Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81

asarida  saklanib  kolgan.  1923  yili  uning  kiskartirilgan  taxriri  ko`lyozmasi  Mashxad 
kutubxonalarining birida topilib, asarni yakindan, bevosita o`rganishga yo`l ochildi. 
Ibn Fadlan “Risola“cining arabcha matni 1823 yili Peterburgda, Yokut Xamaviy 
asarida saklangan parchalar asosida va 1959 yili Damashkda nashr kilingan. Asar rus 
tilida (tarjimon A.P.Kovalevskiy) 1939 yilda nashr kilingan. 
“Risolat ul-avval” (“Birinchi risola”) nomli kitob muallifi Abu Dulaf, X asrda 
yashab o`tgan adib, sayyox va geograf olimdir. Uning to`la Mas`ar ibn Muxalxil al-
Xazrajiy  al-Yanbuiydir.  Madinaning  mashxur  xazraj  kabilasiga  mansub  bo`lib,  asli 
Kizil dengizning port shaxri Yanbulikdir. 
Abu  Dulaf  X  asr  boshlarida    Buxoroga  kelgan  va  shoir  sifatida  Nasr  11  ibn 
Axmad  Somoniy  (taxm.  914-943)  xizmatiga  kabul  kilingan.  942  yili  Buxorodan 
kaytayotgan  Xitoy  elchilariga  xamrox  bo`lib,  Sharkiy  Turkiston  orkali  Xitoy 
poytaxtiga  borgan,  u  erdan  Xindistonga  o`tgan.  Muallif  Buxorodan  Xitoy  va 
Xindistonga kilgan safari vaktida ko`rgan-bilganlari xakida “Risolat ul-avval” asarini 
yozgan. 
Olimning  Ozarbayjon,  Armaniston  va  Eronning  shaxarlari  va  osori  atikalari 
xakida “Risolat ul-uxro” (“Ikkinchi risola”) asari xam Eronda o`sha vaktda yozilgan. 
Ulardan ayrim parchalar Yokut Xamaviy xamda Zakariya ibn Muxammad Kazviniy 
asarlari ichida saklangan. Bu parchalar nemischa tarjimasi bilan birga F.Vyustenfel`d 
(1942) xamda K.Shlyotser (1844) tomonidan chop etildi. 
Abu  Dulaf  va  uning  asarlari  mashxur  sharkshunos  olimlar  dikkat  e`tiborini 
kozongan. “Risolat ul-uxro” rus tiliga tarjima kilingan (1860). 
Marko  Polo  xotiralari.  evropalik  sayyox  Marko  Polo  (1254-1324  yy.)ning 
1271-1275  yillari  Mo`guliston  va  Xonbalik  (Xitoy)ga  sayoxat  kilgan.  U  17  yil 
davomida  Xitoyning  ko`p  viloyatlarini  borib  ko`rgan.  U  Samarkandda  xam  bo`lgan 
va  bu  xakda  mana  bu  ma`lumotlarni  koldirgan;  «Samarkand  katta,  mashxur  shaxar. 
Unda  sarasinlar  bilan  xristianlar  xam  istikomat  kiladilar».  Marko  poloning  kitobida 
Oltin  O`rda  va  Chigatoy  ulusiga  karashli  shaxarlar,  ularning  xalki  xakida  xam 
kimmatli  ma`lumotlar  keltirilgan.  Uning  asari  1298  yili  yozilgan  va  bir  kancha 
evropa tillariga tarjima kilingan. Asarning ruscha nashri 1955 va 1990 yillari amalga 
oshirilgan. 
 
«Iogann Shil`tbergerning evropa, Osiyo va Afrika bo`ylab kilgan sayoxati» 
Bavariyalik  ritsar`,  kurchi  Iogann  Shil`tberger  Amir  Temur  davriga  oid  o`z 
esdaliklarini  yozib  koldirgan.  U  asli  nemis  jangchisi  bo`lib,  1396  yilning  15 
sentyabridagi Turklar va evropaliklar umumiy ko`shini o`rtasidagi jangda asir olingan  
va keyinchalik kariyb 8 yil Boyazid 1 ning xizmatida bo`lgan. 
1402  yilgi  Ankara  yonida  bo`lgan  urushda  Iogann  Shil`tberger  Amir  Temur 
tarafidan  asir  olindi  va  Samarkandga  olib  ketildi.  Amir  Temur  vafotidan  (1405  y.) 
keyin u dastlab Shoxrux, so`ngra Mironshox va uning o`gli Abubakr mirzo xizmatida 
bo`ldi. Shundan boshlab uning Osiyo va Afrika mamlakatlari bo`ylab jaxongashtaligi 
boshlandi.  Iogann  Shil`tberger  kariyb  31  yil  mobaynida  kilgan  «sayoxat»i  paytida 
ko`rgan-bilganlarini  esdalik  sifatida  yozib  koldirgan.  Unda  juda  ko`p  noanikliklar, 
ayrim  vokealarni  bo`rttirib  yoki  kamsitib  yozishlar  bor.  Shunga  karamay,  Iogann 
Shil`tbergerning  kundaliklarida  kimmatli  tarixiy  ma`lumotlar,  muxim  dalillarni 
uchratamiz. Bir-ikkita misol; 


1)Temuriylar,  xususan  ularning  Ozarbayjondagi  noiblari,  masalan  Abubakr 
Mirzo Oltin O`rda xukmdorlarining o`zaro kurashlariga aralashib turganlar. 
2)XU  asrning  boshida  Oltin  O`rdaning  ichki  axvoli  va  bunda  kudratli  amir 
edigey (Idiku O`zbek)ning nomi ko`rsatib o`tiladi. 
3)Ozarbayjon,  Dashti  kipchok  va  uning  xalki  xakida  muxim  ma`lumotlar 
keltiriladi.  Masalan,  Ozarbayjon  xakida  bunday  ma`lumotlar  bor;  Tabriz  Eronning 
bosh  shaxarlaridan.  Uning  savdodan  oladigan  foydasi  tamom  bir  xristian  davlati 
topadigan  foydadan  ortik.  «Sultoniya,  Ray,  Maroga,  Axlat,  Gilon  xam  ushbu 
mamlakatning  yirik  shaxarlaridan...  Rayning  xalki  boshkalardan  shu  bilan  fark 
kiladiki,  u  Muxammadga  emas,  balki  Aliga  imon  keltiradi.  Ularni  rofiziylar  deb 
ataydilar».  Dashti  kipchok  va  uning  xalki  xakida  Iogann  Shil`tbergerning 
«Esdaliklari»  da  mana  bunday  gaplar  bor;  «Men,  shuningdek,  Buyuk  Tataristonda 
xam  bo`ldim.  Xalki  don  ekinlaridan  fakat  tarik  ekadi.  Ular  umuman  non  va  vino 
istimol  kilmaydilar.  Vino  o`rniga  ot  va  tuyaning  sutini  ichadilar,  shu  va  boshka 
xayvonlarning go`shtini uydilar ...Yana shuni xam aytish kerakki, xon saylashda uni 
ok  kigizga  o`tkizib,  uch  marta  ko`tarib  erga  ko`yadilar,  so`ng  chodir  atrofida 
aylantirib, keyin ichkariga olib kiradilar va taxtga o`tkazadilar.» 
Umuman, bu kitob Sharkiy evropa, Kichik Osiyo, Eron, Movarounnaxr, Dashti 
kipchok,  Irok,  Suriya  va  Misr  mamlakatlari  tarixi  va  xalki  xakida  ayrim,  dikkatga 
sazovor  ma`lumotlar  beradi.  Iogann  Shil`tbergerning  mazkur  asari  «Iogann 
Shil`tbergerning  evropa,  Osiyo  va  Afrika  bo`ylab  kilgan  sayoxati  (1394-1427  yy.)» 
deb  ataladi  va  uning  rus  tilida  (nemischa  nashri  1859  yili  amalga  oshirilgan)  uchta 
yaxshi  nashri  bor.  Birinchis  Odessa  Universitetining  profkssori  F.K.Braun  tarafidan 
1867 yili, ikkinchisi Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademigi Z.M.Bunyodov 1984 
yili va uchinchisi 1997 yili Toshkentda amalga oshirilgan.  
 
«Samarkandga Amir Temur saroyiga sayoxat kundaliklari» (1403-1406 yy.) 
Lui  Gonsales  de  Klavixoning  «Samarkandga  Amir  Temur  saroyiga  sayoxat 
kundaliklari»  asarida  XV  asr  boshidagi  Movarunnaxrning  ichki  axvoli,  uning  obod 
shaxar va kigloklari, xususan Shaxrisabz va poytaxt shaxar Samarkand xakida, Amir 
Temur  saroyidagi  udumlar,  soxibkironning  xotinlari  va  ularning  jamiyatda  tutgan 
o`rni xakida muxim ma`lumotlar keltiriladi. 
Masalan, Kesh (Shaxrisabz) xakida Klavixoning «Kundaliklar»ida kuyidagilarni 
o`kiymiz; «Ertasi kuni, 1404 yilning 28 avgust payshanba kuni, tushlik paytida Kesh 
deb  atalmish  katta  bir  shaxar  oldiga  kelib  to`xtadik.  Shaxar  xar  bir  tarafini  soy  va 
ariklar  kesib  o`tgan  tekislik  erda  joylashgan  ekan.  Shaxarning  tevaragi  obod 
kishloklar  va  boglar  bilan  o`ralgan  edi.  Uning  tevarak  atrofi  xam  tekis  bo`lib, 
ko`pgina  obod  kishloklar,  naxrlar,  o`tloklar  bor.  Yozda  bu  er  juda  chiroyli. 
Sugoriladigan  erlarida  bugdoy,  uzum,  paxta,  kovun-tarvuz  etishtiriladi,  katta  mevali 
daraxtlar  o`sadi.  Shaxar  paxsa  devor  va  chukur  xandak  bilan  o`ralgan,  darvozalari 
karshisida  osma  ko`priklar  o`rnatilgan.  Temurbekning  asli  Keshdan.  Otasi  xam  shu 
erda  tugilgan.  Katta  imoratlar  va  masjudlar  ko`p.  Imoratlardan  biri,  Temurbek  xali 
kurib  bitirmagan  juda  katta  saroy,  uning  ichida  katta  bir  makbara  joylashgan.  Unga 
Temurbekning otasi dafn etilgan. Yana bitta makbara xam bo`lib, uni Temurbek o`zi 
uchun  kurdirgan.  Lekin  u  xali  bitkazilmagan.  Aytishlaricha,  u  bundan  bir  oy  oldin 
Keshda bo`lganida uni ko`rib yoktirmagan, chunki eshiklari past kilib kurilgan ekan. 
Temurbek  uni  kaytadan  ko`rishni  buyurgan.  Xozir  kurilishda  ustalar  ishlab  turibdi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə