Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81

1)  Florio  Benevini  Buxoro  xoni  xuzuriga  podsho  xazratlarining  elchisi  sifatida 
boradi. Shu xakda uning ko`liga podsho xazratlarining Buxoro xoni nomiga yozilgan 
maktubi topshirildi. Elchi Peterburgdan Moskvaga kaytib borishi xamono Astraxanga 
jo`nab  ketadi.  Astraxandan  Buxorogacha  Abulfayzxonning  uni  Astraxanda  kutib 
turgan elchisi bilan birga boradi. 
2) Florio Benevini Abulfayzxonning elchisiga yo`lda o`zini tanitmaydi. Yo`lda, 
ayniksa  Buxoro  xonligi  xududlaridan  o`tayotganda,  xamma  erlarni,  xususan 
bandargoxlar, kal`alar va shaxarlarni dikkat bilan ko`zdan kechirib boradi. 
3)  Xon  bilan  uchrashganda  uni  Eron  va  boshka  davlatlarning  elchilari  katorida 
zo`r xurmat va extirom bilan kabul kilinishiga erishsin. Podsho xazrati oliylari u bilan 
do`stlik  va  savdo-sotik  alokalarini  ilgaridan  xam  ziyoda  bo`lishini  istayotganini 
xonga ma`lum kilsin. 
4)  Buxoroda  bo`lganida,  kanday  bo`lmasin,  Buxoro  xonligi  kal`alari,  ko`shini, 
otlik  va  piyoda  askarlarining  umumiy  soni,  ularning  kurol-aslaxalari  va  kancha 
zambaragi  borligini,  ko`shinidagi  umumiy  axvol,  kal`larning  ko`riklanishini  bilib 
olsin. 
5)Abulfayzxonning  Eron  shoxi  va  Xiva  xonlari  bilan  munosabati  kay  darajada 
ekanligini aniklasin. Xiva xoniga karshi xarbiy ittifok tuzish taklif etilsin. 
6)  Buxoroda  kanday  tovarlar  ishlab  chikariladi  va  udar  kaerlarga  olib  borib 
sotiladi?  Buxoroga  dengiz  yoki  kuruklikdan  kaysi  yo`l  bilan  borish  mumkin? 
Buxoroda  kaysi  rus  tovarlariga  extiyoj  katta?  Rossiya  bilan  savdo-sotikni 
kuchaytirish mumkinmi? Mana shu masalalarni aniklasin. 
7)  Amudaryoda  oltin  bormi?  Buxoro  xonini  ko`riklash  uchun  necha  yuz 
gvardiyachi, yoki ko`shin yuborilsa, xon bunga rozi bo`ladimi? Shuni xam aniklasin. 
Xar  ikkila  elchilik,  Buxoro  xonining  Rossiyadan  vataniga  kaytib  kelayotgan 
elchisi  va  Florio  Benevini  1721  yil  6  noyayurda  Buxoroga  etib  oldilar.  Florio 
Benevini  va  uning  xamroxlarini  Buxoroga  10  verst  kolganda  yo`l  ustida  Buxoro 
to`pchiboshisi boshlik 50 kishidan iborat saroy mulozimlari kutib oldilar. 
Rossiya  elchiligi  Buxoroda  uch  yarim  yil,  1721  yil  6  noyabridan  to  1725  yil  8 
apreligacha  turdi  va  podshoning  yukoridagi  topshiriklari  bo`yicha  kimmatli 
ma`lumotlar to`pladi. Ularning eng muximlarini kuyida keltirildi. 
Buxoro va xalkining kurol-aslaxalari xakida Florio Benevinining o`z xukumatiga 
bergan  ma`lumotnoma  (relyatsiya)sida  shular  yozilgan:  «(Kal`asi)  yarim  vayron 
bo`lgan xandak bilan o`ralgan. Shaxarda loydan kurilgan 15 ming xovli-joy mavjud. 
Shaxar markazida pishik gishtdan kurilgan baland minorali xon saroyi va madrasalar 
joylashgan. 
Juda kam o`zbekda miltik bor. Ular asosan o`k-yoy va nayza bilan kurollangan. 
Shaxarda  xammasi  bo`lib  15  nafar  zambarak  bor.  Lekin,  ularning  fakat  bittasidan 
bayram kunlarida otish mumkin». 
Ma`lumotnomada  Buxorodagi  rus  asirlari  xakida  xam  ma`lumot  bor. 
«Buxoroda,-deb  aytiladi  bu  xujjatda,-xon  va  boshka  o`zbeklar  ko`lida  250  ga  yakin 
asir  bor...Ularning  umumiy  soni  1000  ga  etadi.  Aytishlaricha,  ularning  soni  Buxoro 
xonligida 2000, Xiva bilan Orolda 1500 ga etadi» 
Mamlakatning  er  osti  va  er  usti  boyliklari  xakida  turli  vaktlarda  jo`natilgan 
ma`lumotnomalarda  (Florio  Benevini  Buxoroda  to`plagan  ma`lumotlarini  ko`lda 
saklashdan  ko`rkib  odamlari  orkali  Moskva  va  Peterburgga  jo`natib  turgan) 
kuyidagilarni o`kiymiz:  


«Amudaryoning  bosh  kismida  oltin  yo`k.  Lekin  unga  Ko`kcha  daryosi  kelib 
ko`shilgan  joyda  kumlok  erlarda  oltin  bor,  chunki  Ko`kcha  daryosi  oltin  va  boshka 
rudalarga  boy  toglardan  boshlanadi.  Ko`kchaning  boshlanish  kismida,  xususan  yoz 
faslida maxalliy axoli katta-katta oltin parchalarini topib oladilar.» 
«Badaxshondan  tashkari,  oltin,  kumush,  achchiktosh,  ko`rgoshin,  oliy  navoi 
temir konlari Samarkand va Buxoroda xam bor».  
«(Yukorida)  tilga  olingan  Sirdaryoda  oltin  topsa  bo`ladi.  Lekin  Andijonda  va 
margilonda  ko`prok.  Boshka  erlardagilar  xakida  choparimiz  (Nikolay  Miner)  anik 
kilib aytib beradi. Sirdaryo soxillarida kumdan topilgan oltin parchasini undan berib 
yuborokdaman». 
«O`sha  daryoda  (Sirdaryoda)  oltin  bor.  (Tevarak  atrofdagi)  toglarda,  xususan 
Koshgarda,  Margilonda,  Andijonda  va  Toshkentda  xam  bor.  Xar  xolda  biz  shunday 
deb egitdik». 
F.Benevinining  mana  bu  ma`lumoti xam  muxim:  «Badaxshon  toglaridagi  oltin, 
la`l va zaxar mo`xra konlarining barchasi maxalliy beklarning ko`lida». 
F.Benevini  Buxoroning  XVIII  asrning  birinchi  choragidagi  ichki  va  xalkaro 
axvoli  xakida  o`ta  muxim  ma`lumotlar  to`plagan.  Uning  o`z  xukumatiga  yuborgan 
ma`lumotnoma (relyatsiya)sida bu xakda mana bularni o`kish mumkin: 
«Uni  (kamerdiner  N.Minerni)  savdogar  kiyofasida,  mol  bilan,  Balx  va 
Badaxshonga jo`natgan edim. Va ulardan o`tib Loxurgacha borishni buyurgan edim. 
Lekin yo`lda talonchilar ko`pligidan Balxdan orkaga kaytdi». 
«O`sha  Badaxshon  va  Balx  mamlakatlari  mustakil  bo`lib  olganlar.  U  yoki  bu 
xonning ko`l ostida. Lekin xonlarini tez-tez almagtirib turadilar». 
«...Beklarning  o`zboshimchaligi  tufayli  butun  mamlakat  isyon  va  tugyonlar 
iskanjasida kolgan». 
«Xususan  poytaxt  shaxar  to`s-to`palonlar  va  isyonlar  dastidan  ogir  axvolda 
kolgan.  Ayniksa,  Ibroximbiy  kenagas  isyoni  tufayli  Abulfayzxon  shaxarni  tashlab 
chikishga majbur bo`lgan, so`ng o`gli bilan birlashib, Buxoro va uning atrofini talon-
toroj kilib katta zarar etkazdi». «Shaxar ozik-ovkat va em-xashak xususida shu kadar 
garib  bo`lib  koldiki,  oddiy  xalk  tirikchilik  deb  o`z  bolalarini  sotdi,  ko`p  odam  o`lib 
ketdi, mol-ko`yi va ot-tuyalari kirilib ketdi». 
Buxoro xonligidagi tarkoklik XVIII asrning boshlarida shu darajada kuchaygan 
ediki,  masalan,  Fargona  vodiysi  va  Samarkand  Buxorodan  ajralib  chikib,  Ko`kon 
xonligi  (1709-1876  yy.)  va  Rajabxon  boshlik  Samarkand  bekligi  tashkil  topdi. 
Xususan,  Samarkand  bekligining  tashkil  topishi  xakida  F.Benevinining  1723  yil  4 
mart  kuni  yuborgan  maxfiy  axborotida  bunday  deyilgan:  «...sobik  (Buxoro)  otaligi 
Ibroximbiy  Samarkand  ustiga  yurdi  va  uni  egalladi.  Shundan  keyin  boshkalar  bilan 
ko`shilib,  xon  avlodidan  bo`lgan  Shargozixonni  Rajabxon  nomi  bilan  (Samarkand) 
taxtiga o`tkazdi va uni o`ziga kuyov kilib oldi. O`zi esa otalik lavozimini egalladi». 
Bir fursat vakt o`tib, Rajabxon maxfiy tarzda F.Benevini bilan aloka bogladi. U 
rus  elchisidan  xakikatan  xam  Rossiya  A.Bekovich-Cherkasskiyning  kasdini  olmok 
uchun  Xiva  ustiga  yurishga  axd  kilgan-kilmaganligini  bilmokchi  bo`ldi.  Bu  xakda 
Xivaning  o`ida  xam  gap-so`zlar  yurar  edi.  1723  yili  Shkrgozixonning  o`zi  kalmok 
xoni Ayukdan «ruslar Saratovda askar to`playotibdilar va balki 1724 yilning baxorida 
Xiva ustiga yursalar kerak» degan gapni eshitgan edi. Shundan keyin, Shkrgozixonni 
Orol o`zbeklari ruslar Xiva ustiga boshlab kelmasmikan, mukobil beklar uni taxtdan 
tushirib, saltanat tepasiga Temur sultonni o`tkizmasmikan, degan shubxa bosdi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə