Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81

tikadilar.  Lekin,  u  xam,  boshka  ko`l  maxsulotlari  singari,  chetga  chikarilmaydi, 
Xivaning  o`zida  koladi.  Xivaliklar  boy-badavlat  va  to`kin-sochin  yashamaydilar, 
pullari kam. Topgani kundalik tirikchilik va xonga solik to`lashdan ortmaydi. 
Umuman  olganda,  xivaliklar  xunarmandchilikda  ko`p  xam  madakadi  emaslar. 
Umuman  temir  idish  va  buyumlarni  yasamaydilar,  ularni  rus  asirlari  yasaydilar. 
Garchi  mis  o`sha  erdagi  konlardan  kazib  olinsa-da,  undan  buyumlar  yasashni 
bilmaydilar.  Misdan  yasalgan  idish-tovok  va  boshka  buyumlarni  rossiyadan  olib 
keladilar.  Oyna  xakida  esa  xech  narsa  bilmaydilar,  ko`pchilik  uni  xatto  ko`rmagan 
xam. Shu sabadan Xivada oyna juda kam va kimmat». 
Xiva  xonligining  xarbiy  axvoli  xakida  Nikolay  Murav`yov  mana  bu 
ma`lumotlarni keltiradi: 
«Muxammad  Raximxon  saltanat  kursisiga  o`lturgunga  kadar  kabilalar  orasida 
avjiga  mingan  o`zaro  urush-talashlar  va  tashkaridan  kilingan  boskinlar  okibatida 
xalk,  (ayniksa)  badavlat  kishilar  o`zini  boskin  va  talon-tarojdan  saklash  uchun 
uylarini mustaxkamlab kal`aga aylantirganlar. Bu mustaxkamlangan (kichik) kal`alar, 
yoki ko`rgonlar ko`pincha o`zlarining dalalari, yoki boglari o`rtasida kurilgan. Uning 
ichida  turar  joylar,  xovuzlar,  ko`rgon  soxibi  va  xizmatkorlarining  uylari,  tegirmon, 
kushxona,  molxona,  omborxona  va  boshkalar  favkulodda  yuz  bergan  xodisalar 
vaktida 100-150 kishini saklaydigan narsalar bor. 
Bu kal`alar to`rt burchakli, paxsadan  bino kilingan, ba`zilarida devor tagiga tosh 
ko`yilgan.  Devorining  past  kismi  to`rt  arshin,  tepa  kismi  yarim  arshin,  balandligi  – 
uch  sajen  atrofida,  devor  tashkarisida,  (xar  er-xar  erda)  paxsadan  dumalok 
suyanchiklar ko`yilgan. Devorning tepa kismiga ko`ngiralar kilingan. 
Xonlikning yukorida tilga olingan beshta shaxari Xiva, Yangi Urganch, Shovot, 
Kot va Gurlan xam mustaxkam paxsa devor bilan o`ralgan. Shu sababdan xivaliklar 
ularni kal`a deb ataydilar...Kal`alarda bironta xam zambarak yo`k, ularda askar xam 
yo`k. Shaxarlarini axolining o`zi ximoya kilishi kerak bo`ladi. 
Xivaliklarda  muntazam  ko`shin  yo`k.  Urush  chikib  kolgudek  bo`lsa,  ko`shin 
o`zbeklar  va  turkmanlardan  tuziladi.  Ko`shin  asosan  sipoxiylar  tabakasidan.  U 
xonning  buyrugi  bilan  belgilangan  erga  to`planadi  va  asosan  otlik  askardan  iborat 
bo`ladi. 
N.Muravbyovning  esdaliklarida  o`zbeklarning  fel-atvori,  tabiati  va  kiyofasi 
xakida  e`tiborga  loyik  ma`lumotlar  keltirilgan.  Unda  xususan  o`kiymiz:  «O`zbeklar 
umuman  aklli  va  yokimli,  xazil-mutoyibani  yaxshi  ko`radigan,  biron  ishga  jazm 
kilgudek bo`lsa, karorida kat`iy, to`gri so`z, yolgonni va egrilikni yomon ko`radigan, 
ruxi tetik, xushbichim va jismoniy kuchli xalk... 
 
Dmitriy Gladishev va Ivan Muravinlar Xiva xotiralari 
Sirdaryoning  kuyi  okimidagi  shaxar  va  kishloklar,  Orol  dengizini  o`rganish 
uchun  1740  yili  davlat  arbobi  va  tarixchi  olim  V.N.Tatishchevning  tashabbusi  bilan 
Xivaga  poruchik  D.Gladishev  va  kontr-admiral,  er  o`lchovchi  I.Muravinlar 
yuborilgan. 
Orskda  olgan  ko`rsatmaga  binoan,  ular  1717  yili  Pyotr  I  zamonida  Rossiya 
tobeligiga  o`tgan  Kichik  Juz  xoni  Abulxayrxon  (1695-1748  yy.)  bilan  uchrashishi 
zarur  edi.  Lekin,  bu  paytda  Abulxayr  Orolda  edi.  Mamlakatni  esa  Eron  podshoxi 
Nodirshox  bosib  olgan  edi.  Shuning  uchun  Gladishev  bilan  Muravin 
Abulxayrxonning  inisi  Nurali  va  togasi  Niyoz  bilan  birga  Orolga  jo`nab  ketdilar  va 


xon xuzuriga  etib bordilar.  Ertasi kuni  Xivaga  bordilar.  O`sha vaktda  Abulxayr  xon 
deb e`lon kilingan edi. Gladishev bilan Muravin Shovotda 9 noyabr` kuni Nodirshox 
xuzurida  bo`lganlar  va  unga  Abulxayrxon  bilan  Xiva  Rossiyaning  tabakalari 
ekanligini  aytib,  Xivaga  mexru  shavkat  kilinishini  so`raganlar.  Zobitlarning 
so`zlariga  karaganda,  ularning  iltimosi  ijobat  topgan.  Lekin  ular  Abulxayrxon  bilan 
uchrasha olmaganlar. Shunday bo`lsa-da, Abulxayr shlxdan cho`chib 12 noyabrda rus 
zobitlari bilan birga Orolga kochib ketdi. Bu erda ko`p tortishuvdardan keyin Nurali 
xon  deb  e`lon  kilindi.  Abulxayr  Gladishev  bilan  Muravinni  olib  Odam  ato  arigi 
bo`yida  joylashgan  eski  o`rdasiga  kaytdi.  Gladishev  va  Muravin  1741  yilning  aprel 
oyida  u  krdan  Orskka  kaytib  keldilar.  Ularning  mazkur  sayoxati  paytida  to`plagan 
ma`lumotlari «Gladishev – Muravin. Poezdki iz Orskka v Xivu i obratno 1740-1741 
godax  poruchikom  Gladishevim  i  geodezistom  Muravinim,  IRGO,  vip.1U,  -
SPb.,1850, s.519-599» deb atalgan. 
Gladishev  va  Muravin  to`plagan  ma`lumotlarning  axamiyati  shundaki,  ularda 
Orol dengizining soxillari, Xorazmning Xiva, Shoxtemir, Xojayli, Xonka va Shovot 
shaxarlari xakida, shuningdek, o`zbek, kozok, korakolpok va turkman axolisi xakida 
ayrim ma`lumotlar keltirilgan. 
Gladishev  xamroxlari  bilan  Xivaga  kelishi  bilan  uni  xon  karorgoxiga  olib 
bordilar. Unda xon bilan birga Orol biylari va xonning amirlari o`ltirishgan ekanlar. 
Xon  Gladishevdan  so`radi:  «Sen  kaerdan  bo`lasan?»  Nladishev  javob  kildi:  «Meni 
imperator  xazrati  oliylari  jo`natdilar,  marxamatli  maktub  bilan»,-  dedi  va  maktubni 
xonga uzatdi. Xon maktubni olib, muxrini peshonasiga surdi va uni yozib (kotibiga) 
uzatib, «xammaning xuzurida o`ki!» deb buyurdi. Maktub o`kib bo`lingach, xuzurida 
o`ltirganlarga  karab  dedi:  «Ko`rdilaringmi,  umid  boglab  turgan  oldimdagi  chirogni 
ko`ryapsizlarmi? 
Shu 
nur 
yordamida 
sizlarni 
(Nodirshoxdan) 
ximoya 
kilmokchiman».  Shundan  keyin  menga  karab  dedi:  «Sening  xakingda  eshitganman. 
Yo`lda  senga  ozor  etkazibdilar.  Xuzurimga  eson-omon  etib  kelishing  uchun  odam 
bilan  maktub  yubordim.  Chunki,  ma`lumki,  Eron podshosi  Nodirshox  Xiva  shaxrini 
egallash uchun kelayotir. Men esam o`zim xam, bu shaxar xam  men kabi imperator 
xazratlarining  ko`l  ostida  bo`lishni  istaymiz.  Men  uning  xuzuriga  bormokchiman. 
Sening  xam  uning  xuzuriga  borishingga  to`gri  keladi.  Imperator  xazratlarining  sen 
olib kelgan maktubini Xivadan unga yuboramiz, toki shaxsan men bilan janjallashib 
yurmasin».  Gladishev  xonga  javob  kildi:  «Ien  sizning  xuzuringizga  yuborilganman. 
Shunday bo`lgach, sizning amr-farmoningizda bo`laman». 
Shundan  keyin  (Abulxayrxon)  Gladishev  odamlaridan  ikki  kishini,  xususan  er 
o`lchovchi  Muravin bilan  tarjimon  Usmon  Arslonovni  ajratib olib va imperator oliy 
xazratlari  jo`natgan  maktubni  ko`llariga  berib,  ularga  maktub  bilan  to`rt  odamni  – 
orollik bir korakalpok va bir kozokni ko`shib, Eron podshoxi xuzuriga jo`natdi. Shox 
o`sha  vaktda  Xivadan  35  verst  narida  joylashgan  Xonkada  turgan  edi.  Ular  shoxga 
«Abulxayr)xon  imperator  xazratlarining  tabakasidir,  ushbu  shaxarni  xam  u  o`z 
tobeligiga  kabul  kildi»,  dedilar.  Xon  eshitdiki,  Eron  shoxi  Rossiya  imperiyasi  bilan 
ittifok  tuzmokchi  emish.  Shu  sababdan  u Xivani va unga karashli  erlarni talon-taroj 
kilmaydi», degan xabarni etkazishlari lozim edi». 
D.Gladishevning  Xivada  istikomat  kilib  turgan  rus  asirlari  xakida  keltirgan 
ma`lumotlari xam o`ta muximdir. U yozadi: «O`sha erda asirda bo`lgan Yoyik kazagi 
Andrey  Borodindan  eshitdimki,  Xivada  Bekovich-Cherkasskiy  ekspeditsiyasidan 
asirga tushib kolgan ruslar, kalmoklar va boshka erliklarning soni 3 000 kishiga etadi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə