Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81

 
Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz? 
 
Tarixiy manba deganda uzok o`tmishdan kolgan, tabiat va jamiyatning ma`lum 
boskichdagi  kechmishini  o`zida  aks  ettirgan  moddiy  va  ma`naviy  yodgorliklarni 
tushunamiz. 
 
Moddiy  yodgorliklarga  -  kadimiy  obidalar,  manzilgoxlar  va  mozarlar, 
shaxarlar, kasrlar va kal`alar xarobalari, uy-ro`zgor buyumlari va boshkalar kiradi. 
 
Ma`naviy  yodgorliklar  deganda  kadimgi  yozuvlar,  xalk  ogzaki  ijodi 
namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar – bitik, ko`lyozma kitob, xujjatlar va arxiv 
materiallari tushuniladi. 
 
Umuman,  tarixiy  manba  inson  ijtimoiy  faoliyati  natijasida  paydo  bo`lgan  va 
uning  xususiyatlarini  o`zida  aks  ettirgan  moddiy  va  ma`naviy  yodgorliklardan 
iboratdir. Ularni o`rganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz. 
 
Manbashunoslik  fani  ijtimoiy  fan  soxasida  asosan  ikki  xil  bo`lishi  mumkin- 
tarixiy  manbashunoslik  va  adabiy  manbashunoslik.  Bizning  maksadimiz  tarixiy 
manbashunoslikni o`rganishdir. 
 
Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni kidirib topish, 
ularni  ro`yxatga  olish,  turkumlash,  chukur  va  atroflicha  tadkik  etish,  manbada  o`z 
aksini topgan yoki bayon etilgan vokealar, keltirilgan faktlarni to`la va ob`ektivligini 
aniklash,  manbaning  tarix  fani  tarakkiyotini  o`rganishdagi  axamiyatiga  baxo  berish, 
manbashunoslikning asosiy vazifasi xisoblanadi.     
 
Manbalar turlari 
Tarixiy  manbalarni,  ularning  umumiy  xarakteri,  o`tmishni  o`zida  aks  ettirishga 
karab kuyidagi olti asosiy guruxga bo`lish mumkin. 
Moddiy (ashyoviy) manbalar.
 Ma`lumki, kishilik jamiyati tarixi kariyb 40 ming 
yillik davrni o`z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo`lganiga esa ko`p vakt o`tganicha 
yo`k. 
Masalan,  tsivilizatsiyaning  ilk  o`choklaridan  biri  bo`lmish  Markaziy  Osiyoda 
dastlabki  yozuv  arameycha  xat  negizida  taxminan  eramizdan  avvalgi  birinchi  ming 
yillik  o`rtalarida  paydo  bo`lgan.  Xat  tarixchisi  Erkin  Oxunjonovning  ma`lumotiga 
ko`ra,  yurtimizda  arab  istilosiga  kadar  o`n  sakkiz  yozuv  turi  mavjud  bo`lgan  ekan. 
Lekin,  afsuski,  ko`xna  tariximizni  o`zida  aks  ettirgan  yozma  yodgorliklarning  katta 
kismi  bizning  zamonamizgacha  etib  kelmagan.  Ularning  ko`pchiligi  boskinchilik 
urushlari vaktida, kolaversa tabiiy ofatlar okibatida yo`k bo`lib ketgan. 
  Ilk tarixning ayrim lavxalari  o`tmishdan kolgan va insonning ijtimoiy faoliyati 
bilan  boglik  bo`lgan  moddiy  yodgorliklarda,  anikrogi  ularning  bizgacha  saklangan 
koldiklari etib kelgan. 
  Xullas,  moddiy  (ashyoviy)  manba  deganda  ibtidoiy  odamlar  istikomat  kilgan 
va  dafn  etilgan  joylar,  ularning  mexnat  va  urush  kurollari,  bino  va  turli  inshootlar 
(kal`a  va  kasrlar,  xammomlar  va  karvonsaroylar,  xunarmandchilik  ustaxonalari 
xamda  suv  inshootlari  va  boshkalar)ning  koldiklari,  uy-ro`zgor  buyumlari  va  zeb-
ziynat  takinchoklari  tushuniladi.  Moddiy  yodgorliklarni  kidirib  topish  va  o`rganish 
ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon, arxeo -kadimiy, logos – ilm; o`tmish xakidagi 
ilm;  kishilik  jamiyatining  uzok  o`tmishni  o`rganuvchi  ilm,  kadimshunoslik) 
shugullanadi. 


Etnografik manbalar.
 Xalklarning kelib chikishi bilan boglik bo`lgan material va 
ma`lumotlar  etnografik  manba  xisoblanadi.  Masalan,  xalk,  kabila  va  urug  nomlari, 
inson  ko`li  va  akl  –zakovati  bilan  yaratilgan  kurol  va  buyumlarning  naksh  va 
bezaklari, kishilar ongida, shuningdek, ogzaki  va yozma adabiyotda saklanib kolgan 
o`tmish  urf-odat  va  an`analari,  kishilarning  turmush  tarzi  etnografik  manba 
xisoblanadi.  Bularning  barchasini  etnografiya  (yunon,  etnos  –  xalk,  grapxo  – 
yozaman, xalk xakida ma`lumotlar; xalkshunoslik) ilmi tekshiradi va o`rganadi.  
Lingvistik manbalar.
 Lingvistik manbalar deb tilimizdagi, anikrogi uning leksik-
so`z  boyligi  tarkibidagi  uzok  o`tmishdan  kolgan,  ijtimoiy  –  iktisodiy,  ma`muriy  va 
yuridik  atamalar,  masalan,  xiroj  -  o`rta  asrlarda  axolidan,  asosan  dexkonlardan 
olinadigan  asosiy  solik;  daromad  soligi;  ushr  –  daromadning  o`ndan  bir  kismini 
tashkil  etgan  solik;  zakot  –  chorva  va  mulkdan  kambagallar  uchun  yiliga  bir  marta 
olinadigan  solik;  cuyurgol  –  shaxzodalar  va  amirlarga  toju  taxt  oldida  ko`rsatgan 
katta  xizmatlari  uchun  beriladigan  er-suv;  tansukot  –  kamyob,  e`tiborga  molik 
buyum,  mato;  podshoxlar,  xonlar  va  nufuzli  kishilarga  kilinadigan  tortik;  cherik  - 
ko`shin;  korovul  -  ko`shinning  oldi  va  yon  tomonlarida  boradigan  maxsus  xarbiy 
bo`linma;  xalifa  –Muxammad  paygambarning  o`rinbosari,  o`rta  asrlarda  arab 
musulmon feodal davlatining boshligi; mirishkor – to`grisi – miri shikor, podshox va 
xonlarning  ov  kushlari  va  ov  xayvonlarini  tasarruf  etkvchi  mansabdor;  mirob  –  suv 
taksimoti  bilan  shugullanuvchi  mansabdor;  kozi  –shariat    asosida  ish  yurituvchi 
sud`ya; yorlig -o`rta asrlarda xukmdor tarafidan beriladigan rasmiy xujjat; vakfnoma 
–masjid,  madrasa,  xnakox  va  mozorlarga  in`om  e`tilgan  er  -  suv    xakidagi  tuzilgan 
maxsus  xujjat  va  boshka  atamalar  juda  ko`p  uchraydi.  Bu  va  shunga  o`xshash 
atamalar  shubxasiz  kimmatli  tarixiy  material  bo`lib,  ajdodlarimizning  ijtimoiy  – 
siyosiy  xayotini  o`rganishga  yordam  beradi.  Ularning  kelib  chikishi  va 
etimologiyasini lingvistika (lotin, lingua – til) fani o`rganadi. 
Xalk  ogzaki  adabiyoti.
  Ogzaki  adabiyot    madaniyatning  eng  kadimgi  kismi 
bo`lib, uning  ildizi  ibtidoiy  jamoa  va  ilk feodalizm  tuzumiga borib  takaladi.  Ogzaki 
adabiyotning  ayrim  namunalari  kadimgi  yunon  tarixchilari,  shuningdek,  Tabariy, 
Mas`udiy,  Beruniy,  Firdavsiy,  Ibn  al-Asir  kabi  shark  olimlarining  asarlari  orkali 
bizgacha etib kelgan. Kayumars, Jamshid va Siyovush xakidagi afsonalar, Amort va 
Sparetra, To`maris va Shirok xakidagi kissalar shular jumlasidandir. 
Urugchilik  davri  tarixini,  ayniksa,  patriarxal  –  munosabatlarini  o`rganishda 
“Alpomish”,  “Go`ro`gli”  kabi  dostonlar,  shuningdek,  xalk  ertaklari,  marosim 
ko`shiklari,  matal  va  topishmoklarning  roli  xam  benixoyat  kattadir.  Bu  xalk 
durdonalari  turli  ijtimoiy  tabakaga  mansub  kishilarning  turish  –  turmushi,  ma`naviy 
kiyofasi,  urf-odati,  ayniksa,  uzok  o`tmishda    xukm  surgan  ijtimoiy  munosabatlar 
xakida kimmatli ma`lumot beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan fol`klor (nem. 
Fol`k – xalk, lore – bilim; donishmandlik, xalk donoligi) fani shugullanadi. 
Yozma  manbalar.
  Tarixiy  manbalarning  muxim  va  asosiy  turidir.  Insonning 
ijtimoiy  faoliyati,  anikrogi  kishilarning  o`zaro  munosabatining  natijasi  o`larok 
yaratilgan  va  o`sha  zamonlarda  sodir  bo`lgan  ijtimoiy-siyosiy  vokealarni  o`zida  aks 
ettirgan  manba  sifatida  o`rta  asr  (U1-X1X  asrlar)  tarixini  o`rganishda  muxim  o`rin 
tutadi. Yozma manbalar o`z navbatida ikki turga bo`linadi: 
Oliy va maxalliy xukmdorlar maxkamasidan chikkan rasmiy xujjatlar (yorliklar, 
farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-xisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar). 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə