Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81

yozilgan  va  unda  anik  ma`lumotlar  kam  uchraydi.  Undagi  Xorazm  va  uning 
shaxarlari xakidagi ma`lumotlar kimmatlidir. Misol tarikasida ba`zilarini keltiramiz; 
Xorazm  mamlakati.  U  katta  mamlakat.  Bir  tarafdan  Sayxun  daryosi  bilan, 
ikkinchi  tarafdan  xozirgi  paytda  Bakirton  nomi  bilan  mashxur  bo`lgan  Ok  ko`rgon 
bilan,  uchinchi  tarafdan  cho`l  bilan  va  to`rtinchi  tarafdan  bir  xamonlar  Faridun 
tarafidan kazdirilgan naxrning shimoliy tarafida joylashgan O`nguz otli manzil bilan 
tutash.  Xorazmning  yana  bir  tarafida  Saroy  sulton  joylashgan.  Bu  xadlar  orasida 
katta-kichik  kal`alar  va  kentlar  joydashgan.  Xorazmning  janubiy  tarafida  Kizilkum 
bo`lib, unda saksovul o`sadi. 
Kadimda Xorazmning o`n to`rt darvozali shaxarlari ko`p bo`lgan. Shulardan biri 
Jurjoniya, ikkinchisi Utganch bo`lgan. 
Jurjoniya. Jurjoniyaga suv Sirdaryodan olib kelingan. Bu shaxarning joylashgan 
o`rnini  kuyidagicha  belgilaganlar.  Uning  kunchikish  tarafida  Baglon  va  shimol 
tarafida Okcha dengizi, kunbotishida Gurlan, janub tarafida Kot joylashgan. Ularning 
(Gurganjning)  xarobalikka  yuz  tutishi,  aytishlaricha,  suv  bo`lmay  kolishi  sabadan 
bo`lgan. Sirdaryodan kelib turgan suv ziroatiga etmay kolgan. Shu sababli uch kirni 
oshib  naxr  kazdirib  Amudaryoning  suvini  burib  olib  kelganlar.  Amu  Gurganjni  suv 
bilan ta`minlab, Unkuzning janubidan Urganjga karab okar va janub bo`ylab okishni 
davom  ettirib  va  janubiy-sharkiy  tarafdan  Abulxon  toglarni  aylanib  o`tib, 
O`girchagacha etgan va so`ng Mozandaron dengiziga  borib kuyilgan. 
Jurjoniyaning  tevarak-atrofi  maxkam  kilib  mustaxkamlangan  joylar,  ekinzorlar 
va  boglar  bo`lgan.  Vakt  o`tishi  bilan  Jurjoniya  kal`si  suv  ostida  koldi  va  shaxar 
xarobalikka  yuz  tutdi.  Aytishlaricha,  undan  fakat  bitta  minora  kolgan,  keyincha  uni 
Boynazar  so`fi  ismlik  bir  avliyo  buzdirib  tashlatib,  o`rniga  masjid  kurdirgan.  Bu 
masjid  xozir  xam  o`z  o`rnida  turibdi.  Yazir  alayxissalom  va  Yumalok  avliyo 
kabrio`sha  erda.  Saksondan  oshgan  va  bularning  xammasini  ko`rgan  yoki 
(kimdandir)  eshitgan  keksalarning  so`zlariga  karaganda,  minorani  buzayotganlarida 
unda  bir  yozuvga  ko`zlari  tushgan.  Yozuvdan  ma`lum  bo`lishicha,  mazkur  minora 
shu  joydagi  jum`a  masjidining kichik  minorasi bo`lgan,  tevarak-atrofdagi  odamlarni 
namozga  chorlovchi  minoraning  balandligi  100  karidan  kam  bo`lmagan.  Bu  erda 
“Kur`on”  tilovat  kiluvchi  kori,  imom,  muazzin  (so`fi)  va  farroshning  maoshi  xar 
biriga 300 okchadan belgilangan. Masjid yonida madrasa, bozor va karvonsaroy xam 
bo`lib, ularning barchasi suv ostida kolgan. 
Xorazmning  yana  bir  shaxri  Gurganj  bo`lib,  Chingizxon  tarafidan  vayron 
etilgan.  Ushbu  zolim  kelganga  kadar  uning  12  jum`a  masjidi  bo`lib,  ...ularning  xar 
biri  uch  tanobdan  maydonni  egallagan  edi.  Uning  tevaragida  daraxtlar  ichida 
cho`mgan  (obod)  namozgoxlar  bo`lib,  ularning  xar  biriga  (namoz  kunlari)  uch-to`rt 
lak xalk to`planar edi. Ularning xar birida 1000 dan olam xizmat kilgan. 
Shaxar  axolisining  katta  kismini  Ya`kub  paygambarning  ...avlodlari  tashkil 
kiladi.  Uning  o`gli  Shamunning  mukaddas  mozori  xozirda  Xoja  eli  (Xojaydi)  deb 
atalmish Mizdaxkandadir. 
Shu  kunlarda  Urganch  vayronagarchilikka  yuz  tutgan,  jabr  etgan  shayx 
Najmiddin Kubro va Xoja Ali Azizon janoblarining makbaralari Gurganchdadir. 
Xorazmning  yana  bir  shaxari  Ramldir.  Unga  (kadimgi  Eron  podshoxlaridan) 
Som ibn Narimon asos solgan...Uni otasining kemasiga o`xshatib kurdirgan. Xozirda 
Xivak  nomi  bilan  ma`lum.  Aytishlaricha,  bu  so`zda  (“Raml”  so`zida  Paxlavon 
Maxmud  xazratlari  vafot  etgan  yili  tarixi  yashiringan.  Shu  bois  bu  tarixni  shaxarga 


nom  bo`lib  kolgan...Va  yana  aytadilarki,  Xivak  ko`p  bor  vayron  kilingan  va  kayta 
tiklangan.  U  a`lo  xazratlari  xonning  (Alloxkuli`onning)  otasi  (Allox  tarafidan 
magfirat  kilingan  Abulgozi  Muxammad  Raximxon  va  uning  ogasi  marxum  Kutlug 
Murod  inok  tarafidan  obod  kilingan.  Ularning  sa`y-xarakati  bilan  shaxarda  oliy 
madrasa  bino  kilingan.  Bunga  nomi  yukorida  zikr  etilgan  inokning  katta 
xizmatkorlaridan  biri  Sher  devonbegi  va  vaziri  a`zam  Muxammad  Rizo 
devonbegilarning  xissalari  katta  bo`lgan.  Jannatmakon  xonning  amri  bilan  yana  bir 
karvonsaroy,  tim  va  ularning  o`rtasida  (yana  bir)  katta  madrasa  kurildi.  (Xivak) 
kal`asida  sayyid  Alouddin  Xivakiy  va  uch  yuz  mashxur  shayx  dafn  etilgan.  Shaxar 
tashkarisida shayx Abulvafo Xorazmiy janobalri, yonida esa mingdan lrtik avliyolar 
dafn etilgan. 
    
Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar. 
1. Geografik asarlar deganda nimani tushunasizW  
2. Qanday geografik asarlarni bilasizW 
3. Kosmografik asarlar deganda nimani tushunasizW  
4. Qanday kosmografik asarlarni bilasizW  
5. Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar qanday xususiyatlarga egaW 
6. Geografiyaga oid asarlarda qanday tarixiy ma`lumotlar uchraydiW
 
 
 
14-mavzu. O`zbek xalkining shakllanishiga oid manbalar. 
 
Reja. 
 
1. O`zbek xalkini shakllanishiga oid manbalar umumiy xususiyatlari.  
2. Manbalar tavsifi.  
 
Asosiy tushunchalar: biografiya, muallif, tarjimai xol.  
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 
3.  T.S.Saidkulov.  O`rta  Osiyo  xalklari  tarixining  tarixnavisligidan  lavxalar.-T., 
“O`kituvchi”. 1993.  
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.  
5.  Rukopisnaya  kniga  v  kul`turax  narodov  Vostoka.  Kniga  pervaya.-Moskva: 
‘’Nauka’’. 1987. 
 
 
O`zbek xalkining shakllanishiga oid manbalar umumiy xususiyatlari 
O`zbek  xalkining  shakllanish  masalasi  yaxshi  o`rganilmagan,  echimini 
topmagan  ilmiy  muammolardan  biri.  Masalani  bir  manba  bilan,  bir  tadkikotchi,  u 
garcha  fan  mirishkori  bo`lganda  xam,  echib  berolmaydi.  Buning  uchun  uzok 
o`tmishdan  kolgan  va  turli  tillarda,  kadimgi  eron,  yunon,  rim,  xitoy,  arab,  fors  va 
turkiy  tillarda  yozilgan  ko`lyozma  va  toshga,  yogochga,  sopolga  va  boshka 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə