Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81

Masalan, Imomkulixon o`z ixtiyoridagi 23 rus asirini ozod kilgan. Boy-badavlat 
kishilar,  amirlar  va  savdogarlar  ko`lidagi  asirlar  xususida  Imomkulixon  elchiga 
«ularni  kidirishga  xozircha  fursat  yo`k,  xizmatkori  (Toshkent  xokimi  Tursunxon) 
isyonini bostirgandan keyin imperator janobi oliylarining bu iltimosini bajaramiz va 
topganlarimizni o`zimiz yuboramiz», deb va`da bergan. 
Xar ikkila xonlikdagi ichki vaziyat xakida xam Rossiya elchisi ko`p ma`lumotlar 
to`plashga muvaffak bo`lgan. Elchining axborotida, masalan, kuyidagilarni o`kiymiz; 
«...(biz Buxoroda bo`lgan paytda) Buxoro xoni bilan Toshkent xokimi o`rtasida urush 
borayotgan  edi.  Xon  unga  karshi  o`zining  katta  amiri  Nadr  devonbegini  40  ming 
askar  bilan  jo`natdi.  Shulardan  10  ming  navkarini  Toshkent  xokimi  urushda  xalok 
kildi.  Shundan  keyin  Imomkulixonning  shaxzodalari  borib  Tursun  sultonning 
yigitlarini  maglubiyatga  uchratdilar.  Ikki  o`rtadagi  urush  xali  bir  yoklik  bo`lgani 
yo`k...» 
Imomkulixon  Rossiya  elchisi  kelib-ketgan  vakt  ichida  o`zaro  urushlar  va 
isyonlar  tufayli  Balx  bilan  Samarkandda  turdi.  Shu  vakt  ichida  elchiuni  ikki  marta 
borib  ko`rdi,-birinchi  marta,  Buxoroga  kelgandan  o`n  kun  keyin,  ikkinchi  marta 
yurtiga  kaytib  ketishi,  ya`ni  1622  yil  3  avgust  oldidan.  I.D.Xoxlovning  axborotida 
o`kiymiz;  «Xon  o`sha  vaktlarda  Samarkandda  emas  edi.  Inisi Nadr  xuzuriga kochib 
borib  turgan  edi.»  Imomkulixon  Samarkandga  I.D.Xoxlov  Buxoroga  kelgandan  bir 
xafta  o`tgandan  keyin,  kaytib  keldi.  Lekin  kattik  ogrib  koldi.  Rus  elchisi  bilan 
muzokarani  Nadr  devonbegi  olib  bordi.  Muzokaralarda  ko`tarilgan  asosiy  masala 
kalmoklar,  no`gaylar,  shuningdek  rus  asirlarini  ozod  kilish  masalasi  bo`ldi.  Rus 
asirlari  xususida  Nadr  devonbegi  elchiga  bueday  javob  berdi;  «Imomkulixon  sizga 
kuyidashilarni aytishimni buyurdi. Boshkalarini inshoallox, Tursun sulton bilan urush 
tugagandan keyin kidirtirib topadi va yurtiga jo`natib yuboradi. Sizning podshoxingiz 
xam shu tarzda ish tutib, ko`lidagi Imomkulixonning odamlarini bo`shatib yuborsin». 
Buxoro  va  Xiva  xonliklarining  ichki  axvoli  xakida  xam  I.D.Xoxlov  muxim 
ma`lumotlar to`plagan. Uning ma`lumotlaridan ma`lum bo`lishicha, mamlakat o`zaro 
urushlar  iskanjasida  kolgan,  Balx,  Toshkent  va  Samarkand  ustida  turgan  noiblar 
markaziy  xukumatga  bo`ysunishdan  bosh  tortib,  o`zlarini  mustakil  tutayotganliklari 
natijasida Buxoro xukumati kuchsizlanib kolgan. 
 Xiva  xonligida  xam  aynan  shunday  vaziyat  xukm  surar  edi.  Bu  erda  Arab 
Muxammadxon  (1602-1623  yy.)  bilan  uning  o`gillari  Avanesh  va  Il`bors  o`rtasida 
toj-taxt  uchun  kurash  borardi.  I.D.Xoxlovning  Elchilar  maxkamasiga  yozgan 
axborotida  o`kiymiz;  «Urganch  zaminida  isyon  boshlangan.  Arabxonning  o`gillari 
Avanesh  va  Il`bors  (otasini)  tutib  olib  ko`ziga  mil  tortganlar.  Arabxonning  boshka 
o`gillari; Abulgozi bilan Sharif Sulton Buxoro xoni xuzuriga kochib ketganlar». 
Rossiya  elchisi  Xiva  xonligi  xududlariga  Yoyik  (O`rol)  kazaklari  va 
kalmoklarning  tez-tez  kilib  turgan  talonchilik  xurujlari  xakida  muxim  ma`lumotlar 
keltiradi. Bu xakda I.D.Xoxlovning ma`lumotnomasida mana bularni o`kiymiz; «Ivan 
Bovatda  (Bogotda)  tutkinda  turgan  paytda  Urganchga  karashli  ko`chmanchi  xalk 
ustiga  boskinlar  rus  kazaklari  Trenka  Us`  va  uning  odamlari  bostirib  kirib, 
turkmanlarni  talon-taroj  kildilar,  ko`p  odamlarni  o`ldirdilar,  ko`plarini  asir  olib 
ketdilar...Urganch  erlariga  kalmoklar  xam  ko`p  bor  bostirib  kirib,  ko`plarini 
o`ldirgan». 
Rossiya  elchis  xabarnomasida  Buxoro,  Xiva  shaxar  va  kishloklarining  umumiy 
axvoli  xakida  xam  muxim  ma`lumotlar  keltiriladi.  Ular  elchi  kelgan  paytda  ancha 


xarobalikka  yuz  tutib  kolgan  edi.  Elchining  so`zlariga  karaganda,  bunga  tinimsiz 
o`zaro urushlar, toju taxt uchun kurash va kozok, kalmok va yoyik kazaklarining tez-
tez  kilib  turgan  xurujlari  sabab  bo`lgan.  Ma`lumotnomada  bojxona  to`lovlari  xaki 
I.D.Xoxlovda  kimmatli  ma`lumotlar  uchratamiz.  Bojxona  xaki,  birinchidan, 
mamlakatdan  mamlakatga  o`tgandagina  emas,  balki  bir  mamlakatning  o`zida  bir 
viloyatdan  ikkinchi  viloyatga  o`tganda  xam  olingan.  Ikkinchidan,  u  nakd  pul  bilan 
xam, mol bilan xam to`langan. Masalan, xar bir yukdan 33 parcha mato xajmida boj 
olingan. 
Shuningdek, I.D.Xoxlov Buxoro va Xiva xonliklarining Xindiston va Eron bilan 
bo`lgan  munosabatlari  xakida  xam  ayrim  ma`lumotlar  to`plagan.  Masalan,  uning 
xabarnomasida bunday gap bor; «Imomkulixonning, Balx xoni Nadr Muxammadning 
kizilboshlar podshoxi shox Abbos bilan alokasi yomon. Ular (bir-birlari bilan) urush 
xolatidadirlar.  Xozirgi  paytda  ular  orasida  urush  bo`layotgani  yo`k.  Tinchlik  xam 
o`rnatilmagan.  Urushning  yo`kligi  sabab,  shox  bilan  Xindiston  o`rtasida  (Kandaxor 
uchun)  urush  bormokda».  Buxoro  va  Balx  xonlari  bilan  Xindiston  o`rtasida  xam 
munosabatlar  aynan  shu  vaktda  yaxshi  bo`lmagan.  Buning  sababini  Rossiya  elchisi 
bunday  sharxlaydi;  «Buxoro  xoni  Imomkulixon  Xindiston  podshosiga  lochin 
yuborgan  edi.  Balx  xoni  Nadr  Muxammadxon  bo`lsa  uni  (Buxoro  elchisidan)  tortib 
oldi. Shu sababdan Xindiston podshoxi u bilan savdo alokalarini o`zdi, savdogarlarni 
Balx  bilan  Buxoroga  yubormay  ko`ydi,  Buxoro  savdogarlariga  Xindiston  mollarini 
olib ketishni man kildi...» 
I.D.Xoxlovning  guvoxlik  berishicha,  Xiva  xonligi  bilan  Eron  o`rtasidagi 
munosabatlar  xam  o`sha  paytlarda  yaxshi  bo`lmagan.  U,  masalan,  yozadi; 
«Urganchliklar  shox  Abbos  bilan  yaxshi  munosabatda  emaslar.  Ivan  (Xorazmda 
turgan)  xonzoda  Il`bars  kizilboshlarga  karashli  Obivardga  xujum  kilgan, 
obivardliklarning otlari va tuyalarini tortib olgan. Shuningdek, 100 odamini asir kilib 
xaydab ketgan...» 
 
Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to`grisida manbalar 
Aka-uka Pazuxinlar Markaziy Osiyo xonliklarining umumiy axvoli, xonliklarga, 
Eron  va  Xindistonga  Astraxan  orkali  olib  boradigan  karvon  yo`li  xakida  keng 
ma`lumot jamlaganlar. 
Aka-uka  Pazuxinlar  kelib  chikishi  aslzoda  (dvoryan)  avlodi.  Katta  Pazuxin  – 
Boris  Andreevich  Pazuxin  1667-1673  yillari  stolnik  mansabida  davlat  xizmatida 
bo`lgan  va  inisi  Semyon  Ivanovich  bilan  birgalikda  1669-1671  yillari  Buxoro,  Balx 
va  Urganchga  yuborilgan  rossiya  elchiligiga  boshchilik  kilgan.  Oradan  sakkiz 
o`tgach,  1679  yili  Krimga  elchi  kilib  yuborilgan.  Yo`lda  isyonchi  rus  kazaklarining 
xujumiga duchor bo`lgan va olishuv paytida o`ldirilgan. 
Aka-uka  Pazuxinlar  (elchilik  tarkibida  10  kishi  bo`lgan)  Buxoroga  Yoyik-
kalmok ulusi va Xiva orkali borganlar, kaytishda esa Eron-Shemaxa va Boku orkali 
kaytishgan. 
Elchilar Buxoro va Xivada  xammasi bo`lib ikki yarim yil turganlar. 
Podshox  va  elchilik  maxkamasi  tarafidan  berilgan  xujjatlardan  ma`lum 
bo`lishicha, Aka-uka Pazuxinlar elchiligi oldiga kuyidagi vazifalar ko`yilgan; 
1)xar ikki davlat; rossiya va O`rta Osiyo xonliklari o`rtasidagi do`stlik va savdo 
alokalarini  mustaxkamlash.  Podshox  Aleksey  Maxaylovich  (1645-1676  yy.)ning 
Buxoro  xoni  Abdulazizxon  (1645-1680  yy.)  nomiga  yo`llagan  maktubida  o`kiymiz; 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə