Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81

Asarning  birinchi  bobida  muallif  o`zi  shaxsan  tanish  bo`lmagan,  tazkira 
tuzilmasdan  ancha  ilgari  olamdan  o`tgan,  buxorolik  84  shoirning  xayoti  va  ijodidan 
namunalar keltiriladi. 
Ikkinchi bobda muallif bilgan, lekin tazkira yozilmasdan sal ilgari xayotdan ko`z 
yumgan 64 buxorolik shoir xakida ma`lumot keltiriladi. 
Uchinchi  bob  tazkira  yozidayotganda  xayot  bo`lgan  59  buxorolik  shoir  ijodiga 
bagishlanadi. 
Va  nixoyat,to`rtinchi  bobda  muallif  bilan  zamondosh,  lekin  u  bilan  tanish 
bo`lmagan  44 nafar movarounnaxrlik shoir ijodidan namunalar keltirilgan. 
Xotimada  muallif  o`zining  ota-bobolari  xakida,  xususan  ulug  bobosi 
Abdulvaxxobxoja,  otasi Podshoxxoja  va  birmuncha vakt  Shayboniy  Rustamxonning 
xizmatida    shayxulislom  lavozimida  bo`lgan  inisi  Abdussamadxoja  xakida, 
shuningdek, ruboiynavis shoir Shoxxoja xakida zarur ma`lumotlar keltirgan. 
Tazkirada,  shoirlikni  o`ziga  kasb-xunar  kilib  olgan  shoirlar  bilan  bir  katorda, 
boshka  kasb-xunar  egalari,  masalan,  savdo-sotik,  tabiblik,  xattotlik,  rassomlik, 
me`morlik  va  boshka  xunarmand  shoirlar  ijodidan  xam  namunalar  keltirilgan. 
Ularning orasida olimlar xam bo`lgan. Masalan, mashxur shoir Muxammad Solixning 
o`gli Mirzo Ulugbek xakida bunday  ma`lumot keltirilgan; u XVI asrning boshlarida 
Niso  viloyatining  xokimi  bo`lgan.  Xasan  Nisoriyning  otasi  Darun  xokimi 
Podshoxxoja  bilan  do`st  bo`lgan.  Ular  tez-tez  bir-birlarini  ziyorat  kilib  turganlar  va 
shoirlarning majlislarini uyushtirib turganlar. 
Ushbu  asarda  Shayboniy  xukmdorlardan  Ubaydullaxon  zamonida  Buxoro  va 
Samarkandda bunyod etilgan masjid, madrasa va xonakoxlardan tashkari, ko`priklar, 
suv  inshootlari  va  kutubxonalari  xakida  xam  ma`lumotlar  uchratamiz.  Buxoroyi 
sharifda  kurilgan  Mir  Arab  madrasasi,  Piri  Marza  kishlogida  kurilgan  chorbog, 
mextar  Kosim  tarafidan  Ko`xak  daryosi  ustiga  kurilgang  ko`prik,  Abdulazizxon 
tarafidan Buxoro shaxrida bunyod etilgan kutubxona shular jumlasidandir. 
 
Xotiroti Mutribiy», «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» va «Nusxayi zeboyi 
Jaxongiriy» 
«Xotiroti  Mutribiy»  («Mutribiy  esdaliklari»),  «Tazkirat  ush-shuaroyi  Mutribiy» 
(«Mutribiyning  shoirlar  to`grisidagi  tazkirasi»)  va  «Nusxayi  zeboyi  Jaxongiriy» 
(«Jaxongirning  zebo  tazkirasi»)  nomli  asarlar  muallifi  XVI  asrning  ikkinchi  yarmi-
XVII asrning 30-yillarida o`tgan shoir va tazkiranavis olim Mutribiydir.  
«Xotiroti  Mutribiy»  degan  asaridan  ma`lum  bo`lishicha,  u  1559  yili 
Samarkandda  tavallud  topgan,  ota  taraifidan  bobosi  Malik  Argun  va  ona  tarafidan 
bobosi  Basriy  zamonining  mashxur  shoirlari  jumlasidan  bo`lishgan.  Mutribiy 
dastlabki  ma`lumotni  ona  shaxri  Samarkandda  olgan,  so`ng  Buxoroga  borib,  xoja 
Xasan  Nisoriyga  shogird  tushgan.  1620  yildan  boshlab  u  asosan  Samarkandda 
istikomat kilgan va Samarkand xokimi Xojibiy kushchining xizmaida bo`lgan. 1625 
yilning  kuzida  o`gli  Muxammad  Alini  o`zi  bilan  birga  olib,  Xindistonga  jo`nab 
ketadi.  Bu  vaktda  Mutribiy  69  yoshda  bo`lgan  va  1627  yili  Samarkandga  kaytib 
kelgan. Uning keyingi takdiri ma`lum emas. 
Mutribiy  uch  asar  muallifidir.  Ulardan  biri  «Tazkirat  ush-shuaroyi  Mutribiy» 
bo`lib,  unda  movarounnaxrlik  320  shoir  xakida  kiskacha  ma`lumot  va  she`rlaridan 
namunalar keltiriladi. 


Ikkinchi  asari  «Nusxayi  zeboyi  Jaxongiriy»  bo`lib,  uni  Mutribiy  xali 
Xindistonga  ketmay  turib  Samarkandda  boshlagan  va  1626  yili  Loxur  shaxrida 
tamomlagan. Asarda Movarounnaxr, Xuroson, Balx, Badaxshon va Xindistonda XVI 
asrning  ikkinchi  yarmida  istikomat  kilgan  292  shoir  xakida  ma`lumot  keltiriladi  va 
o`sha  yiliyok  Jaxongir  podshoxga  (1605-1627  yy.)  takdim  etiladi.  «Xotiroti 
Mutribiy»da  aytilishicha,  tazkira  podshox  va  uning  yakinlariga  ma`kul  bo`lgan. 
Jaxongir suxbat oxirida Mutribiyga Xindistonda XVI asrning ikkinchi yarmida, ya`ni 
marxum otasi Jaloliddin Akbar davrida o`tgan shoirlar xakida to`plagan materiallarini 
bergan  va  undan  mazkur  tazkiraga  o`z  nomini  ko`shishini  iltimos  kilgan.  Ushbu 
materiallar ikkinchi tarzkiradan 16 varak joy olgan. «Nusxayi zeboyi Jaxongiriy»ning 
yaxshi ko`lyozma nusxasi 1665 yilda Shoxijaxonobodda ko`chirilgan va shu kunlarda 
«Indiya offis» kutubxonasida saklanmokda. 
Mutribiyning uchinchi asari «Xotiroti Mutribiy» dkb ataladi va muallif uni 1627 
yil  25  fevral  kuni  yozishga  kirishgan.  Asar  muallifning  Loxurda  turgan  paytida 
podshox Jaxongirning 24 majlisida ko`tarilgan masalalar xakida xikoya kiladi. Unda 
Movarounnaxrning  XVII  asrning  birinchi  yarmidagi  ijtimoiy-siyosiy  axvoli  va 
madaniy  xayoti,  Samarkandning  osori-atikalari  va  uning  o`sha  davridagi  axvoli 
xakida  o`ta  kimmatli  dalil  va  ma`lumotlar  keltiriladi.  Shulardan  ba`zilarini  keltirib 
o`tamiz. 
Jaxongir podshoxni Buxoro va Balx xonlarining xamda ularga yakin amirlar va 
Juybor  xojalarining  shaxsiy  xayoti,  turmushi  va  fe`l-atvori  ko`prok  kiziktirgan. 
Shuningdek,  u  boshka  Boburiy  podshoxlar  kabi,  Buxoro  va  Balx  xonlarining 
kiyofasini  chizdirish  bilan  shugullangan.  Masalan,  18-chi  xotirotda  kuyidagilarni 
o`kiymiz;  «Kunlardan bir  kuni podshoxning  ostonasiga bosh ko`ygani borgan  edim. 
Podshox  kandaydir  suratlarni  dikkat  bilan  tamosha  kilib  o`tirgan  ekan.  Menga 
«o`ltir!», deb ishoratkildilar. So`ng suratlarni men tarafga o`girib so`radilar; «Dikkat 
bilan  karab  ko`rchi,  bular  kimlarning  suratlari  ekan?»  Karab  ko`rsam  ularning  biri 
Abdullaxon  o`zbek  (Abdullaxon  soniy,  1583-1598  yy.),  ikkinchisi  (uning  o`gli) 
Abdumo`minxonning  surati  ekan.  Podshox  mendan  so`radi;  «Suratlar  asilmi,  yoki 
sening  boshka  fikring bormi?  Agar bo`lsa  ayt».  Men  javob  kildim;  «Abdullaxon sal 
to`larok tasvirlangan. Bo`ynidagi chandik esa o`ng tomonda bo`lib kolgan. Aslida u 
ko`p  xam  to`la  emas,  bo`ynidagi  chandik  esa  so`l  tarafda».  Podshox  rassomni 
chakirtirdi va suratni men aytgandek kilib chizishni buyurdi. Shundan keyin podshox 
mendan  «Abdulmo``minxonning  surati  xususida  nima  deysan?»,  deb  so`radi.  Javob 
kildim;  «Abdulmo``minxonni  bugdoy  rangli  kilib  chizibdilar.  Aslida  u  ok-sarikdan 
kelgan  (yigit),  sallani  sal  oldinga  kilib  o`raydi,  bu  ancha  chiroyli  chikadi»,  dedim. 
Podshox  rassomni  chakirtirdi  va  bu  suratlarni  xam  men  aytganday  kilib  chizishni 
buyurdi». 
Xotirotlardan  yana  birida  Mutribiy  1626  yili  Buxorodan  Xindistonga  kelgan 
Buxoro  xonining  elchisi  xoja  Abduraxim  bilan  bo`lgan  suxbatni  keltiradi.  Jaxongir 
podshox  Juybor  xojalariga  zo`r  xurmat-extiromi  bo`lishiga  karamay,  Mutribiyga; 
«Nima  uchundir,  Imomkulixon  Nadr  devrnbegiday  boobru  mulozimlari  bo`la  turib, 
xuzurimizga navkarlarni yuboribdi?», degan. 
Olimning  Kobuldan  Loxurga  mexmon  bo`lib  kelgan  Muxammad  Xakim  mirzo 
sharafiga  uyushtirilgan  ziyofat  xakida  yozgan  xotirasi  xam  dikkatga  sazovordir. 
Majlisda  gap  «musika»  atamasining  kelib  chikishi,  ma`nosi,  shashmakom  («Irok», 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə