Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81

Bundan  tashkari,  mazkur  makbara  ichida  xozir  uning  Jaxongir  ismli  to`ngich  o`gli 
yotibdi. Masjid bilan makbaraning devor va shiplari oltin, lojuvard va koshinlar bilan 
koplangan,  saxni  katta  va  unga  daraxtlar  ekilib,  xovuzlar  kurilgan.  U  erga 
Temurbekning  amri  bilan  xar  kuni,  otasi  va  o`glining  ruxini  yo`klab  yigirmata 
pishirilgan ko`y go`shti yuborilib turiladi. Elchilarni ushbu masjidga olib bordilar va 
ularning  oldiga  dasturxon  yozib,  ko`p  go`sht  va  mevalar  tortib  ziyofat  kiladilar. 
Ziyofatdan keyin ularni katta bir kasrga olib borib joylashtirdilar. 
Ertasiga,  jum`a  kuni,  elchilarni  Temurbekning  amr-farmoni  bilan  kurilayotgan 
katta  bir  saroygva  olib  bordilar.  Aytishlaricha,  unda  yigirma  yildan  beri  ustalar  va 
ishchilar tinim bilmay ishlab turibdilar. Saroyga kirish yo`li uzun, darvozalar baland. 
Kirishda,  darvozalarining  o`ng  va  so`l  tarafida  pishik  gishtdan  kurilgan  va  xar  xil 
nakshin koshinlar va naksh bilan bezatilgan peshtok bor. Peshtok ostidagi supalarda 
Temurbek saroyda bo`lgan paytlarda sokchilar o`tirgan. Birinchi darvozaning ketidan 
ikkinchi darvoza keladi va ulardan o`tib saroyning saxniga o`tiladi. Ustiga ok marmar 
yotkizilgan  va  atrofi  bezatilgan  ayvonlar  bilan  o`ralgan  katta  xovliga  kiriladi.  Xovli 
o`rtasida  katta  xovuz  bor.  Xovlining  saxni  eniga  uch  yuz  kadam  keladi.  Saroyning 
eng katta xonasiga shu xovli orkali kiriladi. Unga katta yo`lak va oltin suvi berilgan, 
lojuvard  va  koshin  bilan  koplangan,  katta  san`at  bilan  ishlangan  udkan  va  baland  
eshik orkali kiriladi. Eshik tepasida, uning o`rtasida, kuyosh fonida turgan sher tasviri 
tushirilgan.  Bu  Samarkand  podshosining  gerbidir...Shu  eshik  orkali  to`rtburchak, 
oltin, lojuvard va boshka rangdagi koshinlar bilan kolangan kabulxonaga kiriladi...» 
Klavixoning  bu  xikoyasida  Amir  Temur  Shaxrisabzda  kurdirgan  maxobatli  va 
go`zal Oksaroy kishini ko`z oldida namoyon bo`ladi. Lekin, Klavixo bo`lgan paytda, 
saroy kurilishi xali oxiriga etkazilmagan edi. Shuning uchun uning asl moxiyatini, ne 
maksadda  kurdirilganligini  birdan  anglash  kiyin  bo`ladi.  Jumbokni  taxminan  90  yil 
o`tib ketgan Zaxiriddin Muxammad Bobur echib bergan. Uning so`zlariga karaganda 
xazrat  soxibkiron  Keshni  boshda  poytaxt  kilmokchi  bo`lgani  uchun  oksaroyni  xam 
podshoxning  axlu  oilasi  bilan,  turar  joyi  xamda  davlat  muassasalari  joylashgan 
rasmiy  karorgox  sifatida  kurdirgan.  «Boburnoma»da,  masalan,  mana  bunday 
deyilgan;  «Temurbekning  zobu  budi  Keshdin  (bo`lgoni)  uchun  shaxar  va  poytaxt 
kilurga  ko`p  sa`y  va  extimollar  kildi,  oliy  imoratlar  Keshga  bino  kildi.  O`zining 
devon o`ltirur uchun bir ulug peshtok va uning yonida va so`l yonida tavochi beklar 
o`lturub  devon  so`rar  uchun,  ikki  kichik  peshtok  kilibdur.  Yana  savrun  eli  o`ltirur 
uchun  bu  devonxonaning  xar  zil`ida  kichik-kichik  tokchalar  kilibdur.  Muncha  oliy 
tok olamda kam nishon berurlar. Derlarkim, Kisro tokidin bu biyirokdur». 
Klavixo  Amir  Temurning  otasi  va  xotinlari  xakida  xam  o`ta  kimmatli 
ma`lumotlar  keltirgan.  Masalan,  amir  Taragay  baxodir  xakida  bunday  deydi; 
«Temurbekning  otasi  oliyjanob  odam  bklgan,  chigatoy  urugidan.  Maishati  o`rtacha 
bo`lgan.  Uch-to`rt  yigit  bo`lib,  Shaxrisabzdan  ko`p  xam  olis  bo`lmagan 
kishloklarning birida yashagan.» 
I.D.Xoxlov  elchiligi  xujjatlari.  Ivan  Danilovich  Xoxlov  XVII  asrda  o`tgan 
iste`dodli  rus  diplomatidir.  Uning  xayoti  va  faoliyatini  o`rgangan  yirik  rus 
sharkshunosi  olimi  N.I.Veselovskiy  (1848-1918  yy.)  keltirgan  ma`lumotlarga  ko`ra, 
I.D.Xoxlov  asli  kozonlik  bo`lib,    aslzoda  (boyarin)  oilasida  dunyoga  kelgan.  Uning 
xakidagi    dastlabki  ma`lumot  XVI  asrning  90-  yillariga  tegishli.  I.D.Xoxlov  o`sha 
vaktda  ogasi  Vasiliy  bilan  birga,  davlat  xizmatida  bo`lgan  va  Kozondagi  o`kchilar 
kismiga  bosh  bo`lib  turgan.  1600  yili  yurtiga  kaytib  ketayotgan  Eron  elchisi 


Pirkulibekni  Kozondan  Saratovgacha  (shaxarga  1590  yili  asos  solingan)  kuzatib 
ko`ygan. 
1606  yili  I.D.Xoxlov  ogasi  Vasiliy  xamda  voevoda  Golovin  bilan  birgalikda 
Terekka, uning xalkini yangi podshox Vasiliy Ivanovich Shuyskiy (1606-1610 yy.)ga 
kasamyod  kildirish  uchun  .boriladi.  Lekin  terekliklar  yangi  rus  podshoxini  tan 
olmaydilar,  I.D.Xoxlovni  bo`lsa  kattik  do`pposlab,  kamab  ko`yadilar.  Ma`lum  vakt 
o`tib  terkliklar  I.D.Xoxlovni  sokchi  ko`shib  Astraxanga  jo`natib  yuboradilar.  Shu 
tarika  u  Astraxanda  etti  yil,  1613  yilgacha  kamokda  o`tirdi.  1617  yili  Astraxanda 
xokimiyat  ataman  I.V.Zarutskiy  ko`liga  o`tdi  va  u  I.D.Xoxlovni  ozod  kilib,  Eronga 
shox  Abbos  1  (1587-1629/30  yy.)  xuzuriga  elchi  kilib  yubordi.  Ataman  Zarutskiy 
shoxdan  pul,  ozik-ovkat  va  askar  bilan  yordam  berishini  so`radi  va  Moskvani 
egallagandan keyin Astraxanni unga in`om  kilajagini bildirdi. Shox  Abbos  I  boshda 
bunga  ko`ndi  va  atamanga  12  tuman  nakd  pul  va  katta  mikdorda  ozik-ovkat 
yuborishini  va`da  kildi.  Lekin  keyincha  o`z  elchisi  xoja  Murtazodan  ataman 
Zarutskiy  isyoni  barbod  bo`lgani  va  toj-taxt  Mixail  Fyodorovich  ko`liga  o`tganini, 
Eronga  Rossiyadan  Aleksey  Buxarin  va  Mixail  Tixanov  boshlik  yangi  elchilar 
kelgani xakidagi xabarni eshitgandan keyin, fikridan kaytdi. Shox Rossiya elchilarini 
katta  sovga-salomlar  bilan  kaytarib  yubordi.  O`shanda  I.D.Xoxlovga  xam  ketishga 
ijozat berdi. Lekin, Vladimirga etganlarida podshoxning amri bilan uni tutib koldilar. 
1615 yilning iyul` oyida, Astraxanda Zarutskiy isyoni bartaraf kilingandan keyin, I.D. 
Xoxlovning  gunoxidan  kechdilar  va  uni  ko`yib  yubordilar.  I.D.Xoxlovning  takdiri 
1620 yilgacha kanday bo`lgani bizsha ma`lum emas. 
Extimol, shu davr ichida u Kozon xokimi (voevodasi)ning xizmatida bo`lgan.  
1620-1622  yillari    u  podshoxning  farmoni  bilan  Markaziy  Osiyoda,  Buxoro  va 
Xiva  xonliklarida  bo`ldi.  1622  yil  12  dekabr  kuni  Rossiyaga  kaytgandan  keyin 
I.D.Xoxlov bir muncha vakt Moskvada istikomat kildi, 1623 yilning boshlarida unga 
Kozonga  kaytishiga  ijozat  berildi  xamda  voevoda  Odoevskiyning  xizmatida  bo`ldi. 
Uni  1624  yilning  8  dekabrida  yana  Moskvaga  chakirib  oldilar  va  Buxoro  va  Xiva 
xonliklari xakidagi ma`lumotlarni tartibga solish xakida topshirik oldi.  
I.D.Xoxlovning  xayotga  oid  so`nggi  ma`lumot  1629  yilga  tegishli.  O`sha  yili 
Eron  elchisi  Muxammad  Silibek  va  Eronning  savdo  karvonini  Kozondan 
Moskvagacha va Moskvadan Kozongacha kuzatib ko`ygan. 
I.D.Xoxlovdan  ikki  muxim  xujjat;  podshoxning  maxsus  topshirigi  (nakaz)  va 
I.D.Xoxlovning  Buxoro  va  Xiva  xonliklarining  axvoli  xakida  podshoxga  yozgan 
axboroti (Stateyniy spisok) kolgan. 
Birinchi  xujjatda  elchilik  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalar  xakida  so`z  boradi. 
Uning vazifasi eng avvalo, xar ikki xonlik xukmdorlarini Rossiya bilan do`stlashish, 
savdo  va  bordi-keldi  alokalarini  o`rnatishga  ko`ndirish,  xonlarni  Rossiya  kudratli 
davlat  ekanligi  va  uning  boshka  nufuzli  mamlakatlar  bilan  yaxshi  munosabatda 
ekanligiga  ishontirish,  xonliklardagi  rus  asirlarini  ozod  kilish,  xar  ikkala  xonlik 
o`rtasidagi  mavjud  munosabatlar,  xonliklarning  Eron,  Turkiya  va  Gruziya  bilan 
munosabatlar  kanday  ekanligini  aniklash,  tabiiy  boyliklari  va  xarbiy  kudratini 
aniklashdan iborat bo`lgan. 
I.D.Xoxlovning  Elchilar  maxkamasi  (Posolskiy  prikaz)ga  yozgan  axboroti 
(Stateyniy  spisok)ga  karaganda,  u  o`ziga  yuklatilgan  vazifaning  katta  kismini 
bajargan. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə