Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81

«...biz  ota-bobolarimizning  (ishlarini)  o`zaro  do`stlik  va  izzat-xurmatda  bo`lish, 
bordi-keldi  alokalarini  davom  ettirish  xakidagi  ko`rsatmalarini  esda  tutib,  sizning 
savdogarlaringizga  bizning  mamlakatimizga,  bizning  savdogarlarimiz  Sizning 
mamlakatiningizga bemalol borib kelishlarini yaxshilaylik.» 
2)Buxoro, Balx va Xiva xonliklarida saklanib turgan rus asirlarini ozod kilishga 
xarakat kilish. Elchilik maxkamasi (Posolskiy prikaz) bergan yo`riknoma (Nakaz)da 
bunday  deyiladi;  «Buxoro,  Balx  va  Urganchga  karashli  erlarda  saklanayotgan  rus 
asirlari  (barcha  choralar  bilan)  ozod  kilinsin.  Shuni  xam  aytish  kerakki,  elchilikka 
«Podshox  oliy  xazratlariga  tegishli  kishilarni,  aslzoda  (dvoryan  va  boyar)larning 
bolalarini kidirib topib ozod kilishga» aloxida e`tibor berish topshirildi.  
3)  O`rta  Osiyo  xonliklarining  ichki  va  xalkaro  axvolini,  ulardan  kaysilariga 
suyanish  mumlinligini  aniklash.  Xususan,  Elchilik  maxkamasining  yo`riknomasida 
(Nakazida)  mana  bunday  gaplar  bor;  «(xonliklardan)  kaysinisi  kuchlirok  va 
ishonchlirok bo`lsa, o`shanisi bilan aloka o`rnagish lozim. Boris va uning xamroxlari 
Buxoro,  Balx  va  Urganchda  bo`lganlarida  ularning  xonlari  xozirgi  paytda  Turkiya 
sultoni, Eron shoxlari va Gruziya bilan kanday munosabatda ekanligini, kimlar bilan 
alokasi yo`kligini, shu kundarda Xorazm taxtida kim o`tirganini xar kanday yo`l bilan 
anikdasinlar; Buxoro, Balx va Urganch xonlarining xazinasi boymi, askari kuchlimi, 
shularni xam aniklasinlar». 
Moskva  xukumati  aka-uka  Pazuxinlarga  xam  Buxorodan  Xindistonga  olib 
boradigan  kulay  yo`lni  aniklash  vazifasini  yuklagan  edi.  Ular  bu  vazifani  bajarish 
uchun  tarjimonlar  Nikita  Medvedev  va  Semyon  Izmaylovlarni  Balxga  jo`natdilar. 
Ulardan  fakat  Nikita  Medvedev  Pazuxinlar  xuzuriga  kaytib  keldi  va  Balxdan 
Xindiston poytaxti Shoxjaxonobodga olib boradigan yo`l xakida ma`lumot keltirdi. U 
bunday  deb  yozgan;  «Xindistonga  olib  boradigan  yo`l  Balxdan  axoli  yashab  turgan 
kishloklar  orakali  o`tadi.  Yo`lda  xech  kanday  odobsizlik,  talon-taroj  va  boj  olish 
degan  narsalar  yo`k».  Tarjimon  Shoxjaxonobodga  yo`l  Xinjon,  Parvon,  Kobul, 
Peshovar  orkali  o`tishini  aytgan.  Yana  u  yozgan;  «Xinjon  bilan  Parvon  oraligida 
Xind  toglari  (Xindikush)  yotadi.  To`gri  yo`ldan,  tog  orkali  borilganda  masofa  olti 
kunlik,  togni  aylanib  borilganda  –to`rt  xaftalik  yo`l».      Ikkinchi  tarjimon  Semyon 
Izmaylov Kobulda kolgan edi.  
Aka-uka Pazuxinlarning ma`lumotnomasida O`rta Osiyo xonliklarining iktisodiy 
axvoli  xakida  kuyidagilar  keltiriladi.  Zaminining  boyligiga  karamay,  galla  kam 
etishtirilishi  va  shu  sababdan  galla  tankisligi  mavjudligi  aytiladi;  «Buxoro,  Balx  va 
Xivada  galla  kam  ekiladi.  Gallasi  yil  sayin  kamayib  borayotir».  Shuning  bilan  bir 
katorda, xonliklarda pilla etishtirish yaxshi yo`lga ko`yilgani va ipakni xatto Turkiya 
orkali  Germaniyaga  olib  borib  sotilayotganini  ma`lum  kiladi.  Chunki,  elchilikka 
Osiyo  ipagi  savdosini  Rossiyaga  burib  yuborish  xususida  maxsus  topshirik  berilgan 
edi.  Xususan,  «Yo`riknoma»da  bu  to`grisida  «Buxoro  va  boshka  shaxarlarida  xom 
ipak  etishtiriladi.  Uni  Eron  va  Turkiya  orkali  Gkrmaniyaga  eltib  sotadilar,  Astraxan 
va  Moskvaga  esa  olib  bormaydilar».  Shu  sababdan  aka-uka  Pzuxinlarga  xom  ipak 
ishlab  chikaruvchilar  va  bu  maxsulot  bilan  savdo  kiluvchilarni  kanday  bo`lmasin, 
«maxsulotni Astraxan va Moskvaga olib borishga ko`ndirsin», deyilgan. 
Xonliklardagi  iktisodiy  axvol  xususida  berilgan  axborotlar  ichida  mana  bu 
ma`lumot xam o`ta muximdir; «Xonning xazinasi garib, chunki xamma kishloklardan 
undiriladigan  xiroj  xarbiylar  va  mansabdorlarga  maoshi  uchun  (tanxo)  taksimlab 


berilgan».  Boshka  so`z  bilan  aytganda,  soliklardan  keladigan  daromad  kamayib 
ketgan. 
Aka-uka  Pazuxinlar  O`rta  Osiyo  xonliklaridagi  mavjud  xarbiy-siyosiy  axvol 
xakida  xam  muxim  ma`lumotlarni  to`plaganlar.  Elchilik  maxkamasiga  (Posllskiy 
prikazga)  berilgan  axborotdan  ma`lum  bo`lishicha,  Buxoro  bilan  Balx  xonlari 
o`rtasidagi ziddiyatlar nixoyatda kuchayib ketgan. Elchilar kelgan 1669 yili Balx xoni 
Subxonkulixon Buxoroga itoat etmay ko`ygan va mamlakatning mustakilligini e`lon 
kilgan  edi.  Natijada  ikki  o`rtada  urush  xavfi  tugildi.  Subxonkulixon  daryoning  so`l 
kirgogida  katta  ko`shin  to`pladi.  Abdulazizixon  xam  shunday  kildi.  Amurdaryoning 
o`ng soxiliga ko`shin yubordi va xon o`rdasini Buxorodan Karshiga ko`chirtirdi. Balx 
xoniga  karshi  Xiva  xoni  bilan  ittifok  tuzdi.  Anushaxon  (taxm.1663-1687  yy.)  1670 
yili  katta  ko`shin  bilan  Balx  ostonasida  paydo  bo`ldi  va  Balxga  karashli  barcha 
kishloklarni  talon-taroj  kildi.  O`shanda  Abdulazizxon  xam,  Subxonkulixon  xam 
ko`shin bilan daryo yokasida bir yarim yildan ortik turdilar, lekin daryodan o`tishga 
botina olmadilar. 
Axborotda  (Stateyniy  spisok)  O`rta  Osiyo  xonliklarining,  xususan,  Buxoro 
xonligining,  ma`muriy  va  davlat tuzilishi xakida  xam  dikkatga  sazovor  ma`lumotlar 
keltirilgan.  Unda,  xususan,  yukori  mansabda  turgan  amaldorlar,  masalan  otalik, 
devonbegi,  mextar,  parvonachi,  dodxox,  yasovul,  bakovul,  to`pchiboshi,  doruga  va 
ularning  vazifalari  va  mavkei  xakida  muxim  ma`lumotlar  keltirilgan.  Masalan, 
doruga  bilan  mextarga  elchilarni  zarur  ozik-ovkat,  ot-ulov,  em-xashak  bilan 
taxminlash vazifasi yuklatilgan. Devonbegi «otalikdan keyin turgan va elchilarni, ular 
o`zi  bilan  olib  kelgan  maktublar  (va  sovga-salomlarni)  kabul  kilgan», 
«to`pchiboshilar esa zambaraklar va piyoda askarlarga boshchilik kilgan». 
Axborotnomada  o`zbek  xonlari  saroymda  amalda  bo`lgan  kabul  marosimlari 
xakida  xam  ma`lumotlar  keltiriladi.  Unda,  xususan,  bueday  dkymladi;  «(Ark) 
darvozasi  oldida  Boris  va  uning  xamroxlarini  Malaybek  (to`pchiboshi)  kutib  oldi. 
Boris  va  uning  xamroxlari  (to`pchiboshi  olib  kelgan)  otlarga  mindilar.  Podshox 
kasriga  etganda  ularni  otdan  tushirdilar,  chunki  podshox  kasriga  otlik  kirish  man` 
etilgan.  Borisning  o`ng  tarafiga  Buxoroning  atokli  zotlari,  xon  avlodidan  bo`lgan 
xoda va xonning yakin mulozimlari, chap tarafda, katta amir (boyarin) xonning yakin 
mulozimlari va boshka lavozimdagi mansabdorlar, (umuman) 100 dan ortik kishi joy 
oldilar...Abdulazizixonning  o`ng  tarafidan  xojalar,  ruxoniylar  va  ulamolar  o`rin 
oldilar.  Xonning  oldiga  uning  kilichi,  o`k-yoyi  va  kalkoni  ko`yilgan  edi.  Uning 
orkasida 12 nafar nayza va kilich ko`targan uy xizmatkorlari turgan edi. Xonning old 
tarafida 200dan ortik yasovul (va ko`rikchilar) tik turar edilar...» 
Aka-uka  Pazuxinlarga  berilgan  yana  bir  muxim  topshirik  -O`rta  Osiyo 
xonliklarida tutkinlikda bo`lgan rus asirlarini aniklash va ularni ozod kilishdan iborat 
edi.  Pazuxinlar  ba  masalada  xam  ba`zi  ishlarni  amalga  oshirdilar,  xususan  Buxoro, 
Balx  va  Xiva  xonlarining  shaxsiy  xo`jaliklarida  3000  dan  ortik  rus  asiri  mexnat 
kilayotganini  anikladilar.  Shundan  22  nafarini  685  so`m  oltin  xisobida    to`lab  ozod 
kilishga muvaffak bo`ldilar. 
Axborotnomada  ko`rsatilishicha,  Pazuxinlar  badavlat  kishilarning  ko`lidagi  rus 
asirlari  sonini  aniklay  olmaganlar.  Rus  elchisi  Elchilar  maxkamasiga  (posolmkiy 
prikazga) takdim kilgan «Xabarnoma»da xususan mana bularni o`kiymiz; «Buxorolik 
mansabdorlar  ko`lida,  shaxarda  va  uluslarda  ularni  aniklash  mumkin  bo`lmadi. 
Kishloklardan  kelib  turgan  odamlarning  so`zlariga  karaganda,  ular  ko`p.»  Kulga 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə