Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81

aylantirilgan  rus  asirlari  asli  Kozon,  Ufa,  Simbir  uezdidan  va  Volga  bo`yi 
kishloklaridan  bo`lganlar  va  boshkirda  xamda  kalmok  boskinchilari  ularni  tutib 
Astraxanga olib borib xivaliklarga pullab turganlar. Aka-uka Pazuxinlarning mana bu 
guvoxliklari xam dikkatga molikdir; («boshkird va kalmok boskinchilaridan» ularni) 
xivaliklar  sotib  olar  ekanlar.  Ular  maxsus  rus  tovarlari  uchun  Astraxandan  (rus 
yurtlariga), kalmok va boshkird uluslariga borar, ba`zi xollarda u erlarda rus asirlarini 
kutib  ancha  vakt  turib  kolardilar.  So`ng  rus  asirlarini  olib  o`z  yurtlariga  xaydab 
borardilar. Boris va uning xamroxlari Xivaga borayotganlarida kalmok udusidan rus 
asirlarini  xaydab  kelayotgan  xivaliklarni  uchratdilar.  (Xivaga    xaydab  kelinayotgan) 
asirlarning soni 200, balki undan ortikrok edi. Ularning xar birini 40 yoki undan sal 
ortikrok so`mga sotib olardilar. Ularning ko`pchiligini Eron va Xindistonga olib borib 
sotar edilar».    
 
V.A. Daudov va Muxammad Yusuf elchiligi to`grisida manbalar 
Vasiliy  Aleksandrovich  Daudov  asli  fors  (eronlik)  bo`lib,  1653  yili  Kozonda 
xristianlikni  kabul  kilgan,  Rossiya  davlatining  xizmatiga  kirgan  xam  stol`nik  va 
voevoda  lavozimida  xizmat  kilgan.  Muxammad  Yusuf  esa  asli  musulmon  (tatar).  U 
xam ruslarning xizmatida bo`lgan. 
Avvalo  shuni  aloxida  aytib  o`tish  kerakki,  xar  ikkala  elchi  –  V.A.Daudov  va 
M.Yu.Kosimov  Buxorogacha  yuirga  borishgan  bo`lsalar-da,  elchilar  maxkamasidan 
aloxida-aloxida 
topshirik 
olganga 
o`xshaydilar, 
chunki 
V.A.Daudov 
va 
M.Yu.Kosimovga  berilgan  yo`riknoma  (nakaz)  bizgacha  etib  kelmagan.  U  1800 
yilgacha  Rossiya  tashki  ishlar  maxkamasining  arxivida  saklanar  edi.  1806  yili 
o`tkazilgan  tekshirish  paytida  u  turgan  joyidan  topilmagan.  Shu  sababdan 
V.A.Daudov  va  M.Yu.Kosimov  kanday  vazifalarni  ado  etganliklarini  anik 
bilmaymiz.  Buni  V.A.Daudovning  elchilik  maxkamasidan  olgan  yo`riknomasi 
(nakaz)dan taxminan bilib olish mumkin. Ular kuyidagilar:  
1.Buxoro va Xiva xonliklarining Moskva xukumati bilan diplomatik alokalarini 
rivojlantirishga xoxishi bormi-yo`kmi, shuni aniklash; 
2.Xonliklarda yashab turgan rus asirlarini ozod kilish; 
3.Ikki  davlat,  Rossiya,  Xiva  va  Buxoro  xonliklari  o`rtasidagi  savdo  va  elchilik 
karvonlarining  xavfsizligini  ta`minlash  uchun  Kaspiy  dengizining  kun  chikish 
tarafida,  dengiz  soxilidagi  Saratosh  tepaligida  kemalar  to`xtaydigan  bandargox 
kurishga Xiva xonining roziligini olish; 
4.Amudaryoning  boshi  va  o`zani,  daryo  soxilida  istikomat  kilib  turgan  xalklar, 
ularning mashguloti va turmush tarzi xakida ma`lumot to`plash; 
  5.Buxorodan  Xindistonga  olib  boradigan  yo`llar,  Xindiston  xukumatining 
Rossiya  bilan  savdo  va  diplomatik  alokalarini  o`rnatishga  xoxishi  bor-yo`kligini 
M.Yu.Kosimovga berilgan topshirikda aniklash. 
  Elchilik  Buxoro  va  Xivada,  yo`lga ketgan  vaktni  ko`shib  olaganda,  Buxoroda 
1675 yilning 15 mayidan – 1676 yil 2 oktyabrigacha bo`lgan. 
  Elchilik  Buxoroga  1676  yil  20  yanvar  kuni  kelib  tushgandan  keyin 
M.Yu.Kosimov o`z vazifasini ado etish uchun Xindistonga jo`nab ketdi. 
  Garchi  V.A.Daudov  va  M.Yu.Kosimov  elchiligining  xisoboti  («Stateyniy 
spisok»)  1800  yildan  keyin  yo`kolgan  bo`lsa-da,  tadkikotchilar  N.Selifontov, 
V.V.Bartol`d  va  A.B.Pankov  asarlaridan  (Ocherk  slujebnoy  deyatel`nosti  i 
domashnoy  jizni  stol`nika  i  voevodi  XU111  stoletiya  Vasiliya  Aleksandrovicha 


Daudova.  Letopis`  zanyatiy  Arxeograficheskoy  komissii,  vip.5,  SPb.,1871,  s.1-41;  
V.V.Bartol`d,  Istoriya  izucheniya  Vostoka  v  evrope  i  Rossii,  soch.T.1X,-M.: 
1977,s.372; A.B.Pankov. K istorii torgovli Sredney Azii s Rossiey v 1675-1725 g.g.,-
Tashkent:  1926)  ma`dum  bo`lishicha,  Buxoro  va  Xiva  xonlari  Rossiya  bilan  savdo-
diplomatik  munosabatlarini  rivojlantirishga  tarafdor  ekanliklarini  bildirganlar  va 
shunga xarakat kilganlar. Tez orada Kaspiy dengizi soxilida Karagan bandargoxining 
kurib  ishga  tushirilishi  va  Buxoro  xoni  o`z  xo`jaligida  xizmat  kilib  turgan  rus 
asarlaridan 38 tasini ozod kilganligi xam yukorida bildirilgan fikrga dalil  bo`la oladi. 
  Xiva xoni Anushaxon bir tarafdan turkmanlar bilan kalmoklar va kozoklarning 
tez-tez Xiva xududlariga kilib turgan talonchilik yurishlari, ikkinchi tarafdan Buxoro 
va Xiva o`rtasidagi ziddiyatlar natijasida Rossiyaning iktisodiy va xarbiy yordamiga 
mutoj edi. V.A.Daudovga Buxorodan kaytishida Xivada Anushaxon otaligi mana bu 
gaplarni  aytgan:  «Anushaxon  Vasiliyga  Xiva  xoni  yakinda  podshox  oliy  xazratlari 
ulug knyaz Aleksey Mixaylovich do`stlik va xamkorlik munosabatlarini davom etishi 
va  xar  ikki  tomondan  savdo  karvonlari  bordi-keldi  kilib  turishi  (zarurligi)  xakida 
maktub  oldilar.  (O`z  navbatida)  Xiva  xoni  xam  podshox  oliy  xazratlari  ulug  knyaz 
bilan shunday alokalarni  avvalgidan xam ziyoda bo`lishini istaydilar». 
  M.Yu.Kosimov  elchiligiga  kelsak,  unga  Buxorodan  Xindistonga  olib 
boradiganyo`llar  va  Xindiston  podshosi  Avrangzeb  (1658-1707  yy.)ning  Rossiya 
bilan diplomatik alokalarni o`rnatishga mayli bormi-yo`kmi ekanligini aniklab kelish 
topshirilgan  edi.  Shuning  uchun  xam  u  Buxoroga  kelganlaridan  ko`p  vakt  o`tmay, 
Xindistonga  jo`nab  ketdi.  M.Yu.Kosimov  fakat  Kobulgacha  bordi.  «Shox 
(Avrangzeb)  ulug  podshox  bilan  do`stona  alokalar  o`rnatishni  istamagani»  uchun 
orkaga kaytishga majbur bo`ldi va 1677 yili Moskvaga kaytib keldi. 
 
Florio Benevini elchiligi to`grisida manbalar 
Sharkka katta xarbiy kuch yuborish va uni kurol vositasi bilan egallash xarakati 
Pyotr  I  (1682-1725  yy.)  davridan  boshlab  kuchayib  ketdi.  Pyotr  I  Aleksandr 
Bekovich-Cherkasskiyni  mukammal  kurollangan  5000  askar  bilan  Xivaga,  uni 
Rossiya  xomiyligiga  kiritish  xususida  xon  bilan  muzokaralar  olib  borish  uchun 
yubordi.  Aslida  bu  shunchaki  elchilik  emas,  balki  xonni  chalgitib,  Xiva  xonligini 
kuch  bilan  bo`ysundirishga  karatilgan  xarakat  edi.  Lekin  Pyotr  I  maksadiga  erisha 
olmadi. 
Bekovich-Cherkasskiy 
ekspeditsiyasi 
muvaffakiyatsizlikka 
uchradi. 
Shergozixon  (1715-1728  yy.)  Rossiya  podshosining  asl  niyatini  o`z  vaktida paykadi 
va A.Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasini daf kildi. 
Shundan  keyin  Rossiya  Xiva  va  Buxoro  xonliklarini  bo`ysundirish  payti 
kelmaganligini,  uni  osonlikcha  bo`ysundirish  mumkin  emasligini,  ularni  xali  ko`p 
o`rganish zarurligini angladi. 
Rossiya  elchilik  maxkamasining  mas`ul  xodimi  Florio  Benevini  elchiligi 
shunday maksad bilan O`rta Osiyoga yuborildi. Shuni xam aytish kerakki, Buxoro va 
Xivada  A.Bekovich-Cherkasskiy  vokeasidan  keyin  Pyotr  I  O`rta  Osiyoga  katta 
ko`shin  yuboradi,  degan  xavf-xatar  tugilgan  edi.  Shuning  uchun  bo`lsa  kerak, 
Abulfayzxon  1717  yili  Rossiyaga  elchi  yuborib,  u  bilan  do`stona  va  savdo-sotik 
alokalarini o`rnatish istagini bildirdi. 
Florio  Benevini  uchun  tuzilgan  va  1718  yil  13  iyul`  kuni  Pyotr  I  tarafidan 
tasdiklangan ko`llanmada elchiga kuyidagi topshiriklar berilgan:  


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə