Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81

Movarounnaxrga  tez-tez  bostirib  kirib,  uning  Chorjo`y,  Buxoro  va  Samarkand 
shaxarlari va kishloklarini talon taroj kila boshladilar. 
Eron  va  Shimoliy  Xindiston  xukmdorlari  Boburiylarning  Buxoro  xonligi  ichki 
ishlariga  aralashuvi  kuchaydi.  Mamlakatdagi  bekarorlik  Ubaydullaxon  soniy  (1702-
1711  yy.)  xukmronligi  yillarida  juda  kuchaydi.  Ulus  xukmdorlari,  Balxdagi 
Maxmudbiy katagon markaziy xukuatga bo`ysunmay ko`ydilar. Samarkand va Xisor 
viloyatlarida  yuz  kabilasi,  Shaxrisabz  va  Karshida  kenagas  va  mangit  kabilalari 
xonga karshi isyon ko`tardilar. Ubaydullaxon soniy o`rniga xon ko`tarilgan Abulfayz 
(1711-1747  yy.)  nomigagina  xon  bo`lib,  xokimiyat  bir  gurux  yirik  boylar  ko`liga 
o`tib koldi. 
Eron  podshoxi  Nodirshox  (1736-1747  yy.)  Movarounnaxrdagi  parokandalik  va 
bekarorlikdan foydalanib, 1740 yilning kuzida Buxoro xonligini o`ziga bo`ysundirdi. 
Shundan  keyin  xokimiyat  asosan  Nodirshox  tarafdori,  mangit  kabilasidan  chikkan 
nufuzli,  katta  er  egasi  Muxammad  Raximbiy  ko`liga  o`tdi.  Abulfayzxon 
o`ldirilganidan  keyin  taxtga  o`tkizilgan  Abdulmo`min  (1747-1751  yy.)  va 
Ubaydullaxon  soniy  (1751-1753  yy.)  nomigagina  xon  bo`lib,  davlatning  muxim 
ishlarini Muxammad Raximbiy boshkargan. 
1753  yilning  16  dekabrida  Muxammad  Raximbiy  xon  bo`ldi.  Shu  kundan 
boshlab  Buxoro  xonligida    xokimiyat  Mangitlar  sulolasi  ko`lida  bo`lib,  ular  1920 
yilning sentryabr oyigacha ukmronlik kilgan. 
1709  yili  markaziy  xukumatning  zaifligi  tufayli  Fargona  vodiysida  Ko`kon 
xonligi (1709-1876 yy.) tashkil topdi. 
XVIII-XIX  asrda  yurtimiz  xududida  Buxoro  amirligi,  Xeva  va  Ko`kon  xonligi 
mavjud  bo`lib,  Rossiya  asta-sekin  bu  xududga  sikilib  kelib,  o`z  mustamlakasini 
o`rnatdi. 
“Majmu`ayi  vasoyik”  (“Vasikalar  to`plami“)  –  Samarkand  kozixonasiga 
tegishli  va  XU1  asrning  oxirida  tuzilgan  xukukiy  xujjatlar,  vasikalar  to`plamidir. 
Unda  jam`i  735-ta  xujjat  bo`lib,  xronologik  jixatdan  1588-1591  yillarni  o`z  ichiga 
oladi.  Ushbu  xujjatlar  turli  ijtimoiy-iktisodiy  masalalar,  meros  taksimlash,  kasb-
xunar, shogirdlik bilan boglik, savdo do`konlari, er-suv va xovli-joyni ijaraga ko`yish 
kabi  masalalarni  rasmiylashtirishga  bagishlangan.  Xujjatlarning  yana  bir  muxim 
tomoni  shundaki,  ularda  XU1  asrda  Samarkandda  amalda  bo`lgan  kasb-xunarlar, 
zargarlik,  kulolchilik,  rangrezlik,  attorlik,  kimuxgarlik,  chitboflik,  sangtaroshlik, 
shamshirlarlik,  kogoz  ishlab  chikarish,  zardo`zlik,  sarrojlik,  duradshorlik, 
kuloxgarlik,  saxxoflik-mukovasozlik,  xattotlik,  kitobfurushlik  va  to`ksondan  ortik 
kasb-xunar xakida ma`lumot mavjud.      
“Majmu`ayi  vasoyik”ning  yaxshi  ko`lyozmasi  xozirda  O`zRFA  Sharkshunoslik 
institutining xazinasida 1386 tartib rakami bilan saklanmokda. Xujjatlarning bir kismi 
rus  va  o`zbek  tillariga  tarjima  kilinib,  chop  etilgan.  Abdurauf  Fitrat  va  V.S.Sergeev 
ulardan  fakat  36  nafarini  tanlab  olib  rus  tiliga  tarjima  kilganlar  va  1937  yili 
Toshkentda  nashr  etganlar.  Xujjatlardan  237  tasi,  ya`ni  taxminan  uchdan  bir  kismi 
sharkshunos  olim  B.Ibroximov  (1908-1978  yy.)  tarafidan  o`rganilib,  o`zbek  tiliga 
tarjima kilingan edi. Bu ish 1982 yili B.Axmedov, O.Jalilov, M.Karimova, T.Fayziev 
va G.Ostonova tarafidan nashrga tayyorlandi va chop etildi. Unday ayrim namunalar 
kuyida keltirildi: 
   Xatti  ikror.  Xijriy  997  yil  zulxijja  oyi  boshida  (1589  yil  oktyabr  oyining 
birinchi  yarmida)  mullo  Abdulbokiy  Xoji  bokiy  o`gli  o`z  amakivachchasi  sagir 


Mirxodi  marxum  xoja  Opok  o`gli  tarafidan  uning  ishlarini  (kozi)  maxkamasida 
amalga oshirish uchun to`la xukukli ekanligi shar`an mullo Kurbon Muxammad Ali 
najjorlarning  to`gri  guvoxliklari  bilan  isbot  kilingani  xolda,  Samarkand  shaxri  va 
unga  tobe`  erlarning  kozilar  kozisining  noibi  va  viloyatning  adolatli  xokimi,  Allox 
uning  soyasini  uzun  kilsin,  xuzuriga  kelib,  shar`an  to`gri  ikror  bo`ldiki,  sagirning 
Samarkanddagi Masjidi nigoron maxallasida joylashgan, chegaralari anik bo`lgan va 
imorat kilishga yarokli bir bo`lak erini Mirza Do`stim Baxtibiy o`gliga bir miskollik 
63 dinorga sotdi. 
(Ushbu)  joyning  chegaralari  garbiy,  shimoliy  va  sharkiy  tarafdan  jlyni  sotib 
oluvchining xovlisiga va janub tarafdan katta jamoa ko`chasiga tutashdir. 
Xar  ikkala  taraf  o`ziga  tegishlini  oldi,  (ya`ni)  oluvchi  joyni,  sotuvchi  esa  pulni 
oldi. Shar`an kelajakda (bir birini) aldamaslik sharti bilan mazkur joyning baxosi shu 
kunlardagi  narx-navoga  to`gri  va  adolatlidir.  Ushbu  savdoda  aldash  va  buzuk  shart 
yo`k.  Bu  savdo  sagirning  kundalik  extiyoji  va  nafakasiga  xarj  kilinadi.  Xar  ikkala 
tomon yuzma-yuz turib ikror bo`ldilar (va tuzilgan xujjatni) tasdik kildilar. 
Ushbu savdo-sotik ishonchli kishilar xuzurida bo`ldi. 
Kozi muxri.     
Xatti ikror. Xijriy 987 yil safar oyining, yaxshilik va zafar bilan tamom bo`lsin, 
9- kuni (1589 yil 18 dekabr kuni) Mirzo Xalim Mir Zinda Ali o`gli janoblari shar`an 
to`gri ikror bo`ldi, shu xususdakim, o`z ixtiyorida bo`lgan va Samarkand shaxrining 
Masjidi  mullo  shayx  Muxammad  devon  nomi  bilan  mashxur  bo`lgan  maxallasidagi 
bir  bo`lak  erini  shar`an  uzil-kesil  savdo  bilan,  mullo  Tursun  Mullokuli  o`gliga 
xozigshi  paytda  maomalada  bo`lgan,  toza  kumushdan  zarb  etilgan  bir  miskollik  13 
tanga xoniyga sotgan. 
(Mazkur)  erning  ba`zi  kismi  er  oluvchining  mulkiga  va  ba`zi  kismi  Tursun 
zogorapazning eri bilan tutash, to`rt tarafdan chegaralari ma`lum bo`lib, garbi mullo 
Muxammad  Siddik  mullo  Abdukarim  o`glining  xovlisiga,  shimol  tarafi  Muxammad 
Sharif ibn xoja Avaz attor o`glining, ba`zisi Banda Ali Sherali o`glining xovlisi bilan 
janub  tarafi  jamoat  yuradigan  ko`chaga  tutash  bo`lib,  kirish  yo`li  xam  o`sha 
tarafdadir. Xamma tarafining belgilari ko`rinib turibti. 
Shariat  bo`yicha  xar  ikki  taraf  yuzma-yuz  turib  o`ziga  tegishlini  oldi.  Ushbu 
savdoda aldash, firib berish va buzuk shart yuz bermadi. 
Guvoxlar: 
Mulla Axmad Amin; 
Mulla Axmad; 
Mulla Abdumajid; 
Mulla Abduraxim. 
Terma xujjatlar. O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharkshunoslik 
instituti  ko`lyozmalar  fondida,  O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  tarix  arxivida, 
Buxoro  o`lkashunoslik  muzeyi  va  Abu  Ali  iyun  Sino  nomidagi  Buxoro 
kutubxonasida  saklanayotgan  xujjatlar:  farmonlar,  xumnomalar,  inoyatnomalar, 
vasikalar,  oldi-sotti  xakidagi  xujjatlar  va  ajrimlardan  iborat  bo`lib,  ulardan 
O.D.Chexovich  51-tasini  tanlab  olib,  rus  tiliga  tarjima  kilib,  matni  bilan  ko`shib, 
1954  yili  “Drkumenti  k  istorii  agrarnix  otnosheniy  v  Buxarskom  xanstve  XU11  – 
X1X vv.” nomi bilan aloxida kitob kilib chop ettirdi.   
Kitobda  keltirilgan  xujjatlar  Ashtarxoniy  xukmdorlardan  Imomkulixon  (1611-
1642  yy.)  bilan  Ubaydullaxon  soniy  (1702-1711  yy.),  mangat  sulola  vakillari  amir 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə