Derektaniw uzb


«Manokibi  xoja  Yusuf  Xamadoniy»



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81

«Manokibi  xoja  Yusuf  Xamadoniy»  («Xoja  Yusuf  Xamadoniyning  xayot 
yo`li»)  nomli  asar  muallifi  Xojagon  tarikatining  asoschisi  va  nazariyachilaridan  biri 
Abduxolik  ibn  Abduljamil  Gijduvoniy  (vaf.1179  y.)  bo`lib,  u  ushbu  asarini  ustozi 
xoja Yusuf Xamadoniyning xayot yo`li va ta`limotiga bagishlagan. 
Asarning  yana  bir  boshka  nomi  «Risolayi  shayx  ash-shuyux  xazrat  xoja  Abu 
Yusuf  Xamadlniy»  («Mashoyixlar  shayxi  xazrat  xoja  Yusuf  Xamadoniy  xakida 
risola») deb xam ataladi. 
Asarning  yaxshi  bir  ko`lyozma  nusxasi  O`zR  FA  Sharkshunoslik    institutida 
mavjud. 
«Risolayi  shayx  Najmiddin  Kubro»  («Shayx  Najmiddin  Kubro  risolasi») 
kubroviya tarikatining asoschisi shayx va shoir Najmiddin Kubro (1221 y. Gurganjni 
mo`gullardan mudofaa kilish vaktida jangda xalok bo`lgan) kalamiga mansub asar. 
Xajm  jixatidan  uncha  katta  bo`lmagan,  xammasi  bo`lib  9  varak,  bu  asarda 
tasavvuf  xakida  fikr  yuritiladi,  muallif  o`zining  shaxsiy  kechinmalari  va  ruxiy 
iztiroblarini bayon kiladi. 
Asarning  yaxshi  bir  ko`lyozma  nusxasi  O`zR  FA  Sharkshunoslik    instituti 
xazinasida saklanadi. 
«Manokibi  Amir  Kulol»  («Amir  Kulolning  xayot  yo`li»)  asari  nakshbandiya 
tarikatining  ko`zga  ko`ringan  namoyondalaridan  biri,  xazrati  soxibkiron  Amir 
Temurning  pirlaridan  Amir  Kulolning  xayot  yo`liga  bagishlangan.  Amir  Kulol  asli 
Buxoroyi  sharifning  Suxori  kishlogidan  bo`lib,  ota-bobolaridan  tortib  kulolchilik 
bilan  tirikchilik  o`tkazganlar,  tarikatda  xoja  Muxammad  Boboyi  Somosiy  (vaf.1354 
y.)ning xalfasidir. 
Asarning muallifi Amir Kulolning nabirasi Shixobiddindir.   
Asarning  XVII  asrda  ko`chirilgan  yaxshi  bir  ko`lyozma  nusxasi  O`zR  FA 
Sharkshunoslik    instituti  xazinasida  saklanmokda.  «Manokibi  Amir  Kulol»ning 
toshbosma nashrlari xam bor. 
 
Xoja Muxammad Porsoning «Makomati xoja Alouddin Attor», «Fasl ul-
xitob», «Risolayi kudsiya» va boshka asarlari 
 Xoja Muxammad Porsoning xakikiy ismi Muxammad ibn Muxammad al-Xofiz 
al-Buxoriy  bo`lib,  1419  yili  Makkada  vafot  etgan.  Nakshbandiya  tarikatining 
nazariyotchi  olimlaridan,  ushbu  tarikat  va  uning  ko`zga  ko`ringan  namoyondalariga 
atab bir necha asar yozib koldirgan.  
Ulardan biri «Makomati xoja Alouddin Attor» («Xoja Alouddin Attorning xayot 
yo`li»)  bo`lib,  muallif  unda  Nakshbandiya  tarikatining  yirik  vakillaridan  biri  Xoja 
Buzurg  –  Xoja  Baxouddin  Nakshbandning  xalifalaridan  biri  asli  xlrazmlik  xoja 
Alouddin (vaf.1400 y.)ning aytganlari jamlangan. 
«Makomati  xoja  Alouddin  Attor»  asari  nashr  etilmagan.  Ko`lyozma  nusxasi 
O`zR FA Sharkshunoslik instituti kutubxonasida mavjud. 
Xoja  Muxammad  Porsoning  yana  bir  asari  «Fasl  ul-xitob»  («Ravshan  fikrlar») 
bo`lib,  unda  e`tikod,  diniy  marosimlar,  akidaparastlik  va  falsafiy  okimlar  xakida 
mutasavvufona  fikr  yuritiladi.  «Fasl  ul-xitob»  tasavvuf  bo`yicha  komusiy  asar 
xisoblanadi. 
Asarning  ko`lyozma  nusxalari  O`zbekiston,  shuningdek,  Germaniya,  Frantsiya 
va  boshka  xorijiy  mamlakatlarning  kutubxonalarida  mavjud.  1913  yili  amalga 
oshirilgan toshbosma nashri xam bor. 


Xoja  Muxammad  Porsoning  piri  murshidi  xoja  Baxouddin  Nakshbandga  atab 
yozgan  «Risolayi  kudsiya»  («Kudsiy  kalimalar  xakida  risola»)  asari  bo`lib,  olim  bu 
asarida  ustozining  aytganlarini  zo`r  e`tibor  bilan  jamlagan.  Xoja  Muxammad  Porso 
bu asarini ustozi xoja Alouddin Attorning iltimosi bilan yozgan. 
Olimning  bulardan  boshka  tasavvufning  nazariy  va  amaliy  masalalariga 
bagishlangan  «Maxak  al-orifin»  («Ma`rifatli  kishilarni  ajratuvchi  maxak  toshi»), 
«Taxkikot» («Xakikat izlash») va «Risola» degan asarlari xam mavjud. 
Xoja  Baxouddin  Nakshband,  uning  xayoti,  aytganlari,  karomatlari  xakida 
xikoya kiluvchi yana bir muxim asar Abulmuxsin Muxammad Bokir ibn Muxammad 
Alining  «Manokibi  xoja  Baxouddin  Nakshband»  («Xoja  Baxouddin  Nakshbandning 
xayot  yo`li»)  nomli  kitobidir.  Abulmuxsin  Muxammad  Bokir  bu  asarini  yozishda 
Xojoyi  buzurgning  yakin  kishidari  bilan  suxbatlari  chogida  yikkan  ma`lumotlardan 
va xoja Muxammad Porsoning kitoblaridan olingan ma`lumotlardan foydalangan. 
«Manokibi  xoja  Baxouddin  Nakshband»  mukaddima,  xotima  va  uch  kismdan 
(maksad) iborat. 
Mukaddimada  Xojoyi  buzurgning  tavallud  topishi  va  kelib  chikishi,  birinchi 
kismda  xazrat  eshon  faoliyatining  boshlanishi,  ikkinchi  kismda  xazrat  eshonning 
suluklari  va  aytganlari,  va  nixoyat,  uchinchi  kismda  xazrat  Baxouddin  
Nakshbandning kashfu karomatlari bayon etilgan. 
Xotimada xazrati buzurgning vafoti xususidadir. 
Asar Maxmud Xasanov tarafidan o`zbek tiliga tarjima kilingan va zarur izoxlar 
bilan 1993 yili nashr etilgan. 
«Makomoti  xoja  Axror»  («Xoja  Axrorning  xayoti»)  nomli  asar  nakshbandiya 
tarikatining  yana  bir  yirik  namoyondasi,  ma`rifatparvar  va  raiyatparvar  inson  xoja 
Ubaydulla Axror Valining xayoti, ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga bagishlangan. Bu kitob 
eshon buvaning nabirasi xoja Abdullo tomonidan XVI asrda yozilgan. Xoja Abdullo 
yoshligidan  bobosining  xizmatida  bo`lgan  va  mazkur  asarida  xazrat  eshondan  o`zi 
eshitgan,  uning  yakinlari  va  mulozimlari,  beklar  va  amirlarning  ogzidan  eshitgan, 
shuningdek  Temuriyzodalar  Sulton  Axmad  (1469-1494  yy.)  va  Umarshayxdan 
eshitganlarini kunt bilan to`plab kitob xoliga keltirgan. 
Asarda  O`zbekiston  va  u  bilan  ko`shni  mamlakatlarning  XV  asrdagi  ijtimoiy-
iktisodiy, siyosiy va madaniy xayotiga oid o`ta kimmatli ma`lumotlar bor. 
Kitob  nashr  etilmagan,  uning  ko`lyozma  nusxalari  O`zR  FA  Sharkshunoslik 
institutining xazinasida saklanmokda. 
«Rashaxotu  ayn  ul-xayot»  («Xayot  chashmasidan  tomchilar»,  1503  yili  yozib 
tamomlangan)  xoja  Ubaydulla  Axror  xakida  yozilgan  muxim  bir  asardir.  Asar 
muallifi ko`pincha as-Safiy (1453-1513 yy.) taxallusi bilan mashxur bo`lgan iloxiyot, 
xadis, tafsir va adabiyot fanlarini chukur bilgan olimdir. Uning to`la ismi Faxruddin 
Ali ibn Ali al-voiz al-Koshifiy al-Bayxakiydir.  
Asarlaridan  ma`lum  bo`lishicha,  u 
Bayxak  (Eron)ning  o`kimishli  xonadonlaridan  biriga  mansub  bo`lib,  otasi  iloxiyot, 
tafsir va xadis ilmiga oid asarlar yozgan va Nakshbandiya tarikatining etakchilaridan 
xoja  Ubaydulla  Axror  (1404-1490  yy.),  xoja  Yaxyo  va  boshkalarning  dikkat 
e`tiborini  kozongan  kishidir.  As-Safiyning  o`zi  xoja  Ubaydulla  Axrorning  muridlari 
jumlasidan  bo`lib,  uning  kotibi  lavozimida  ishlagan.  Xoja  Axror  vafot  etgandan 
keyin, temuriy Sulton Xusayn xizmatiga kirgan va uning voizi bo`lib xizmat kilgan. 
As-Safiy  turli  soxalarga  oid  10  ga  yakin  asar  yozib  koldirgan.  Turli  latifa  va 
badi`alarni  o`z  ichiga  olgan  «Latoif  az-zaroif»  («Zarofatli  kishilarning  latifalari»), 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə