun yubordi.  
So`ng, 1796 yilning boshida, Ryazan`, Tambov va Kavkaz o`lkalarining general 
gubernatori  graf  Gudvich  podshoyi  oliy  xazratlarining  amri  bilan  Xrisanfni 
Peterburgga, Nevskiy monastriga mitropolit Gavriil xuzuriga jo`natib yuboradi.  
Mitropolit  Xrisanfning  birdan  poytaxtga  chakirilishi,  uni  yaxshi  bilgan 
sharkshunos  V.V.Grigor`evning  fikricha,  Rossiyaning  yakin  orada  Eronga  bostirib 
kirish  rejalari  bilan  boglik  bo`lsa  kerak.  Rus  xarbiy  ekspeditsiyasining  raxbari 
Valeriyan  Zubovga  sayyoxning  Eron  va  O`rta  Osiyo  xakidagi  keng  bilimi  kerak 
bo`lib kolgan. Oradan bir yil o`tgach,1797 yili Xrisanf mukaddas Sinodning farmoni 
bilan  ekatrinoslav  eparxiyasiga  xizmatga  jo`natildi.  1798  yilning  20  yanvarida 
Mitropolit  Xrisanf  Feodossiyaga  jo`nab  ketdi.  Uning  keyingi  xayoti  va  faoliyati 
xakida boshka ma`lumotga ega emasmiz. 


Mitropolit  Xrisanfning  O`rta  Osiyoga  kilgan  sayoxati  kundaligi  bir  paytlar  rus 
xarbiy  ekspeditsiyasiga  boshchilik  kilgan  shraf  Valeriyan  Zubov  ko`lida  bo`lgan. 
Kundalik,  ba`zi  shaxar  va  viloyatlar  o`rtisidagi  masofa,  axolisining  umumiy  soni 
xakidagi noanikliklarni xisobga olmaganda, katta kimmatga ega. Unda mamlakatning 
iktisodiy  va  siyosiy  axvoli,  xalkining  turmush  sharoiti,  e`tikodi  xakida,  shuningdek, 
O`rta Osiyoda istikomat kilib turgan ous va eronlik asirlarning axvoli xakidagikiska, 
lekin o`ta muxim ma`lumotlarni uchratish mumkin. 
Masalan,  Buxoro  xonligining  yirik  shaxarlaridan  Samarkand,  Buxoro  va  Balx 
xamda Xorazmning XVII-XIX asrlardagi poytaxti Xiva xakida Xrisanf mana bularni 
yozadi:   
Samarkand xakida: «Samarkand shu kunlarda deyarli bo`sh kolgan. Uni egallab 
olgan  baxaybat  maxluk  samarkandlik  noib  (Rajabxon)  uni  ilgarigidek  obod  kilish 
uchun  kanchalik  urinmasin,  mexnati  zoe  ketdi.  Eshitishimcha,  uning  tevarak 
atrofdaridagi  toglarda  konlar  bor,  tabiati  yokimli...Tevarak  atrofida  xam  o`zbeklar 
istikomat kiladilar». 
Buxoro  xakida:  «Buxoro  –  to`k  shaxar.  Unda  savdogarlar  va  boshka  (boy-
badavlat)  odamlar  ko`p.  U  asosan  kumush,oltin,  marvarid  va  kimmatbaxo  toshlarga 
boy.  Xon  tez-tez  Balx  va  mashxad  ustiga  talon-taroj  yurishlari  uyushtirib  turadi. 
Buxoroliklar jon-jaxd bilan jang kiladilar». 
Balx  xakida:  «Balx  viloyati  xakida  gapirmasam  guonxi  azim  bo`ladi.  Agar 
Buxoro xukmdorlari tez-tez xujum uyushtirib, uni talon-taroj kilmaganlarida u obod, 
kudratli va boy viloyat bo`lur edi. Nodirshox vafot etgandan beri shu vaktgacha afgon 
podsholari ko`lida. Uning kal`asi chor tarafdan (suv yuilan to`ldirilgan xandak bilan 
o`ralgan)  tepalikda  joylashgan.  Balx  ataluvchi  katta  kal`asi  bor.  Kal`a  xozirgacha 
mustakil.  Axmadshoxdan  boshka  xech  kimga  bo`ysunmaydi.  Devorlari  pishik 
gishtdan...» 
Buxoro  xonligining  mineral  boyliklari  xakida  Xrisanf  kuyidagi  ma`lumotlarni 
keltiradi:  «Buxoro  bilan  Balx  o`rtasida  baland  bir  tog  bor.  Unda  kizil  tusli  marmar 
(parchalari)ga  o`xshash  tusdagi  tuz  konlari  mavjud.  O`sha  viloyatda  shunday  toglar 
xam  mavjudki,  ularda  xar  turli  ma`dan  konlari  bor.  Bu  toglarda  o`zbeklarning 
ko`ngirot  kavmi  istikomat  kiladi.  Bu  toglar  shimolda  Samarkandgacha,  sharkda 
Badaxshongacha cho`zilgan. 
Buxoroda  istikomat  kilib  turgan  asarlar  xakida  mana  bu  ma`lumot  keltirilgan: 
«Buxoroda  ko`p  rus  asirlari  bor,  eronliklardan  6000ga  yakin  asir  bor.  Ular 
xo`jayinlariga karshi ko`zgolon ko`tarish darajasiga etishgan». 
Xiva  shaxri  xakida  o`kiymiz:  «erli  axoli  ikki  toifadan:  maxalliy  kotliklar 
(Xrisanf ularni Kiditi deb ataydi) va boshka erlardan ko`chib kelgan ko`ngirotlardan 
tashkil  topgan.  Ular  Kotdan  chikkan  vazir  o`ldirilgandan  beri  o`zaro  yovlashib 
keladilar.  Kotliklar  5000  ga  yakin  xonadondan  iborat.  Ular  o`ta  kek  saklovchi  xalk. 
Kotliklarning  tayyor  ko`shini  yo`k.  (Zarur  bo`lib  kolganda)  kelishib  odam 
yollaydilar.  Oyiga  kimga  o`n  so`m,  kimga  bir  so`m  beradilar.  Aytishlaricha, 
xivaliklarning  xarbiy  kuchi  20  000  kishini  tashkil  kilar  emish.  Lekin  bu  gap  to`gri 
emas, masalan, o`tgan yili, men o`sha erda ekanligimda Avazbiy Inokning topshirigi 
bilan  axolini  xisob-kitob  kilganlarida,  mamlakatda  xammasi  bo`lib  3000  zrnadon 
borligi aniklangan. Lekin xukmdorga yaxshi ko`rinish uchun (ko`shin sonini) 20 000 
kishidan  iborat  deb  aytadilar.  Ko`ngirotlilar  jaxldor  xalk.  Boshliklari  boy-badavlat 
kishilar,oddiy  xalk  esa  kashshok...  Xivaliklarning  ko`pchiligi  Astraxan  va  Buxoro 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə