Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81

3.
 
Qanday manba turlarini bilasiz? 
4.
 
Manbashunoslikka oid qaysi darslik va adabiyotlarni bilasiz? 
 
2-Mavzu. Manbashunoslikning asosiy yo`nalishlari. Nazariy va amaliy 
manbashunoslik 
 
Reja: 
1. Manbashunoslikning yo`nalishlari asosiy maksad va vazifalari. 
2. Nazariy manbashunoslik (yo`nalishi). 
3. Manbalarni turkumlash. 
4. Arxeografiya.Tarixiy manbalarni aniklash, tanlash va taxlil etish. 
5. Amaliy manbashunoslik (yo`nalishi). 
6. Manbalarni ichki belgilariga karab taxlil etish. 
 
Asosiy  tushunchalar:  kogoz,  kogozrez,  oxorlash,  muxralash,  mistar,  mistar 
boglash,  o`lcham,  varaklar  soni,  jild,  mukova,  saxxof,  mujallid,  jadval,  jadvalkash, 
vassol,  juzv,  paygir,  nakkosh,  muzaxxib,  shams  nakshi,  sarlavxa,  lavxa,  zarvarak, 
unvon,  lola  nakshi,  turunj  nakshi,  lachak,  girix,  islimiy  naksh,  abri  baxor,  rassom, 
musavvir.  
 
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati: 
1. И.А.Каримов. «Юксак маънавият енгилмас куч»-Т., 2008.   
2. I.A.Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak uyk» -T., 2001.      
3. B.A.Axmedov. «Uzbekiston halqlari tarixi manbalari»-T., «O`qituvchi». 1991. 
4. Б.А.Аhмедов. «O`збекистон тарихи манбалари»-Т., «O`qитувчи». 2001.   
 
Manbashunoslikning yo`nalishlari asosiy maksad va vazifalari 
Manbashunoslik  fani  asosan  ikki  yo`nalishga  ega  bo`lib,  u  nazariy 
manbashunoslik  va  amaliy  manbashunoslikdan  iboratdir.  Biz  kuyida  nazariy 
manbashunoslik xususiyatlarini bayon etamiz. 
Nazariy  manbashunoslik  yo`nalishi  amaliy  manbashunoslik  tajribasini 
umumlashtiradi, yozma manbalarni vujudga kelishi va ularning real tarixiy sharoitni 
o`zida aks ettirish konuniyatlari, manbalarni izlab topish, turkumlash, tavsifga olish, 
tartibga  solish  asoslarini  ishlab  chikadi  va  ularni  ilmiy  muomalaga  kiritishning, 
amaliy  o`rganishning  eng  maksadga  muvofik  asosiy  usul  va  yo`llarini  aniklaydi  va 
amaliyotga tavsiya etadi.  Ular kuyidagilardir. 
Manbalarni turkumlash 
Shark  yozma  manbalarni  turkumlashning  yagona  anik  bir  koidasi  xozirgacha 
ishlab chikilmagan. Mavjud ko`lyozma manbalar fixristi bir kismi asarlar tili no`ktai 
nazaridan  kelib  chikib  tuzilgan.  Masalan,  Angliyaning  Britaniya  muzeyida 
saklanayotgan  shark  ko`lyozmalari  yirik  sharkshunos  Charlz  Riyo  tomonidan 
ularning  kaysi  tilda  yozilganiga  karab,  arab,  fors  va  turkiy  tildagi  ko`lyozmalarni 
aloxida,  aloxida  tavsifga  olib  fixrist  tuzgan.  Frantsiya    poytaxti  Parijdagi  Milliy 
kutubxonadagi  saklanayotgan  shark  ko`lyozmalari  xakida    Edgar  Bloshe  xam  shu 
tartibda  katalog tuzgan. 
Toshkentdagi  Abu  Rayxon  Beruniy  nomidagi  Sharkshunoslik  instituti 
xazinasidagi  ko`yozmalar  birinchi  bor  saklanayotgan  tashkilot  “O`zbekiston  Fanlar 


Akademiyasi  Shark  ko`lyozmalari  majmuasi”  nomi  ostida  turli  tildagi  va  turli 
mavzudagi  asarlar  tavsifga  olinib,  ularning  o`n  bir  jildda  nashr  etilgan.  Xozir 
ko`lyozmalarni  kaysi  fan  soxasiga  oidligiga  karab  tavsifga  olish  boshlab  yuborilgan 
mana shunday kataloglar chop etilmokda. 
Ba`zi  manbashunoslar  ko`lyozmalarni  mazmuniga  karab,  asarda  kaysi  masala 
bayon  etilganiga  karab,  turkumlashni  lozim  topsalar,  ularning  boshka  bir  guruxi   
asarning kelib chikishiga, ya`ni kaerda va kachon yozilganligiga  karab turkumlashni 
ma`kul ko`radilar. 
  Yana bir gurux olimlar esa ularni rasmiy xujjatlar, tarixiy, geo-kosmografik va 
biografik  asarlar  kabi  turlarga  bo`lib  o`rganishni  tavsiya  kiladilar.  Manbalarni 
avtograf – ya`ni muallifning o`z ko`li bilan ekanligiga karab yoki ko`chirilgan nusxa 
ekanligigi karab  turkumlash xollari xam uchraydi. 
  Xozirgi  paytda  tarixchi  manbashunoslar  manbalar  ustida  ishlashning  fakat 
bittasiga,  ya`ni  ularning  turlariga  karab  tadkik  etishni  maksadga  muvofik  deb 
xisoblaydilar.  Chunki  boshka  tadkikot  yo`llari  yozma  manbani  chukur  va  atroflicha 
o`rganish xamda taxlil kilish vazifalariga to`la javob bera olmaydi. 
  Birinchidan,  tarixiy  manbalar  ichida  fakat  bir  masala  –  ijtimoiy-iktisodiy, 
siyosiy,  madaniy  va  boshkaga  butunlay  bagishlangan  asar  deyarli  yo`k  yoki  juda 
kam.  
  Til  bo`yicha  manbalarni  o`rganish  yomon  emas,  lekin  biror  mavzuga  oid 
manbalarni  o`rganganda,  fakat  bir  yoki  ikki  tilda  yaratilgan  asarlar  bilan 
chegaralanish tadkikot ilmiy kiymatini pasaytiradi. 
  Mana  shularni  inobatga  olganda,  tarixiy  manbalarni  turlariga  va  kaysi  davr 
vokealarini  aks  ettirganligiga  karab  turkumlash  maksadga  muvofikdir.  Avvalgi 
paytlarda  talaygina  markaziy  oliy  o`kuv  yurtlarida  o`kitilgan  “CCJM  tarixi 
manbashunosligi”  va  “O`rta  asrlar  tarixi  manbashunosligi”  darsliklari  mana  shu 
koidaga asoslangan.  
B.  A.  Axmedov  “O`zbekiston  tarixi  (o`rta  asrlar)  manbalari”ni  (yozma 
manbalarni)  kuyidagi  uch  turga  bo`lib  o`rganishni  tavsiya  kilgan:  1)  Ashyoviy 
manbalar, ya`ni arxeologik kazishlar natijasida topilgan ashyolar; 2) rasmiy xujjatlar; 
3)  tarixiy,  geo-kosmografik  xamda  biografik  asarlar.  Ushbu  turkumda  kayd  etilgan 
arxeologik  yoki  ashyoviy  manbalar,  ya`ni  kadimda  ajdodlarimiz  turmush  tarzi  va 
ijtimoiy  faoliyatini  o`rganish  uchun  asosiy  manba  bo`lib  xizmat  kiluvchi  manbalar 
asosan  arxeologiya  fani  tomonidan  o`rganiladi  va  biz  uchun  ko`shimcha  yoki 
yordamchi dalil sifatida tadkikotlarga jalb etilishi mumkin. 
  Bizning  fikrimizcha,  O`zbekiston  tarixi  yozma  manbalarini  asasan  ikki  turga 
bo`lib o`rganish ma`kul ko`rinadi. 
1)  rasmiy  xujjatlar  –  yorliklar,  farmonlar,  inoyatnomalar,  vakfnomalar,  xisob-
kitob daftarlari, raxnomalar, rasmiy  yozishmalar,  maktublar va boshkalar. Umuman, 
tarixiy  xujjatlarning  o`ttizdan  ortik  turi  mavjud.  Xujjatlar  ijtimoiy-siyosiy  xayotni 
bevosita kayd etishlari, ya`ni feodal er egaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat tuzilishi 
va  shunga  o`xshash  masalalar  bo`yicha  daliliy  ma`lumotga  boyligi  bilan  tarixiy 
manbalarning  boshka  turlaridan  ajralib  turadi.  Ular    asosan  xujjatshunoslar 
tomonidan  maxsus  o`rganilsa-da,  tarixiy  manba  sifatida  manbashunoslikda  ilmiy 
kiymati juda katta.  
2) tarixiy, geo-kosmografik, agiografik xamda biografik asarlar. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə