Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81

muallif  o`zi,  otasi  yoki  yakinlari  xakida  bir-ikki  kalima  aytib  o`tadi.  Yoki  bayon 
etilayotgan  vlkeaga  o`zining  munosabatini  (masalan,  “Abdullaxon    taxtga  o`tirgan 
vaktda kamina Xofizi Tanish ibn Mir Muxammad 33 yoshda edim”) bildiradi. 
Manbalarni ichki belgilariga karab taxlil etish 
Manbalarni  ichki  belgilariga  karab  taxlil  etish  deganda  ko`lyozma  asarning 
tarkibi  va  mazmunini  taxlil  kilish,  tushuntirish,  goyaviy-siyosiy  saviyasi  va  ilmiy 
kiymatini aniklash masalalari anglashiladi. 
Ko`lyozma  asarning  ilmiy  kiymatini  unda  nimalar  bayon  etilganligi,  vokea  -
xodisalarga  muallifning  xolis  munosabati,  keltirilgan  dalil  va  ma`lumotlarning 
to`griligi va oldinga surilgan fikr va goyalar bilan belgilanadi. 
Tarixiy asarning asl nusxa, original bo`lishi yoki kompilyativ – ya`ni boshkalar 
ma`lumotlarni  terib  yoki  aynan  keltirishi,  to`la  va  nokisligi,  kiskaligi,  vokealarning 
kay tarzda bayon etilishi xam muxim axamiyat kasb etadi. 
Ilmiy tadkikotlarda original va mo``tabar ko`lyozmalarga tayanib ish olib borish 
xar  bir  dalil  va  ma`lumot,  rakamlar  eng  ishonchli,  nodir,  birlamchi  manbalardan 
olinishi kerak.  Boshkalar kitobida keltirilgan ma`lumotlardan sakdanish lozim. 
O`tmish  jamiyat  sharoitida  yozilgan  asarlarning  mualliflari  ko`pincha  o`zlari 
keltirayotgan  dalillardan  to`gri  xulosa  chikarmaydilar,  ularning  fikrlarida  noaniklik, 
chalkashlik  va  karama-karshilik  xam  uchraydi.  Bu  tabiiy  xol,  albatta  chunki  ular 
yashab ijod etgan muxitning o`zi ziddiyatlar bilan ajralib turar edi. 
Yozma  manbalarda  karama-karshi  fikrlar  bilan  bir  katorda  xolisona 
muloxazalar  xam  uchraydi.  Bunday  paytlarda  muallif  ko`pincha  o`z  fikr  va 
muloxazalarini  pardozli  iboralar  va  istiorali  so`zlar  orasiga  yashiradi,  goroskop  – 
odam  tugilganda  uning  takdirini  yoki  biron  ulug  shaxs  ishtirokida  sodir  bo`lishi 
mumkin bo`lgan muxim vokeaning natijasini sayyoralarning o`sha paytdagi xolati va 
o`rniga  karab    maxsus  jadvallar  vositasida  oldindan  belgilash,  shuningdek,  ko`p  asr 
avval  bo`lib  o`tgan    va  aynan  muallif  bayon  kilmokchi  bo`lgan  vokeaga  o`xshash 
faktlarni misol tarikasida keltirish yo`li bilan bayon etganlar. 
“Abdullanoma”  asarining  muallifi  Xofiz  Tanish  Buxoriy  (XU1  asr)  mashxur 
Juyboriy  xojalardan  biri  xoja  Muxammad  Islom  (taxm.1493-1563)  va  uning  “etti 
iklimning  chakkon  xisobchilari”  bir  bo`lganda  xam  yuzdan  birini  xam  xisoblay  ola 
olmaydigan  bexisob  boyliklariga  bo`lgan  o`zining  salbiy  munosabatini  Tafsir  va 
Xadis  kitoblariga  tayanib,  mana  shunday  so`zlar  bilan  ifodalagan:  “Tafsirat  ul-
mubtadin”ning uchinchi misboxida (bobida) aytilganki, jaxon a`yonlari bo`lganliklari 
uchungina  emas,  (balki)  unga  tegishli  bo`lishlari  va  mol-dunyoga  xirs  ko`yishlan 
o`zini  tiymaganliklari  uchun  yomondir.  Shu  bois  xazrat  risolat  panox  (Muxammad 
paygambar)...  bu  ma`nidan  xabar  berdi  (va  dediki)  “Mol-dunyoni  do`st  tutish  xar 
kanday gunoxning boshidir”  
Ashtarxoniylardan  Ubaydullaxonning  (1702-1711)  kotibi  muarrix  Mir 
Muxammad  Amini  Buxoriy  mazkur  xonning  o`ldirilishi  sabablarini  uning 
faoliyatidagi  nuksonlardan,  anikrogi  atrofiga  tuban  va  sotkin  kishilarni  to`plab  olib, 
saltanat  va  xalk  axvolidan  beparvo  bo`lganligida  ko`radi.  U  yozadi:  “Ravzat  us-
safo”da  aytilganki,  (jaxon  ustidan  xukm  yurgizishning)  birinchi  sharti  (shulki) 
xukmdor  sir  saklay  oladigan,  muxim  davlat  ishlarida  mustakil    fikrga  ega  bo`lgan 
maslaxatchilarni  tarbiyalab  etkazmogi  zarur.  Jaxon  ustidan  xukm  yurgizishning 
ikkinchi  sharti  shulki,  (xukmdor)  o`ziga  etuk,  okil,  vijdonli,  kamtarin  va  iste`dodli 


kishilarni  yakinlashtirmogi  lozim...  Shunga  o`xshash,  “Ciroj  ul-muluk”  kitobida 
xikoya kilinganki, Nushirvon kunlardan bir kuni bosh koxindan so`radi: “Davlatning 
inkiroziga  sabab  nima?”  Bosh  koxin  javob  kildi:  “Buning  sababi  uchta.  Birinchisi, 
davlatning  umumiy  axvoli  oliy  xukmdordan  yashirin  tutilsa;  ikkinchisi,  xalk 
podshoxga  nafrat  ruxida  tarbiyalansa;  uchinchisi,  solik  to`plovchilarning  jabr-zulmi 
oshib ketsa” 
Mir  Muxammad  Amin  Buxoriy  zikr  etilgan  lavxadan  xulosa  chikarib  bunday 
deydi:  “Afsuski,  xar  uchchala  zarur  shart  Sayyid  Ubaydullaxon  xukmronligiga 
taalluklidir...  Podshox  xukmronligining  ikkinchi  yarmida  ilgari  o`tgan  podshoxlar 
tarikidan, ota-bobolarning tutimidan chetga chikdi. Tamom kuch-kuvvatini tuban va 
zaif,  sust  va  manfur  kishilarni  tarbiyalashga  sarfladi,  ularni  o`ziga  yakinlashtirdi; 
muttaxamlar,  xaram  xodimlari  va  xotinlar  bilan  yakin  munosabatda  bo`ldi.  Mana 
shularning xammasi uning davlatini inkirozga uchratdi” 
 
Manbaning  tarkibi  va  mazmunini  ilmiy  taxlil  kilishdan  kuzatilgan  maksad, 
uning  muxim  va  kimmatli  tomonlarini  aniklash,  unda  keltirilgan  dalillarning 
ishonchliligi va to`grisini boshkalaridan ajrata olish xamda eng muximi asarda bayon 
etilgan vokeani xolis tarixchi nuktai-nazaridan turib baxolay olishdan iboratdir. 
 
Manbashunoslik talablaridan biri shuki, yozma manbani fakat uning bir o`zida 
keltirilgan dalil va ma`lumotlarga karab baxolab bo`lmaydi. Ba`zi xollarda keltirilgan 
dalil soxta, bayon etilgan vokea esa soxtalashtirilgan bo`lishi xam mumkin. Shuning 
uchun  xam  biron  asar  xakida  kat`iy  bir  fikr  aytishdan  avval  uni  o`ziga    o`xshash 
boshka asar bilan solishtirib ko`rish, keltirilgan dalillarni bir-biri bilan solishtirish va 
tekshirish zarur.  
 
Amaliy manbashunoslik kadimgi davrlardan boshlab to shu kungacha ma`lum 
darajada tajriba to`pladi. Ko`plab yozma yodgorliklarning eng asosiylari asl nusxada-
faksimilesi, tankidiy matni, tarjima va izoxli tarjimasi amalga oshirilib, chop etishga 
erishildi.  Turli  ko`lyozma  fondlari,  kutubxona  va  muzey,  shaxsiy  majmualardagi 
yozma yodgorliklar tavsifi fixrist-kataloglarda e`lon kilinib, ularda amalga oshirilgan 
manbashunoslik soxasidagi tadkikotlar natijalari umumlashtirildi. 
 
Xullas,  manbalarni  o`rganish  bo`yicha  amalga  oshirilgan  ishlar,  tajribalar 
umumlashtirilib,  kelshusida  amalga  oshirilajak  tadkikotlar  uchun  eng  kulay  va 
istikbolli  tadkik  metod  va  usullarini  aniklab,  belgilab  va  ishlab  chikib,  ularning  eng 
zamonaviylari va samaradorlarini amaliyotga ko`llashni tavsiya etish zarur. 
 
So`nggi  paytda  zamonaviy  kompyuterlarning  yozma  manbalarni  tadkik  etish 
imkoniyatidan  foydalanish  vakti  keldi.  Bu  o`rinda  zamonaviy  talaba  va  pedagog 
inturnet xizmatidan bemalol foydalana olishi talab etiladi. 
 
Umuman,  nazariy  va  amaliy  manbashunoslik  biri-birini    to`ldiradi,  biri 
ikkinchisi  uchun  asosiy  tadkikot  yo`nalishi  va  uslublarini  belgilasa,  ikkinchisi 
birinchisi uchun faktik material jamlab, asos bo`lib xizmat kiluvchi dalillarni yigadi.  
Amaliy  manbashunoslik  nazariy  bilim  va  tajriba  asosida  manbashunoslikning 
konkret, muayyan soxasi, bo`limi, davri masalasi yoki biror manba yuzasidan amaliy, 
praktik  tadkikot  olib  boradi,  arxiv,  muzey,  kutubxona  va  shaxsiy  majmualarda 
mavjud yozma  manbalarni o`rganib, eng kimmatlilarini ilmiy muomalaga olib kirib, 
keng jamoatchilik ma`naviy mulkiga aylantiradi.   
 
Maruza materialini mustahkamlash uchun beriladigan savollar: 
1. Manbashunoslikning qaysi yo`nalishini bilasiz? 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə