Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81

bilan  Movarounnaxrning  barcha  viloyatlari,  Koshgar  va  boshka  mamlakatlarga 
yuborgan fatxnomalari bor. 
Mazkur  asarda  Toshkent  xoni  Navro`z  Axmadxon-Barokxon  tarafidan  berilgan 
bir xujjat, yorlig dikkatga sazovordir. Xujjatda mazkur xonning Sayyid Shamsuddin 
Muxammad  Kurtiy  sadrga  viloyatda,  Toshkent  viloyatidagi  barcha  konlar  suyurgol 
kilib berilgani aytilgan. Va yana nomi tilga olingan sadrga ushbu viloyatda yangidan 
o`zlashtirilgan barcha erlar mulk sifatida in`om kilib berilgani aytilgan. 
Xukukiy  xujjatlar,  yorliklar  “Ravzat  ar-rizvon”  kitobida  xam  bor.  Ulardan 
ba`zilarini kaydga olib o`tamiz. 
1)  Abulgoziy  Abdulla  Baxodirxonning  1579  yilgi  farmoni.  Unda  Xisor,  Dexi 
nav - Denov, Kubodiyon va shaxri safoning xokimlari-arbobon va kalontaronga xoja 
Sa`dga  tegishli  erlarni  sugorish  uchun  Vaxshdan  chikarilayotgan  arikni  kazish 
ishlariga 10 ming ishchi, markidor yuborish majburiyati yuklatilgan. 
2)  Mazkur  xonning  juyboriy  xojalaridan  xoja  Sa`dga  Toshkent  yakinidagi  Zax 
arikni tortik kilingani xakidagi 1583 yilgi farmoni. 
3)    Toshkent  xokimi  Abdulkuddus  Sultonning  Zax  arik  atrofidagi  erlarni  xoja 
Sa`dga suyurgol kilib berilgani xakidagi va o`sha erlarni barcha solik va jarimalardan 
ozod  kilingani,  uning  erlarida  ishlash  uchun  ishchi,  koranda  yuborish  xakidagi 
farmoni.      
4)  Abulgoziy  Abdulla  Baxodirxonning  xazrat  xoja  Sa`dning  Marvi  shoxijaxon 
viloyatidagi  barcha  er-suvi  va  boshka  mulkini  uning  fakat  bir  o`ziga  tegishli 
ekanligini  va  uni  molu  jixot,  mukarrariy,  tarx,  sabon  va  boshka  soliklardan  ozod 
etilganligi xakidagi 1578 yil avgustdagi farmoni. 
5)  Abulgoziy  Abdulla  Baxodirxon  tarafidan  mulla  Muxammadbiy  nomiga 
berilgan 1585 yil aprel oyidagi yorlig. Unda Xisor viloyatining xokimlari unga xoja 
Sa`dning  mazkur  viloyatdagi  erlarni  sugorish  uchun  Vaxsh  daryosidan 
chikarilayotgan  naxrni  kazish  ishiga  10  ming  ishchi,  mardikor  to`plab  berishlari  va 
nomi  zikr  etilgan  amirning  barcha  ko`rsatmalarini  so`zsiz  bajarishlari  zarurligi 
aytilgan. 
6)  Abulgoziy  Abdulla  Baxodirxonning  xoja  Kalonga,  xoja  Sa`dga  Yazd  va 
Isfaxon viloyatlaridan er-suv in`om kilish-darubast xakidagi 1588 yil oktyabr-noyabr 
oyidagi farmoni. 
7)  Abulgoziy  Abdulla  Baxodirxonning xoja  Sa`dning  suyurgol  erlarini  o`gillari 
xoja  Tojiddin  bilan  xoja  Abduraxim  o`rtasida  taksimlash  va  bu  erlarni  solik  va 
jarimalardan ozod kilish to`grisidagi 1590 yil yanvar-fevral oylaridagi farmoni. 
8)  Abulgoziy  Abdulla  Baxodirxonning  xoja  Tojuddin  Xasanning  Marv 
viloyatidagi  er-suvini  barcha  solik  va  jarimalardan  ozod  kilish  to`grisidagi  1590  yil 
fevral-mart oylaridagi farmoni. 
Yurtimiz  tarixiga  oid  xujjatlarni  o`rganish  va  ilmiy  tadkikotlarga  tadbik  etish 
xali  talab  darajasida  emas.  Bu  ishni  kuchaytirish  lozim,  chunki  bularsiz  tarixni, 
ayniksa  uning  ijtimoiy-iktisodiy  muammolarini  o`rganib  bo`lmaydi.  Bizning 
fikrimizcha,  eng avvalo, ularni ilmiy tavsiflab, kataloglarini nashr kilish zarur. 
Mo`gul  va  xitoy  tillarida  yozilgan  manbalarda  O`zbekistonning  XIII-XIV 
asrlardagi  tarixiga  oid  ma`lumotlar  uchraydi.  Ayniksa,  Chingizxon  va  mo`gullar 
xuruji  davri  tarixi,  mo`gul  imperatorlari  xukmronligi  davri  tarixini  bu  manbalarsiz 
o`rganib  bo`lmaydi.  Shuni  aloxida  uktirib  o`tish  kerakki,  bu  manbalarda,  xususan 


xitoy  manbalarida,  vokealar  birinchidan  yilma-yil  bayon  etilgan,  ikkinchidan, 
ularning sodir bo`lgan joyi va vakti anik ko`rsatilgan. 
“Mongol-un  niucha  tobchan”  (“Mo`gullarning  maxfiy  tarixi”)  X111  asr 
boshida  o`rta  asr  uygur  imlosida  yozilgan  va  bizgacha  xitoy  imlosi,  ierografida 
xitoycha  tarjimasi  bilan  etib  kelgan.  Asarning  xitoycha  nomi  “Yuan`-chao  bi  shi” 
(“Yuan` sulolasining maxfiy tarixi”) deb ataladi. Unda Xitoy, Mo`guliston, Markaziy 
Osiyo  va  O`zbekistonning  XIII  asrdagi  tarixi  bo`yicha  muxim  manba  xisoblanadi. 
Unda nayman, kerait, o`ngut, uygur, korlik va boshka turkiy xalklarning Chingizxon 
xuruji  paytidagi  tarixi  va  ularning  mo`gul  asoratiga  tushib  kolishi  xakida  kimmatli 
ma`lumotlarni uchratamiz. 
“Mongol-un  niucha  tobchan”  xitoy  tiliga  1404  yili  tarjima  kilingan.  1800  yili 
istefodaga kiritilgan. Asar 1866 yili P.Kafarov tarafidan rus tiliga tarjima kilingan va 
so`z  boshi,  xitoycha  matni  va  lugatlar  bilan  ko`shib,  1941  yili  S.A.Kozin  tarafidan 
“Sokrovennoe  skazanie”  nomi  bilan  chop  etilgan.  Asarning  E.Xyonning  tarafidan 
amalga oshirilgan nemischa nashri mavjud. 
“Tszin-shi”  (“Tszin  sulolasining  tarixi”)  nomli  asar  so`nggi  yuan`  imperatori 
Shindi  (To`gon  Temur)  davrida,  xitoy  olimi  va  yozuvchisi  Ouyan  Sian`  tarafidan 
yozilgan. Unga mo`gul imperatorlari davrida yozilgan va keyincha yo`kolgan “Shilu” 
(“Saxix yozuvlar”) nomli solnomasi asos bo`lgan. 
“Tszin-shi”  to`rt  kismdan  iborat:  1)Tszin  sulolosining  siyosiy  tarixi;  2)  Tszin 
davlatining  ma`muriy,  xarbiy,  xukukiy,  moliyaviy,  iktisodiy,  ma`naviy  va  ilmiy 
tizimlari; 3) Tszin imperatorlari; 4) imperatorlar va ularning oilalari, davlat arboblari, 
sarkardalari va madaniy arboblarining tarjimai xoli. 
Asarning to`rtinchi kismida o`sha vaktlarda Markaziy Osiyoda istikomat kilgan 
turkiy  xalklar,  uygurlar,  o`ngitlar  va  boshkalar,  ular  bilan  olib  borilgan  elchilik 
munosabatlari, ularning boshliklarini xarbiy xizmatga jalb kilish xakida ma`lumotlar 
bor. 
“Yuan`-chao min-chen` shi-lyue” (“Yuan` sulolasi mashxur mansabdorlarining 
kiskacha  tarjimai  xoli”)  nomli  asar  15  bobdan  iborat  bo`lib,  uni  tarixchi  Su 
Tyan`tszyue  yaratgan.  Kitobda  saltanatda  xizmat  kilgan  47  yirik  mansabdorning 
tarjimai xoli bayon etilgan. Ular orasida turkiy kavmlardan chikkanlari xam bor. 
Bu  uch  kitobdan  iborat  asarning  ko`pgina  nashrlari  mavjud.  Eng  yaxshi  nashri 
1962  yili  Nankin  universiteti  professori  Xan`-Julin  tarafidan  amalga  oshirilgan. 
Noshirning so`z boshisi muxim ilmiy axamiyatga ega. 
“Shen-u tsin` chjen-lu” (“Mukaddas sarkarda Chingizxonning xarbiy yurishlari 
tafsilotlari”) nomli asar asli mo`gul tilida yozilgan, lekin uning shu nomdagi xitoycha 
tarjimasi  bizgacha  etib  kelgan,  xalos.  Unda  Chingizxonning  xarbiy  yurishlari  va 
mo`gullar  xuruji  vaktida  turkiy  xalklarning  ijtimoiy-siyosiy  xayoti  xakida  xikoya 
kiladi. 
“Shen-u tsin` chjen-lu” asarini birinchi marta Yuan` Chjon 1894 yili, Van Govey 
nomli  tarixchi  1925-1926  yillari  keng  izoxlar  bilan  chop  etgan.  1872  yili  P.Kafarov 
asarning  ruscha  tarjimasini,  so`z  boshi  va  zarur  izoxlar  bilan  ko`shib,  nashr  etgan. 
1951 yili Pel`o va Gambus uning frantsuzcha nashrini amalga oshirganlar.    
“Yuan`-shi” (“Yuan` sulolasi tarixi”) Yuan` sulolasining to`lik rasmiy tarixidir. 
Uni  Sun-lyan  (1310-1381  yy.)  boshchiligidagi  16  muallif-tuzuvchilar  yaratgan  deb 
xisoblaydilar. Kitob Min sulolasining imperatori Taykchuning buyrugi bilan 1369 yili 
yozib tamomlangan. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə