Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81

«Maxmud va Oyoz» dostoni, al-kimyoga bagishlangan «Tuxfat ul-xoniy» («Xonning 
tuxfasi»),  «Xirz  al-omon  min  fatan  az-zamon»  («Zamonning  ziyrakligi  bilan  joduni 
kaytaradigan  tumor»),  «Axloki  Muxsiniy»,  Nakshbandiya  tarikatining  ta`limoti  va 
uning yirik namoyondalari xayoti va faoliyatiga bagishlangan «Usuli Nakshbandiya» 
kabi  asarlar  shular  jumlasidandir.  Bundan  tashkari,  as-Safiy  tarjimonlik  bilan 
shugullangan.  Masalan,  u  shayx  Shixobuddin  Suxravardiyning  (vaf.1234  y.)  «Uyun 
al-xakoik  va  ixox  al-taroik»  («Xakikatlar  bulogi  va  tarikatlar  izoxi»)  kitobini 
arabchadan  fors  tiliga  tarjima  kilgan.  Bu  tarjima  «Kitob  kashf  ul-asrori  Kosimiy» 
(«Kosimiy  sirlarining  kashf  etilishi  xakida  kitob»)  nomi  bilan  ma`lum.  As-Safiy 
Sharkda  mashxur  bo`lgan  «Kalila  va  Dimna»  asarini  xam  kayta  ishlagan  va  unga 
«Anvori Suxayliy» («Suxayl yulduzining nurlari») deb nom bergan.  
O`zbekistonning XV asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda 
as-Safiyning  ayniksa  «Rashaxot»  asari  muxim  o`rin  tutadi.  Asar  Nakshbandiya 
tarikati 
mashoi`larining 
kiskacha 
tarjimai 
xoli 
xamda 
tarikatning 
yirik 
namoyondalaridan  xoja  Ubaydulla  Axrorning  xayoti  va  makomotlarini  o`z  ichiga 
oladi. 
As-Safiy  o`z  asarini  yozishda  xoja  Muxammad  Porsoning  «Fasl  ul-xitob», 
Shixobuddin  ibn  Amir  Xamza  (vaf.1405  y.)ning  «Makokoti  Amir  Kulol», 
Muxammad  al-Buxoriyning  (XII  asr)  «Maslak  ul-orifin»,  Mavlono  Muxammad 
kozining  (vaf.1516  y.)ning  «Silsilat  ul-orifin  va  tazkirat  as-siddikin»  asarlaridan 
foydalangan.  Lekin  asarning  katta  kismi,  ya`ni  xoja  Ubaydulla  Axrorning  xayoti  va 
faoliyati  xakidagi  kismi,  muallifning  shaxsiy  kuzatuvlari  va  so`rab-surishtirib 
to`plagan ma`lumotlari asosida yozilgan. 
«Rashaxot» kiskacha so`z boshi-debocha, kirish-makola va uch kismdan iborat. 
So`z  boshida  mazkur  asarning  yozilish  sabablari,  muallifning  ismi  sharifi, 
asarning  yozilib  tamomlangan  vakti,  shuningdek,  xoja  Ubaydulla  Axrorning 
Nakshbandiya tarikatiga munosabati xakida so`z boradi. 
Kirish  kismida  Nakshbandiya  tarikati  mashoyixlarining,  xoja  Yusuf 
Xamadoniydan  to  mavlono  Shamsuddin  Ruxiygacha  kiskacha  tarjimai  xoli  bayon 
kilingan. 
Asarning  I-III  kismlarida  xoja  Ubaydulla  Axror  va  uning  farzandlari,  xoja 
Zikriyo,  xoja  Yaxyo,  shuningdek,  zoja  Axrorning  yakin  muridlarining  xayoti  va 
makomotlari xakida xikoya kilinadi. 
«Rashaxot»ning  biz  uchun  kimmatli  tomoni  shundaki,  unda,  ayniksa  asarning 
uchinchi  kismida,  O`zbekistonning  XV  asrdagi  ijtimoiy-iktisodiy  va  siyosiy  avoliga 
oid  kimmatli  ma`lumotlar  mavjud.  Xoja  Ubaydulla  Axrorning  er-suvlari  va  boshka 
mulki,  tamga  soligi,  xorijiy  mamlakatlar  bilan  bo`lgan  savdo-sotik  alokalari  va 
mamlakatda kuchayib ketgan o`zaro kurash va bunda musulmon ruxoniylari, xususan 
xoja Axrorning ishtiroki xakidagi ma`lumot va xabarlar shular jumlasidandir. 
«Rashaxot» Xindistonda 1890, 1897 va 1906 yillari xamda Toshkentda 1911 yili 
chop  etilgan.  Asar  arab,  1852,  1889  yillari  xamda  turk  tiliga  1888  yili  tarjima 
kilingan. 
XVI-XVIII  asrlarda  yozilgan  makomotlar  xam  bir  talay.  Ular  xam  biografik 
asarlar  sirasiga  kiradi.  Ularning  ko`plari  XVI  asrga  oiddir.  Maxdumi  A`zam 
Kosoniyning  nabirasi  xoja  Abulbakoning  kaoamiga  mansub  bo`lgan  «Jomi`  ul-
makomoti  Maxdumi  A`zam  Kosoniy»  («Maxdumi  A`zam  Kosoniy  makomotlari 
majmu`i»).  Muxammad  Raxim  tarafidan  yozilgan  «Siroj  us-salokin  va  latoif  ul-


orifin»  («To`gri  yo`ldan  boruvchilar  uchun  chirog  va  donolarning  lutf  so`zlari»). 
Do`stmuxammad  al-Buxoriyning  «Juybor  ul-asror»  («Ko`p  irmokli  manzilning  siru 
asrorlari»). 
Xusayn 
ibn 
Mir 
Xusayn 
Saraxsiyning 
«Manokibi 
sa`diya» 
(«Xoja)Sa`dning  makomotlari»),  Muxammad  Tolib  ibn  xoja  Tojiddinning  «Matlab 
ut-tolibin»  («Toliblar  matlabi»)  kitobi,  Badriddin  Kashmiriyning  «Ravzat  ur-rizvon 
va xadikat ul-gilmon» («Jannat bogi va changalzor maxramlari»), XVII-XIX asrlarda 
yozilgan  asarlardan  Muxammad  Kosimning  «Nasimot  ul-kuds»  («Kudsiylikning 
mayin  shabadasi»),  Muxammad  Avazning  «Ziyo  al-kulub»  («Kalblar  ziyosi»),  xoja 
Xoshim  Kishmiyning  «Zubdat  ul-makomot»  («Makomotlar  zubdasi»),  Sayid  Ali 
Zindaning  «Samarot  ul-mashoyix»  («Mashoyixlar  natijasi»),  Muxammad  Toxir  ibn 
Muxammad 
Tayyib 
Xorazmiyning 
«Silsilati 
xojagoni 
Nakshbandiya» 
(«Nakshbandiya xojalarining silsilasi») shular jumlasidandir. 
 «Ravzat  ur-rizvon  va  xadikat  ul-gilmon»  («Jannat  bogi  va  changalzor 
maxramlari»)  asari  Badriddin  Kashmiriy  kalamiga  mansub  bo`lib,  unda  XVI-XVII 
asrlarda  O`zbekistonda  va  ko`shni  mamlakatlar,  Xuroson,  Shimoliy  Xindiston  va 
Koshgarning  ijtimoiy-siyosiy  xayotida  katta  nufuzga  ega  bo`lgan  Juybor  xojalari, 
xususan  xoja  Muxammad  Islom  (1493-1563  yy.),  xoja  Sa`d  (1531/32-  1589  yy.)  va 
xoja  Tojiddin  Xasan  (1574-1646  yy.)larning  xayoti  va  faoliyati  xakida  xikoya 
kilinadi. Kitob XVII asrning birinchi yarmida yozib tamomlangan. 
Asar muallifining to`la nomi Badruddin ibn Abdussalom ibn sayyid Ibroxim al-
Xusayniy  al-Kashmiriydir.  Asar  mukaddimasida  o`zi  keltirgan    ma`lumotlarga 
karaganda, asli kashmirlik bo`lib, 1554 yili Buxoroyi sharifga ko`chib kelgan va xoja 
Muxammad  Islomning  shaxsiy  kotibi  sifatida  xizmatiga  kirgan.  Uning  vafotidan 
keyin  o`gillari  xoja  Sa`d  va  xoja  Tojiddin  Xasanlarning  xizmatida  (uning 
faoliyatining boshida) bo`lgan. 
Asar mazmuni, uslubi va unda turli mavzu bo`yicha to`plangan ma`oumotlardan 
ko`rinishicha, Badriddin Kashmiriy keng ma`lumotli, tarix, she`riyat, insho ilmlarini 
chukur egallagan kishi bo`lgan. U «Ravzat ar-rizvon»dan boshka «Sham`i dilafro`z» 
(«Dilni  ravshan  kiluvchi  chirog»,  1568/69  yili  yozilgan),  “Me`roj  ul-komilin” 
(“Komil  kishilarning  me`rojga  ko`tarilishi”,  1573/74  yili  yozib  tamomlangan), 
“Ravzat ul-jamol”  (“Go`zal  bog”, 1575/76  y.  yozib tamomlangan),  “Baxr  ul-avzon” 
(“Vaznlar  o`lchovi”,  1583  y.)  va  “Rasulnoma”  (1593  y.)  kabi  nazmiy  va  nasriy 
asarlar  yozib  koldirgan.  So`nggi  asarining  to`rtinchi  kismi  “Zafarnoma”  she`riy 
doston bo`lib, unda Shayboniy Abdullaxon soniyning tarixi bayon kilingan. 
“Ravzat ur-rizvon” – katta 552 varakdan iborat asar bo`lib, mukaddima, xotima 
va etti bobdan tashkil topgan. 
Mukaddimada xoja Muxammad Islomning avlod-ajdodi, xazrat eshonning xulk-
atvori, xorik odatlari va olijanob fazilatlari xakida ma`lumotlar keltiriladi, Badriddin 
Kashmiriyning  Buxoroga  ko`chib  kelish  sabablari,  mazkur  asarning  to`rt  yil  ichida 
yozib  tamomlanganligi  va  buning  evaziga  xazrat  eshondan  2.500  Abdullaxoniy 
kumush tanga va boshka in`omlar olgani xakida gap boradi. 
Birinchi  bobda  Movarounnaxrning  XVI  asrning  birinchi  yarmidagi  ijtimoiy-
siyosiy  xayoti,  1556  yili  Buxoroning  Abdullaxon  soniy  tarafidan  ishgol  etilishi, 
Abdullaxonning  galabalari  va  bunda  xoja  Muxammad  Islomning  ishtiroki  va  o`rni 
xakida  kimmatli,  ko`p  o`rinlarda  tarixiy  asarlarda  uchratish  kiyin  bo`lgan 
ma`lumotlar mavjud. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə