Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81

bilan savdo-sotik olib boradi. Kotliklar kelgindilar (ko`ngirotliklar)dan kutilish uchun 
Rossiya  bilan  ittifok  tuzishni  xoxlaydilar,  lekin  (ruslarning  urush  ochmokchi  bo`lib 
turgani  xakida)  tarkalgan  xabarning  okibatidan  ko`rkar  edilar.  Mingkishlok 
turkmanlari  xam  shuni  istar  edilar,  lekin  kozoklar  xavfidan  ko`rkardilar».  Bunday 
dalil va ma`lumotlarni mitropolit Xrisanfning xotrotlarida ko`p uchratish mumkin. 
XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Rossiya xukumati O`rta Osiyo xonliklari va 
Kozogistonning siyosiy, iktisodiy va xalkaro axvolini, xususan o`sha mamlakatlarga 
olib  boradigan  yo`llarni  o`rganishda  keng  ma`lumotli  va  zexn-idrokli  xarbiylardan 
xam  ko`prok  foydalana  boshladi.  Ular  Rossiya  xukumatiga  bu  xakda  o`ta  muxim 
ma`lumotlar to`plab berdilar. Ana shunday xarbiy mutaxassislardan ayrimlari va ular 
to`plagan ma`lumotlarga kiskacha to`xtalib o`tamiz. 
 
Filipp Nazarovning esdaliklari 
Filipp  Nazarovning  xayotiga  oid  ma`lumotlar  juda  kam,  1789  yili  Omsk 
shaxrida  Osiyo  bilim  yurtini  tugatib,  1804  yili  Tobol`sk  guberniyasidagi  Irtish 
chizigidagi  Charlakovsk  chegara  postiga  tarjimon  bo`lib  xizmatga  kirgan.  Undan 
keyin  xizmat  yuzasidan  boshka  chegara  punktlariga  xam  borib  ishlagan.  Ko`konga 
jo`nab  ketishi  (1813  yil)  oldidan  «Aloxida  Sibir`  polki»da  tarjimon  bo`lib  xizmat 
kilgan. 
1813  yili  Garbiy  Sibir`  general-gubernatori  Glazemanning  maxsus  topshirigi 
bilan Peterburgdan yurtiga kaytishda yo`lda, Petropavlovsk (Shimoliy Kozogiston)da 
o`ldirilgan  Ko`kon  xonining  elchisi  bilan  boglik  janjalni  tinchitish  uchun  Ko`konga 
yuborildi.  Shu  bilan  birga  uning  xotira  yozuvlaridan  ma`lum  bo`lishicha,  unga 
Ko`konga  Sibir`  orkali  olib  boriladigan  yo`llar,  yo`l  ustidagi  shaxar  va  kishloklar, 
xonlikning  iktisodiy  va  siyosiy  axvoli,  uning  mudlfaa  saloxiyatini  kuzatish  xam 
yuklatilgan. 
Filipp Nazarov Ko`konga sibirlik rus savdogarlari karvoniga ko`shilib, 1813 yil 
16  may  kuni  jo`nab  ketdi.  Karvon  Kozogiston  cho`llari  va  Janubiy  Kozogistondagi 
Suzok  va  Chimkat  orkali  Toshkentga,  undan  1813  yil  oktyabr`  oyi  boshlarida 
Ko`konga kirib bordi. U Ko`konda bir yil atrofida turdi va 1814 yilning avgust oyida, 
Ko`kon  xoni  Umarxon  (1810-1822  yy.)ning  elchisi  bilan  birga  Petropavlovsk 
shaxriga kaytib ketdi. 
Filipp Nazarov bir yil mobaynida xonlik poytaxti Ko`kondan tashkari, Margilon, 
Andijon,  Namangan,  Yangikurgon  va  Xo`jand  shaxarlarida  bo`ldi  va  bu  shaxarlar, 
ularning xalki xamda mashguloti xakida kimmatli ma`lumotlar to`pladi. 
Bulardan ayrimlarini namuna sifatida keltiramiz: 
«Ko`kon katta va axolisi ko`p shaxar. Unda 400 ga yakin masjid bor. Tekislikda 
joylashgan,  xon  saroyidan  boshka  mustaxkam  biron  imorati  yo`k.  Tevarak  atrofi 
obod  kishloklar,  buloklarga  mo`l  jilga  va  ekinzorlar  bilan  o`ralgan.  Zamini  tuzli, 
ko`chalari  tor.  erga  ko`prok  paxta  ekiladi.Uylari  guvala  va  loydan  kurilgan.  Shaxar 
o`rtasida  toshdan  bunyod  etilgan  uchta  bozor  bor.  Bozorlarda  savdo  xaftasiga  ikki 
marta  bo`ladi.  Xon  saroyi  oldida  argumoklari  uchun  pishik  gishtdan  kurilgan  katta 
otxona joylashgan. 
Ko`kon  va  unga  karashli  erlarda  paxta  etishtiradilar,  ipak  kurti  bokiladi. 
etishtirilgan  paxta  va  ipakdan  mato  to`kiydilar  va  uni  buxoroliklarga  rossiyadan 
keltirilgan  mollar  evaziga,  masalan,  temirga,  susar  terisi,  to`tiyo,  bo`yok,  kozon, 
temir va po`latdan yasalgan uy-ro`zgor buyumlari va boshkalarga almashadilar». 


Margilon.  Shaxarning  aylanasi  taxminan  300  verst.  ermozordan  boshka  xech 
kanday xarbiy istexkomi  yo`k. Unda 20 000 askar turadi. (Margilondagi) uylar xam 
loydan kurilgan, ko`chalari tor, uylarining derazasi yo`k...Bozorlari kator rastalardan 
iborat, xaftada belgilangan ikki kun aoli kelib ertadan kechgacha savdo-sotik kiladi. 
Shaxarda  xar  turli  korxonalar  ko`p.  Ularda  Eronda  ishlab  chikarilgan  parchalar, 
baxmal,  shark  gazmollari  ishlab  chikariladi  va  Buxoro  va  Koshgarga  olib  borib 
sotiladi.  Koshgardan  esa  choy,  chinni  idishlar,  kumush,  xitoy  atlasi,  bo`yok  va 
boshka  zarur  xitoy  mollari  olib  keladilar...Shaxarliklar  to`k  va  osuda  turmush 
kechiradilar... 
Bizlarni  Margilondan  bir  kuzatuvchi  bilan  kechik  shaxar  Andijonga 
jo`natdilar...Andijon  Koshgar  bilan  chegaradosh.  Tevarak-atrofi  obod  kishloklar, 
mevazor boglar bilan o`ralgan. Axolisi ipak kurti bokish, paxtadan ip-gazlama ishlab 
chikarish va dexkonchilik bilan shugullanadi. Yakin atrofda ko`chib yurgan kirgizlar 
bilan  savdo-sotik  olib  boradilar.  Andijonda  xokimning  uyidan  boshka  biron 
mustaxkam ko`rgon yo`k. U erda 10 000 askar turadi. 
Namangan.  Andijonda  ikki  kun  turib,  u  erdan  Namanganga  bordik.  Yo`lda 
Ko`kon xokimiga karashli va ariklar bilan o`ralgan (ikki betida) kamish o`sib turgan 
jilgalarni  ko`rdik.  Jilgalarda  ov  o`ilish  uchun  bu  erga  xokimning  o`zi,  mulozimlari 
bilan kelib turadi. 
Namanganning  xam  xokimning  maxkamasidan  boshka,  mustaxkam  imorati 
yo`k.  Shaxarda  1  500  ga  yakin  kishi  istikomat  kiladi...Kogoz  ishlab  chikaradigan 
korxonalari  bor,  tut  daraxti  kup  o`sadi.  Tut  mevalarini  Ko`konning  barcha 
shaxarlariga  olib  borib  sotadilar.  Shuningdek,  (tevark-atrofdagi)  kirgizlar  bilan  xam 
savdo-sotik  olib  boradilar.  Yo`lda  bir-birlariga  tutash  juda  ko`p  kishloklarga  duch 
keldik.  Yangiko`rgonning  xam,  ichiga  200  askar  sigadigan  shaxar  boshligining 
xovlisidan boshka, biron mudofaa inshootini uchratmadik. 
Yangiko`rgonda  bir  necha  kun  tunab,  shaxardan  10  verst  narida  okib  turgan 
Sirdaryodan  o`tdik  va  taxminan  12  verst  yo`l  bosib  Korakalpok  degan  joyga  borib 
tushdik. Xalki gilam va jundan mato to`kir ekan. 
1814 yili Ko`konga kaytdik... 
Ko`kon  va  unga  karashli  boshka  shaxarlarda  ukumat  savdogarlar  o`lchov  va 
tarozidan urib kolmasdiklari ustidan kattik nazorat o`rnatgan. Ko`konda bo`lganimda 
bir  odamni  matoni  gazga  solishda  urib  kolgani  uchun  yalangoch  kilib,  kamchilab 
shaxar aylantirganini ko`rdim. Kamchi zarbidan u tez-tez «men gazdan urib koldim», 
deb kichkirib bordi. Ko`konliklar sud ishini xech kanday yozuvsiz olib boradilar. Ikki 
kishi  guvoxlik  bersa  va  jinoyatchi  kasam  ichsa  bas.  O`grilik  kilgani  uchun  ko`lini 
kesadilar...»    
Filipp Nazarov va uning xamroxlari Ko`kon xonligiga karashli Xo`jand shaxrini 
xam  borib  ko`rganlar.  Masalan,  Xo`jand  xakida  uning  esdaliklarida  kuyidagilarni 
o`kiymiz: «Xo`jand xajm jixatdan Ko`kondan kichik emas. U Buxoro tarafdan ba`zi 
erlari  nurab  kolgan  devor  bilan,  boshka  tarafdan  Sirdaryo  bilan  ximoyalangan. 
Shaxardan arik va kanallar o`tkazilgan. Ko`kondagiga o`xshash korxonalari va xodik 
chikaradigan erlari ko`p...» 
Filipp  Nazarovning  esdaliklari  «Filipp  Nazarov:  Zapiski  o  nekotorix  narodax  i 
zemlyax Sredney Azii» nomi bilan ikki marta 1821 va 1968 yillari nashr etilgan. 
Rossiya  xarbiylari  O`rta  Osiyo  xonliklarini  garb  tarafdan,  Astraxan,  Kaspiy  va 
Orol  dengizi  orkali  xam  taftish  kildilar.  N.N.Murav`yov  (1819-1926  yy.), 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə