Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81

G.I.Danilevskiy  (1842-1843  yy.)  va  A.N.Butakov  (1848-1849  yy.)  ekspeditsiyalari 
shunday maksadlarga xizmat kilgan. 
 
Nikolay Murav`evning Turkmaniston bilan Xivaga sayoxati 
Nikolay Murav`ev (1794-1866) – maxalliy xarbiy mutaxassis, 1812-1814 yillari 
Rossiyaning  Eron va  Turkiyaga karshi olib borgan urushlarida  ishtirok  etgan,  1816-
1828  yillari  Kavkaz  armiyasida  xizmat  kilgan.  1819-1820  yillari  rus  armiyasining 
Kavkazdagi  bosh  ko`mondoni  general  ermolovning  topshirigi  bilan  Boku  -  Kaspiy 
dengizi - Chelekan orli - Korakum orkali Xivaga borgan. 
N.  Murav`ev  kuzaturvchan  odam  edi.  Mazkur  safari  xakida  yozib  koldirgan 
asarida  («Puteshestvie  v  Turkmeniyu  i  Xivu  gvardeyskogo  general`nogo  shtaba 
kapitana  Nikolaya  Murav`yova»,  ch.1-11;-Moskva:  1822)  Xiva  xonligi  xakida 
muxim xarbiy, iktisodiy, tarixiy va etnografik ma`lumotlar to`plagan. 
Asarda  Xiva  xonligining xududi,  yirik shaxarlari, xalki va  uning  mashguloti  va 
mudofaa sadoxiyati (xarbiy kudrati) xakida dikkatga sazovor ma`lumotlar keltiriladi. 
Unda xususan kuyidagilarni o`kiymiz: 
«Xiva xonligi shimolda Orol dengizi va uning shimolida joylashgan cho`l bilan 
chegaradosh.  Cho`lda  kozoklar  istikomat  kiladilar.  Shimoli-garbiy  tarafi  cho`l  va 
kumliklardan iborat. Bu xududda turkmanlarning Taka kavmi istikomat kiladi. 
Garbiy  tarafi  800  verstga  cho`zilgan  saxro  bo`lib,  u  erlarda  Kaspiy  dengizi 
atrofidagi kavmlar istikomat kiladilar». 
Xiva  xonligining  beshta  katta  shaxari  bor.  Ular  Xiva,  Yangi  Urganch,  Shovot, 
Kot va Gurlan. 
«Xiva»-poytaxt  shaxar.  Aytishlaricha,  kadimda  Xivak  deb  atalgan.  Amudaryo 
o`z  o`zanini  o`zgartirmasdan  avval,  bunyod  etilgan.  U  katta  shaxar.  Mashxur 
imoratlari  madrasa,  xon  saroyi  va  ibodat  kiladigan  masjid  bo`lib,  masjid  gumbazi  
feruza rangli koshin bilan koplangan. Xonning xovlisi ko`p xakm katta bo`lmay, unda 
xam bir necha kichik masjid mavjud. Uylari loydan kurilgan, ko`chalari tor. Shaxarda 
bir  necha  kichik  do`konlar  xam  bo`lib,  (bozorida)  xaftada  ikki  marta  oldi-sotdi 
bo`ladi.  (Xivada)  3000  ga  yakin  xonadon  bo`lib,  xalki  10  000  jon  atrofida.  Shaxar 
xonlikdagi  boshka  shaxarlar  singari,  ekinzorlar  va  katta  bog-roglar  bilan  o`ralgan. 
Bog o`rtasida kichik-kichik kal`alar va uylar joylashgan». 
Yangi Urganch – shu kunlarda xonlikning yangi poytaxti, xon noibi Kutli Murod 
inokning  turar  joyi.  U  Xivadan  kattarok,  xonlikning  tamom  savdo-sotigi  shu  erga 
to`plangan, axolisining ko`pchiligini sartlar tashkil kiladi. Do`konlari ko`p va gavjum 
bo`lgan bu shaxarda Shark mamlakatlarida etishtiriladigan xar xil kimmatli matolar, 
zeb-ziynat mollarini xarid kilish mumkin. Xaftada bir necha kun savdo-sotik bo`ladi. 
Yangi  Urganchliklar boshka  mamdakatlarga va  xonlikning  boshka shaxarlariga xam 
o`z mollarini olib borib, savdo-sotik kiladilar. Yangi Urganch mustaxkam devor bilan 
o`ralgan». 
«Shovot bilan Kot bir kadar kichikdir. Birinchisida 2000 ga, ikkinchisida 1 500 
ga yakin xalk yashaydi. Xar ikkala shaxar xam mustaxkam devor bilan o`ralgan. 
Xonlikning  beshinchi  shaxri  Gurlan  deb  ataladi.  Unda  tijorat  axli  ko`p.  Uylari 
loydan kurilgan va garib. Masjiddan boshka yaxshi binolari yo`k. Devorlarining asosi 
toshdan. Uylari loydan bo`lishiga karamay, pishik kilib kurilgan... 


(Xorazmda) savlo-sotikda shaxardan kolishmaydigan katta kishloklar xam ko`p. 
Buxoro  yo`lida  joylashgan  Xazorasp,  Kipchok,  Ko`ngirot,  Oksaroy,  Xon  kal`a, 
Moyjoygil va boshkalar shular jumlasidandir. 
Yangi Urganch Ko`xna Urganch o`rnida emas, undan olisrokda, Xivaning garbiy 
tarafida,  katta  masofa  ulugvor  imoratlarning  vayronalari,  pishik  gisht  va  toshdan 
yasalgan  buyumlarning  parchalari  bilan  to`lib  toshib  yotibdi.  O`sha  joylarda  xozir 
xam  oltin  topish  mumkin.  Bu  xol  Amularyoning  eski  o`zani  bo`ylarida  (kadimdan) 
shaxar  va  xonadonlar  bo`lganidan  guvoxlik  beradi.  Shulardan  Luazan  kal`asi,  Kizil 
kal`a, Shlxsanam, O`tin kal`a va boshkalarning xarobalari xozir xam ko`zga tashlanib 
turibdi. Xivaning garbiy tarafidagi cho`lda saklanib kolgan uylar va naxrlarning izlari 
kadimdan  bu  erlarda  madaniyati  gullagan  Xiva  yoki  Xorazm  davlati  bo`lganidan 
darak beradi... 
Xiva  xonligida  istikomat  kilgan  xalk  ko`prok  galla  etishtirish  va  bogdorchilik 
bilan  mashgul.  Ularning  daromadi  asosan  galladandir.  Xamma  erlarda  obod 
kishloklar, kanal va ariklarning bo`ylarida ekinzorlar, uzumzorlar va serxosil boglar... 
Ularning  egalari  boy-badavlat  va  farovon  xayot  kechiradilar.  etishtirilgan  galla 
va  meva  istexmol  talabi  darajasidan  ortikrok.  Galla  va  mevaning  iste`moldan  oshib 
kolgan kismini tevarak-atrofda ko`chib yurgan kabilalarga, kozoklar va turkmanlarga, 
Abulxon va Mingkishlok xalkiga olib borib sotadilar. 
Xivaliklar  ko`prok  bugdoy  ekadilar  va  galla  ularning  yurtida  yaxshi  bitadi. 
Uning  katta  kismi  sotuvga  yuboriladi.  (Xivaliklar)  bugdoydan  boshka  yana  sholi 
ekadilar,  lekin  ko`zlangan  mikdorda  xosil  ololmaydilar,  chunki  sholi  suvda  o`sadi, 
suv  esa  kam.  Shunga  karamay,  xivaliklar  uni  ekadilar,  chunki  undan  tayyorlangan 
taom  o`ta  shirin  bo`ladi...Lekin  uni  sotishga  chikarmaydilar,  o`zlariga  zo`rga  etadi. 
Xonlikda  kunjut  xam  yaxshi  o`sadi.  Undan  moy  oladilar  va  ko`p  kismini  ko`shni 
yurtlarga  olib  borib  sotadilar.  Xarakat  kilsalar  uni  bundan  xam  ko`prok  mikdorda 
etishtirish  mumkin.  Kunjut  moyi  xonlikda  ko`prok  etishtiriladi.  Lekin  arpa  bilan 
kanop Xivada yaxshi o`smaydi. Shu sabadan uni kam ekadilar. Uanop moyi o`rniga 
kunjut moyini ko`prok ishlatadilar... 
Ot  emi  uchun  ko`prok  yulgun  deb  atalgan  o`t  ishlatiladi.  Urugi  ovkat  uchun 
ishlatiladi, lekin uni ko`p kaynatish kerak bo`ladi. Bu taom ko`ja deb ataladi... 
Boglarida  ko`p  mikdorda  turli  navli  uzum  etishtiriladi.  Axoli  uni  kuritib 
sotadilar.  Biz  uni  kigmish  deb  ataymiz.  Uni  uzumning  shunday  atalgan  navidan 
tayyorlaydilar, uning urugi bo`lmaydi. 
Xivaning  boglarida  ko`p  mikdorda  turli  navli  olma  xam  etishtiriladi,  olmurut, 
bodom, nok, gilos, olcha, tut va anor, shuningdek, boshka mevalar etishtiriladi. 
Sabzavotdan, Rossiyada o`sadigan karam, sholgom va kartogkadan boshka xam 
sabzavot etishtiriladi. Piyozi yirik bo`ladi. 
Xivaning kovuni va tarvuzi katta va shirin bo`ladi. 
Xiva xonligida bundan (galachilik, bogdorchilik, polizchilik va chorvachilikdan) 
tashkari,  xunarmandchilik  bilan  xam  shugullanadilar.  Ular  o`zlari  uchun  zarur 
bo`lgan  kiyimlardan  tashkari,  o`zlari  ishlab  chikargan  ipak  va  ip  matolardan  va 
Buxorodan  sotib  olib  kelingan  matolardan  kiyim-kechak  tikadilar.  Ular  to`kilgan 
gazmol  chiroyli  va  nafis  bo`lmasa-da,  pishikligi  bilan  ajralib  turadi.  Korxonalar 
yo`kligi sababli kiyim-kechak bilan o`zlarini zo`rga ta`minlaydilar, boshka yurtlarga 
mol  chikarolmaydilar.  Xivalik  turkmanlar  tuya  junidan  chodir,  arkon,  chiroyli  va 
pishik shilamlar to`kiydilar. Xivaliklar (bundan tashkari) chiroyli ipak belboglar xam 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə