Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81

Asarning ikkinchi bobi o`ta kimmatli.  Unda  Shayboniy  sultonlar  –  Muxammad 
Amin  sulton,  Dinmuxammad  sulton,  Xisrav  sulton,  Abdukuddus  sultonlarning  xoja 
Muxammad  Islom  va  xoja  Sa`d  nomiga  yo`llagan  arznomalari  va  Buxoro, 
Samarkand,  Marv  va  Badaxshon  shoirlari  Mushfikiy,  Maxramiy,  Shuuriy,  Vosifiy, 
Sabriy  va  boshkalarning  xazrat  eshon  –  xoja  Muxammad  Islom  va  xoja  Sa`dlar 
sharafiga  bitgan  she`rlaridan  namunalar  keltirilgan.  Bu  erda  keltirilgan  arznomalar, 
shuningdek  xon  va  sultonlarning  farmonlari  asosan  uch  masala;  1)  Buxoro 
xonligining  XVI  asrdagi  ichki  axvoli,  ya`ni  markaziy  xukumat  bilan  ulus,  viloyat, 
o`lka  xokimlari  o`rtasidagi  munosabat,  2)xonliklarning  ijtimoiy-iktisodiy  axvoli,  3) 
Buxoro xonligi bilan Eron, Shimoliy Xindiston va Koshgar o`rtasidagi munosabatlari 
masalasiga  to`xtalingan.  Arznomalar  va  she`rlar  O`zbekistonning  XVI  asrdagi 
ijtimoiy-iktisodiy xayoti va madaniyatini o`rganishda katta axamiyatga ega. 
Asarning  uchinchi  va  to`rtinchi  boblarida  xoja  Muxammad  Islomning  XVI  asr 
60-yillari  boshidagi  xayoti  va  faoliyati  bilan  boglik  ma`lumotlar  keltiriladi, 
shuningdek,  Juybor  xojalarining  mamlakatning  ijtimoiy-iktisodiy  xayotidagi  ishlari 
xakidagi  ma`lumotlar  o`rin  olgan.  Bu  ma`lumotlarning  ko`pchiligi  xatto  shu 
masalalarni maxsus o`rgangan tadkikotchilarga xam ma`lum bo`lmasa kerak. 
“Ravzat  ur-rizvon”ning  beshinchi  bobi  xam  yozishmalarga  bagishlangan.  Bu 
bobda  Abdullaxonning  xoja  Muxammad  Islom  va  xoja  Sa`dga  yo`llagan  100  dan 
ortik maktubining nusxalari, Shayboniy sultonlar, yirik olimlar va viloyat xokimlari, 
shuningdek,  Xindiston,  Eron  va  Koshgar  xukmdorlarining  Juybor  xojalariga 
yo`llagan  maktublarining  nusxalari  keltirilgan.  Bular  orasida  xazrat  xojalarga  in`om 
etilgan  mulklar,  xazrat  eshonning  erlarini  obod  kilish  yumushiga  axolini  majburiy 
safarbar  kilish  va  dexkonlarni  erga  biriktirish  xakidagi  farmonlarning  nusxalari 
keltirilgan. 
Juyboriy  xojalarga  sher,  kasidalar,  masnaviylar,  ta`rixlar  bagishlagan  shoirlar 
Mexriy  Buxoriy,  Raximiy  Samarkandiy,  Masixo,  Foniy,  Xofiz  Xusayn,  Mexriy, 
Xofiz  Ibroxim  va  boshkalarga  asarning  oltinchi  bobi  bagishlangan.  Tarixda 
Abdullaxon  va  Juyboriy  shayxlar  kurdirgan  binolar  xakida  muxim  dalil  va 
ma`lumotlar keltirilgan.  
Asarning so`nggi, ettinchi bobida Buxoro xonligining xoja Sa`d va Abdullaxon 
davridagi  ijtimoiy-siyosiy  axvoli  xakida  muxim,  dikkat  e`tiborga  sazovor 
ma`lumotlar keltiriladi. 
“Ravzat ur-rizvon”ning yaxshi va yagona ko`lyozmasi O`zR FA Sharkshunoslik 
insititutining  xazinasida  2094  rakami  ostida  saklanmokda.  Asar  xali  biron  xorijiy 
tilgan tarjima kilinmagan. Uning to`grisida B.Axmedov va I.Saidaxmedov makolalari 
e`lon kilingan. 
«Jomi` ul-makomoti Maxdumi A`zam Kosoniy» («Maxdumi A`zam Kosoniy 
makomotlari majmu`i») asari Nakshbandiya tarikatining yirik namoyondalaridan biri 
xoja  Axmad  ibn  Mavlono  Jaloliddin  Kosoniy  (1461/62-1542  yy.)ning  xayoti  va 
faoliyatiga bagishlangan. 
Maxdumi  A`zam  Kosoniy  yirik  tarikat  etakchisi  bo`lishi  bilan  bir  katorda, 
sermaxsul  olim  edi.  U  axlok,  siyosat  va  iloxiyotga  oid  «Tanbex  us-salotin» 
(«Sultonlarga  nasixat»),  «Asror  ul-nikox»  («Nikox  sirlari»),  «Rsolayi  samo`iya» 
(«Darveshlar  uchun  ixtiro  etilgan  musikalar»),  «Risolayi  vujudiya»  («Chin  xakikat 
xakida risola»), «Odob us-solikin» («Darveshlar odobi xakida»), «Odob us-siddikin» 
(«Sodik  kishilar  odobi»),  «Ganjnoma»,  «Risolayi  bako`iya»  («Ko`z  yoshi  to`kib 


tavba  kilish  xakida  risola»),  «Nasixat  ul-solikin»  («So`fiylik  yo`lidan  boruvchilar 
uchun  nasixat»),  «Risolayi  zikr»  («Zikr  xakida  risola»),  «Risolayi  bayoni  silsila» 
(«Nakshbandiya tarikati boshliklari silsilasi»), «Risolayi chaxor kalima» («Abduxolik 
Gijduvoniy  aytgan  to`rt  kalima  xakida  risola»),  «Risolayi  botixiya»  («O`zini  narigi 
dunyodagi  xayotga  xozirlash  xakida  risola»),  «Mir`ot  us-safo»  («Poklik  ko`zgusi»), 
«Zubdat  us-solikin  va  tanbex  us-salotin»  («So`fiylik  yo`lidan  boruvchilar  uchun 
zubda va sultonlar uchun tanbex»), «Risolayi Boburiya» kabi 30ga yakin asar yozib 
koldirganlar. Maxdumi A`zam Kosoniyning ilmiy me`rosi ya`shi o`rganilmagan. 
Bu ulug zotning xayoti va faoliyatiga bagishlangan «Jomi` ul-makomot» asarini 
olimning  nabirasi  xoja  Abulbako  ibn  Baxouddin  yozgan.  Asar  Maxdumi  A`zam 
Kosoniyning  yakin  xalifalaridan  Ali  Axsikatiy,  mavlono  Do`st  saxxof,  mavlono 
Boboyi  xujrador,  Xofiz  Ibroxim  va  boshkalarning  bergan  ma`lumotlar«Jomi`  ul-
makomotiga asoslanib yozilgan. 
Asarda  keltirilgan  ba`zi  ma`lumotlarga  karaganda,  xoja  Abulbako  keng 
ma`lumotli  va  o`ziga  to`k  odam  bo`lib,  savdo-sotik  bilan  xam  mashgul  bo`lgan. 
Uning  karvonlari  Movarounnaxr  bilan  Balx,  Xindiston  va  Koshgar  o`rtasida  katnab 
turgan. O`zi Shayboniy Abdulazizxon (1540-1549 yy.)ning ko`lida mas`ul, xukmgar 
lavozimida  turgan.  Keyincha  Fargona  xukmdori  Muxammadshox  nomidan  Kozok 
sultoni  xuzuriga  elchi  bo`lib  borgan,  so`ng  1556  yili,  Abdullaxon  soniy  Buxoroni 
kamal  kilib  turganida  Buxoro  xokimi  Burxon  sulton  va  nomi  yukorida  zikr  etilgan, 
xoja Muxammad Islomning iltimoisi bilan uning o`rdasiga elchi bo`lib borgan va sulx 
tuzish xususida xon bilan muzokara olib borgan.  
«Jomi`  ul-makomot»  kiskacha  an`anaviy  so`z  boshi,  xotima  va  uch  bobdan 
iborat. 
Birinchi  bobda  Maxdumi  A`zam  Kosoniyning  Muxammad  paygambarga 
ulangan shajarasi va ulug bobolari xakida kiskacha ma`lumot keltirilgan. Ikkinchi va 
uchinchi  boblar  to`ligicha  Maxdumi  A`zam  Kosoniyning  xayoti,  faoliyati  va 
karomatlari xakida xikoya kiladi. 
Xotimada  xazrat  eshonning  xayoti  oxiri  va  uning  1542  yil  7  may  kuni  yuz 
bergan vafoti tafsiloti bayon etilgan. 
Asarda  kuyidagi  tarixiy  ma`lumotlar  o`rin  olgan.  XVI  asrning  birinchi  yarmi 
Shayboniy  sultonlarning  o`z  uluslarida  xukmronligini  to`la  o`rnatish  yo`lida  olib 
borgan kurashlari, masalan, Ko`chkinchixon, Jonibek sulton, Do`stmuxammad sulton 
va  Kepak  sultonlarning  Fargona  ustiga  yurishi,  Toshkent  xokimi  Navro`z  Axmad-
Barokxonning,  Samarkand  xokimi  Abdullatif  sulton  bilan  birgalikda  Buxoro  ustiga 
kilgan  yurishi,  Suyunchxojaxonning  Toshkentga  yurishi  va  Toshkentning  kamal 
kilinishi,  Suyunchxojaxon  bilan  Koshgar  xoni  Sulton  Saidxon  o`rtasida  Toshkent 
uchun bo`lgan kurash, yukorida nomi tilga olingan Sulton Saidxonning Axsi, Andijon 
va 
Koson 
ustiga 
kilgan 
xuruji, 
Suyunchxojaxon, 
Ko`chkinchixon 
va 
Ubaydullaxonning  Kogar  xoni  Sulton  Saidxon  bilan  olib  borgan  urushi  va  Sulton 
Saidzonning  Koshgardan  kochib  ketishi,  Toshkent  va  Karshi  Kosonda  XVI  asrning 
40-yillarida  bo`lib  o`tgan  xalk  ko`zgolonlari  xakida  ma`lumotlarni  bu  kitobda 
uchratamiz. 
Kitobdagi  ijtimoiy-iktisodiy  xayot  xakida  xam  muxim  ma`lumotlar  mavjud. 
Unda  Ko`xak  daryosining  ba`zi  yillari  to`lib-toshib  okishi,  ayrim  yillarda  satxi 
pasayishi,  yoki  o`zanining  o`zgarishi  okibatida  kurgokchilik  sodir  bo`lishi  va  uning 
tevarak-atrofidagi  kishloklarga  suv  chikmay  kolib,  axolining  iktisodiy  kiyinchiliklar 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə