Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81

kurdirilgan.  Undan  keyin  shaxid  etilgan  Abdulmo``minxon  shaxarning  garbiy  va 
janubiy taraflardagi devorni ta`mirlatgan. Uning uzunligi 20 mign kadam. 
Shaxar  ikki  kismdan;  tashki  shaxar  (shaxri  birun)  va  ichkm  shaxar  (shaxri 
darun)dan iborat. 
Ichki shaxar arkdan iborat. Ark shaxarga asos solingandan beri ulug podshoxlar 
va  kudratli  xonlarga  makon  bo`lib  xizmat  kilgan...Xozirgi  kunlarda  xam  shunday. 
Balx  shaxri  Mexrobi  sangin  deb  ataluvchi  bir  masjid  bor.  Ushbu  rivoyatni 
aytuvchining xikoya kilishicha, shaxarga mo``minlar xukmdori xazrat Alining (xudo 
undan  rozi  bo`lsin),  maktubini  olib  kelganlarida,  uni  balandrok  bir  joydan  ovoza 
kilmokchi bo`ldilar, toki uning mazmunidan xamma yuaxtiyor bo`lsin. Baxtga karshi 
shu  payt  kattik  shamol  turib,  maktubni  uchirib  ketdi.  Bir  payt  mo``minlar  Makkani 
ziyorat  etib  yurganlarida  bir  (sexrli)  tosh  va  undagi  yozuvga  ko`zlari  tushgan. 
Yozuvja  (xazrat  Alining)  o`sha  maktubi  bitilgan  ekan.  (Shu  sabadan)  toshni 
mukaddas xisoblab, (Balxga) olib kelganlar va o`sha masjidning mexrobiga o`rnatgan 
ekanlar.  Boshka  bir  rivoyatda  bunday  gap  bor;  toshni  olib  kelganlaridan  keyin  uni 
uch  kismga  bo`lganlar  va  bir  bo`lagini  o`sha  masjidda  (Muxrobi  sanginda) 
koldirganlar,  yana  bir  parchasini  tashki  shaxarning  (shaxri  birunning)  janubiy 
tarafida,  shaxardan  bir  milya  narida  joylashgan  Masjidi  xoja  No`x  gunbadon 
masjidiga olib borib o`rnatganlar. 
Ma`lumki,  No`x  gunbadon  nur  taratuvchi  manzil  bo`lib,  Ka`b  al-axbor 
xazratlarining,  undan  xulo  rozi  bo`lsin,  eikr  etilgan  mozorda  yuino  kilingan.  No`x 
gunbadon masjidi go`zal va mustaxkam bir binodir. Aytishlaricha, Chingizxon xuruji 
paytida  Balxob  daryosini  shaxarga  burib  yuborganlar.  Ushanda  masjid  olti  oy  suv 
ostida  kolib  ketgan.  Lekin  uning  koldiklari  xali  xanuz  saklanib  kolgan.  Zikr  etilgan 
toshning uchinchi kismini shaxarning kun chikish tarafida, undan ikki farsang narida 
joydashgan  Xoja  Xayron  kishlogida  bino  etilayotgan  masjidning  mexrobiga 
o`rnatdilar.  Kishlokning  kun  chikish  tarafida,  undan  100  zira`  masofada  mo`minlar 
amiri Ali ibn Abu Tolibning kabri topilgan. Va xak yo`lga tushib olganlar namunasi 
janob  mavlono  Binoiyki,  ma`lumotli  va  binokorlik  ilmida  tengi  yo`k  kishi  edi, 
avvalgi binokorlarning xarakati  bexuda ketgan va  bino bo`sh  kurilgan  deb  xisoblab, 
xijriy  886  yili,  padari  buzrukvori  bilan  birgalikda  o`sha  mukaddas  mozorda  pishik 
gishtdan  baland  bir  bino  kurdi.  Lekin,  o`sha  bino,  kurilganiga  170  yil  o`tganiga 
karamay, uning biror joyi buzilmagan. (Allox tarafidan) magfiratli kilingan marxum 
Vali  Muxammadxon  (1601  yili)  Balxga  xukmdor  etib  tayinlangandan  keyin 
balandligi taxminan 30 zira`, aylanasi bir jarib bo`lgan bir oliy bino kudirdi va uning 
(tevarak-atrofini)  obod  kildi.  Atrofida  (go`zallikda)  Chmn  sanami  bilan  bellasha 
oladigan  bir  chorbog  va  uning  ichida  18  ta  chamanzor  kurdirdi.  O`sha  chorbogning 
shimoliy tarafida jannat bulogiga o`xshagan bir xovuz xam kurdirdi. 
Balxning  tashki  shaxarida  (shaxri  birunda)  va  valiylar  kutbi  xoja  Abu  Nasr 
Porsoning  obod  mozori  bor.  Bu  mozorning  aylanasi  taxminan  15  jarib.  Ushbu 
mukaddas  makbaraning  kun  botish  tarafida  ikkita  katta  masjid  bor.  Xar  chorshanba 
kuni,  peshin  namozidan  keyin,  o`sha  saodatli  makbara  tevaragida  donishmand 
kishilar, ulamo va shuaro ibodat uchun yigilishadi. Sufiylar bosh egib, yarim oxangda 
(bir birlari bilan) suxbatlashadilar, ulamolar baxslashadilar, shuaro mushoira va xazil-
mutoyibaga bel boglaydi. Suxbat shu zaylda kechgacha davom etadi. 


Va  yana  o`sha  tashkari  shaxarda  (shaxri  birunda)  shayx  Shakiki  Balxiy 
xazratlarining, shuningdek jabrlangan xoja Isxok va boshka valiylarning makbaralari 
joylashgan. 
Va yana shaxarning kunbotar tarafida Sulton Ibroximning to`ngich o`gli Adxam 
Sokaning  nurga  cho`mgan  makbarasi  joylashgan.  Shu  kunlarda  bu  makbara  Xoja 
rushnoyi nomi bilan mashxur. 
Va  yana  mazkur  shaxarning  janub  tarafida  xoja  Sulton  Axmad  Xazraviya 
janoblari  va  ul  kishining  yosdikdoshi  Bibi  Fotimaning  ma`kullangan  makbaralari 
joylashgan. 
Va  yana  shaxarning  kunchikar  tarafida  xoja  Ukkosha  janoblarining  makbul 
makbarasi joylashgan.  
Kubodiyon.  Movarounnaxrning  katta  kishloklaridan,  to`rtinchi  iklimga  kiradi. 
Kaykubod  ibn  Iroj  asos  solgan.  Aytishlaricha,  Zol  o`gli  Rustam  Kaykubodnio`sha 
erdan  Eronga  olib  kelib  taxtga  o`tkizgan.  Bu  viloyat  kadimda  Kubodobod  deb 
atalgan. Keyincha Kubodiyon nomi bilan shuxrat topgan. Xozirgi paytda oliy xazrat, 
Alloxning  erdagi  soyasi  Nadr  Muxammadning  adlu  exsoni  tufayli  u  kadar  obod 
bo`ldiki,  xar  kimning  u  viloyatdan  o`tadigan  bo`lsa  elkasi  devor  va  daraxtlarning 
soyasiostida bo`ladi. Ob-xavosi yumshok. U erda turli navdagi shirin-shakar mevalar 
ko`p  etishtiriladi.  Xususan,  anori  ko`p  mashxur.  U  viloyatda  kovun  va  uxum  sotish 
odati  yo`k.  Ularni  bir  xarvardan  kam  bo`lsa  pulga  sotmaydilar  va  sotib  olmaydilar, 
balkim xarkim istiganicha olishi mumkin.Egalari bunga monelik kilmaydilar. 
Xalki  mexribon  va  mexmondo`st.  Mexmon  uchun  aloxida  xona  tutadilar. 
Odamlari o`kishga ixlosmand, aksariy kishloklarda madrasa va mudarris bor». 
“Ajoyib  at-tabakot”  asarida  Toshkent,  Andijon,  Fargona,  Samarkand  va 
O`zbekistonning  boshka  shaxarlari  xakida  xam  mana  shunday  ma`lumotlarni 
uchratamiz. 
Mazkur  asarning  yana  bir  muxim  tarafi  shundaki,  unda  kimmatbaxo  toshlar  va 
metall va ularning konlari xakida xam e`tiborga molik ma`lumotlar bor. 
Shuni  xam  aloxida  ta`kidlab  o`tish  lozimki,  mazkur  asarda  Abu  Rayxon 
Beruniyning  “Javoxinoma”  asarining  bizning  zamonamizgacha  etib  kelmagan 
nusxalarida  tushib  kolgan  parchalar  uchraydi.  Bu  parchalar  buyuk  olimning  mazkur 
yirik asarini kaytadan nashr kilishda juda zarurdir. 
“Dili  garoyib”  o`zbek  tilidagi  geo-kosmografik  xildagi,  ko`p  jixatdan 
umumlashtirma  asar  bo`lib,  1831-1832  yili  xivalik  olim  Xudoyberdi  ibn 
Ko`shmuxammad  tarafidan  Raxmonkuli  inokning  topshirigi  bilan  yozilgan.  Muallif 
o`zini bir joyda So`fizoda deb ataydi. Shunga karaganda, otasi Ko`shmuxammad ibn 
Niyozmuxammad  Xiva  masjidlarining  birida  so`filik  kilgan  va  Kubroviya  tarikatiga 
mansub bo`lgan.  
Xudoyberdi ibn Ko`shmuxammad keng ma`lumotli, arab va fors tillarini yaxshi 
bilgan  kishi  bo`lib,  asosan  tarjimonlik  bilan  shugullangan.  U  asosan  tarixiy  va 
geografik  asarlarni  o`zbek  tiliga  tarjima  kilish  bilan  shugullangan.  Masalan,  u 
Shermuxammad  Munisning  topshirigi  bilan  Sharafuddin  Ali  Yazdiyning 
“Zafarnoma”  asarini  1823-1826  yillari  forschadan  o`zbek  tiliga  kiskartirib  tarjima 
kilgan. 
“Dili garoyib” umumlashtirma asar, ya`ni Maxmud ibn Valining “Baxr ul-asror” 
va  mavlono  Muxammad  Toxirning  “Ajoyib  ut-tabokot”  asarlariga  taklid  kilib 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə