Derektaniw uzb


Biografik    asarlar  xususiyatlari



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81

Biografik    asarlar  xususiyatlari.  O`zbekiston  tarixi  va  umuman  tarix  ilmini 
o`rganishda biografik asarlar, tazkiralar, mnokiblar va memuar asarlarning axamiyati 
nixoyatda  kattadir.  Ba`zan  maxsus  tarixiy  asarlarda  uchramaydigan  ma`lumotlar 
bioshgafik va memuar asarlarda uchraydi. Bu asarlar ma`lum darajada davr ijtimoiy-
siyosiy  xayotini  o`rganishda  muxim  axamiyat  kasb  etadi.  Shulardan  ba`zilarisha, 
misol tarikasida to`xtalib o`tamiz. 
«Tazkarat  ush-shuaro»  XV  asrning  ko`zga  ko`ringan  adabiyotshunos  olimi 
Davlatshox Samarkandiyning asaridir. Muallifning to`lik ismi sharifi Davlatshox ibn 
Alouddavla  Baxtishox  al-Goziy  as-Samarkandiy.  O`z  asarida  keltirilgan  ba`zi 
ma`lumotlarga  karaganda,  u  yirik  xarbiy  xizmatchi  va  davlat  arbobi  oilasidan 
chikkan.  Otasi  amir  Baxtishox  Shoxrux  sultonning  yakin  kishilari  va  e`tiborli 
xizmatkorlari  jumlasidan  bo`lib,  uning  ko`pgina  xarbiy  yurishlarida  katnashgan  va 
toju  taxt  soxibiga  sadokat  bilan  xizmat  kilib,  janglarda  kaxramonlik  namunalarini 
ko`rsatgan. Uning «al-Goziy» deb atalishi xam shundandir. 
Davlatshoxning  tugilgan  vakti  ma`lum  emas.  Lekin  buni  boshka  dalil  va 
ma`lumotlarga  tayanib,  taxminan  aniklasa  bo`ladi.  Davlatshoxning  o`zi  mazkur 
asarini  50  yoshga  kirganda  yoza  boshlaganini  aytadi.  Biz  bu  asarni  1487  yili  yozib 
tamomlanganligini bilamiz. Bu katta va muxim asarni yozish uchun kamida ikki-uch 
yil vakt sarflangan, albatta. Shunday taxmin kilinganda, Davlatshox 1435-1436 yillari 
tavallud topgan bo`lib chikadi. 
Davlatshox  Samarkandiy  yoshligida  durustgina  taxsil  ko`rdi,  o`sha  davrning  eng 
ko`zga  ko`ringan  olimlaridan,  masalan,  fakix  va  shoir  xoja  Fazlullox  Abulaysiydan 
xam  ta`lim  olgan.  Lekin  1480  yillarga  kadar  ilmiy  yoki  adabiy  faroiyat  bilan 
shugullanmagan,  balki  saroy  xizmati  va  xarbiy  yurishlarga  jalb  kilingan.  Shoxrux 
Mirzo  va  Sulton  Xusayn  mirzoning  ko`pgina  xarbiy  .rishlarida  ishtirok  etgan.  U 
so`nggi  marta  Sulton  Xusayn  bilan  Temuriy  Sulton  Maxmud  mirzo  (Abu  Saidning 
ikkinchi  o`gli,  Xisori  shodmon  va  Badaxshon  xokimi)  o`rtasida  Chamonsaroyda 
(Afgonistonning  Andxuy  viloyatida  joylashgan  manzil)    bo`lgan  urushda  ishtirok 
etgan. Bu urush Xondamirning ma`lumotlariga karaganda, 1471 yilda sodir bo`lgan. 
Davlatshox Samarkandiy 60 yilga yakin umr ko`rib, 1495 yili vafot etgan. 
Davlatshox  Samarkandiy  o`zining  «Tazkirat  ush-shuaro»  asarini  yozishda  juda  ko`p 
manbalardan, o`zidan avval yozilgan tazkiralardan, masalan Abu Toxir Xotuniyning 
«Manokib  ush-shuaro»,  Avfiyning  «Lubob  ul-albob»  kitoblaridan,  ko`pgina  tarixiy 
va  geografik  asarlardan,  xususan,  Istaxriyning  «Kitob  masolik  ul-mamolik», 
Gardiziyning  «Zayn  ul-axbor»,  Abulfazl  Bayxakiyning  «Tarixi  Oli  Sabuktakin»  va 
boshkalardan,  shuningdek,  tazkirada  nomlari  kayd  etilgan  shoir  va  adiblarning 
asarlaridan keng foydalangan. 
«Tazkirat  ush-shuaro»  asarida  VII-XV  asrlarda  Eron  va  O`zbekistonda  yashab  ijod 
etgan 155 shoir xakida kiskacha, lekin nixoyatda kimmatli ma`lumotlar keltirilgan. U 
mukaddima, xotima va etti kism (tabaka)dan iborat. 
Mukaddimada  asarning  yozilish  sabablari,  VII-X  asrning  birinchi  yarmida  o`tgan 
arabiynavis shoirlardan 10 nafari xakida ma`lumot berilgan. 
Birinchi  va  ikkinchi  kism  X-XI  asrda  Eron  va  asosan  O`zbekistonda  yashab,  ijod 
etgan 40 yirik shoirning kiskacha tarjimai xoli va ijodiga bagishlangan. 
Uchinchi-beshinchi  tabakalarda  Xorazmshoxlar  –  Anushteginiylar  (1077-1231  yy.), 
Elxoniylar  (1256-1353  yy.)  va  Muzaffariylar  (1314-1393  yy.)  zamonida  o`tgan  54 
shoir xakida ma`lumotlar keltirilgan. 


So`nggi  ikki  tabakada  Amir  Temur  va  Temuriylar  zamonida  o`tgan  41  shoir  xakida 
ma`lumotlar keltirilgan. 
Xotimada  XV  asrning  ikkinchi  yarmida  o`tgan  va  tazkira  muallifi  bilan  zamondosh 
bo`lgan  yirik  goir  va  adiblar,  Abduraxmon  Jomiy,  Alisher  Navoiy,  shayx  Axmad 
Suxayliy, xoja Afzaluddin Maxmud Kirmoniy, xoja Shixobuddin Abdulla Marvaroid 
xamda xoja Asafiy xakida xikoya kilinadi. 
Tazkirada  tilga  olinganlar  orasida  Abu  Abdulla  Rudakiy  (taxm.860-941  yy.),  fors 
tilidagi «Kavsnoma» nomli lugat muallifi Katron ibn Mansur (taxm.1010-1073 yy.), 
xorazmlik mashxur shoir va adabiyotshunos, she`riyat ilmiga oid «Xadoyik as-sexr» 
(«Sexr boglari») nomli kitobi bilan dong chikargan Rashiduddin Votvot (taxm.1087-
1182  yy.),  asli  shaxrisabzlik  bo`lib,  Xindistonda  kun  kechirgan  va  boy  ijodi  bilan 
dong taratgan buyuk shoir, olim va musikashunos Xusrav Dexlaviy (1253-1325 yy.), 
yirik  tarixchi  Sharayuddin  Ali  Yazdiy,  shoir  va  kissaxon  Orif  Ozariy  va  boshkalar 
bor. 
«Muzakkiri axbob» («Axboblar (ya`ni do`stlar) zikrida» nomli tazkira muallifi 
xoja Baxouddin Xasan Nisoriy (vafoti 1596-1597 yy.), XVI asrda o`tgan yirik shoir 
va  olimdir.  U  asli  buxorolik,  mashxur  shoir  Podshoxxoja  (1450-vafot  etgan  yili 
noma`lum)  oilasiga  mansub.  Xoja  Baxouddin  Xasan  shoirlik  bilan  bir  katorda, 
tibbiyot,  tafsir,  xandasa,  falakiyot,  musika  va  xattotlikni  eshallangan.  So`gd  xokimi 
bo`lib turgan  Shayboniy  Rustam  Sultonning sadri bo`lib xizmat  kilgan,  1526  yildan 
keyin Balxda Kamoluddin ko`nok madrasasida xandasadan dars bergan. 
Xoja  Baxouddin  Xasan  o`zining  «Muzakkiri  axbob»  nomli  asari  (1566-1567 
yilda  yozilgan)  bilan  shuxrat  topgan.  Asar  Juyboriy  xojalardan  xoja  Muxammad 
Islom  (1493-1563  yy.)ga  bagishlangan  va  XVI  asrning  birinchi  yarmida  Buxoroda 
o`tgan 261 turkiyzabon shoirlar xakida kiskacha ma`lumot keltirgan. 
«Muzakkiri axbob» kiska so`zboshi, mukaddima, to`rt bob va xotimadan iborat. 
So`z  boshida  mazkur  asar  muallifi  oldiga  ko`yilgan  vazifa,  uning  mazmuni 
xakida  ma`lumotlar  keltiriladi.  Unda  aytilishicha,  olim  o`z  asarini  Alisher 
Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasining davomi sifatida yozgan. 
Mukaddima  kismida  she`riyatda  kalam  tebratgan  Shayboniy  sultonlar; 
Shayboniyxon,  Ubaydullaxon,  Abdullatif  Sulton,  Rustam  Sulton,  Abdulazizxon, 
Sulton Sa`id Sulton, Juvonmard Alixon, Do`stmuxammad Sulton, Abulgozi Sulton va 
Boburiylardan  Xumoyun,  Akbar,  Komron  Mirzo,  Mirzo  Askariy,  Xindol,  Xon 
Mirzalar  xakida  kiskacha  ma`lumot  va  she`rlaridan  namunalar  keltirilgan.  Asarda 
Shayyuoniyxonning  1487-1488  yillari  Buxoroda  kechgan  xayoti  xakida  keltirilgan 
ma`lumotlar benixoyat kimmatlidir.  
Aytilishicha,  Shayboniyxon  Buxoroga  Temuriyzoda  Sulton  Axmad  Mirzo 
(1469-1494  yy.)  va  Buxoro  xokimi  amir  Abduali  tarxonning  taklifi  bilan  kelgan. 
Shayboniyxon  bir  yil  ichida  Buxoroning  Omonkent  kishlogida  istikomat  kilgan  va 
xoja  Baxouddin  Nakshbandning  nabirasi  xoja  MirMuxammad  Nakshband  o`sha 
vaktda  bobosining  Kasri  orifondagi  mozorida  mutavalliy  bo`lib  xizmat  kilar  edi. 
Shayboniyxon undan nakshbandiylik ta`limotini o`rgandi. Piri Shayboniyxonga yakin 
orada ulug martabaga erishishini karomat kilgan. Tazkiranavis, «ko`p vakt o`tmay, 12 
yildan  keyin,  Shayboniyxon  Turkistondan  to  Domgongacha  cho`zilgan  katta 
mamlakatga ega bo`ldi», degan. Undan tashkari, mukaddimada shayboniyzodalardan 
Rustam  Sulton,  Abdulazizxon  va  Juvonmard  Alixonlarning  shaxsiy  xayoti  xakida 
xam kimmatli ma`lumotlar kedtiriladi. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə