Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81

Xaydar,  amir  Muzaffar  va  Nasrullolarning  farmonlari,  xukmnomalari  XU  11  asrda 
o`tgan yirik er va mulk egalari bo`lmish Yalangto`shbiy, Alloxyor devonbegi, Odina 
Muxammadjonlarga tegishlidir. 
Xujjatlar er-suvni soliklardan ozod kilish, erni sotish, garovga ko`yish - vasikai 
joiz,  erni  sotib  olish  va  uni  imtiyozli  mulkka  aylantirish  –vasikai  mubodila,  erni 
in`om  kilish  –  vasikai  baxshish,  tanxox,  mulkni  ijaraga  berish  –  vasikai  ijara, 
ma`lumot  etkazish  –  ariza  va  boshka  masalalar  xakidadir.  Ularning  ichida  aloxida 
xiroj  olinadigan  va  davlat  erlarini  mulki  xurri  xolisga  aylantirish,  ya`ni  soliklardan 
ozod etish xollari uchraydi. 
Bu  to`plam  mamlakatimizning  o`sha  davridagi  ijtimoiy-iktisodiy  tarixini 
o`rganishda muxim manba vazifasini o`taydi. 
Rasmiy  yozishmalar,  ya`ni  xonlar,  podshoxlar,  amirlar,  tarikat  etakchilari  va 
shoirlar o`rtisidagi yozishmalar xam tari`iy manba bo`lib xizmat kiladi va uning xam 
ijtimoiy-siyosiy tarixni o`rganishdagi axamiyati kattadir. Ular ayniksa mamlakatdagi 
ichki  vaziyat  va  mamlakatlararo  munosabatlarni  o`rganishda  tadkikotchilarga  katta 
material  beradi.  Shunday  maktublardan  ko`plari  o`z  vaktida  ko`chirilib  kitobat 
kilingan  va  ulardan  birmunchalari  bizning  zamonimizgacha  etib  kelgan.  “Maktuboti 
Temuriya”  (“Temuriylarning  maktublari”),  “Majmuayi  murosilot”  (“Maktublar 
to`plami”) va boshkalar shular jumlasidandir. 
“Maktuboti Temuriya” xozirda O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 
Sharkshunoslik instituti ko`lyozmalar fondida 2278 rakam ostida saklanayotgan, 191 
varakli XU1 asrda kitobat kilingan maktublar majmuasining nomidir.  
Eronlik olim Abulxusayn Navoiy mazkur majmuaga Eron, Turkiya, Oxarbayjon 
va Fors xukmdorlarining xatlarini xam ko`shib, 1991 yili “Isnod va maktuboti tarixi 
Eron  (az  Temur  to  shox  Ismoil”  nomi  bilan  nashr  etgan.  Mazkur  to`plamga  Amir 
Temur  va  temuriylar  (Shoxrux,  Sulton  Xusayn  va  boshkalar)ning  Fors,  Ozarbayjon, 
Irok va Turkiya xukmdorlari bilan yozishmalari jamlangan. 
Bu  yozishmalar  Amir  Temur  va  temuriylarning  mazkur  mamlakatlar  bilan 
bo`lgan  siyosiy  munosabatlari  tarixini  o`rganishga,  xususan  Amir  Temurning  1381-
1404  yillari  Eron,  Irok,  Ozarbayjon,  Suriya  va  Turkiya  ustiga  kilgan  xarbiy 
yurishlarining saboklarini to`gri anglashga yordam beradi. 
Mazkur  to`plam  Xaydar  va  Er  o`glining  “Majmuayi  munshaot”,  xoja 
Shaxobiddin  Abdulla  Marvaridning  “Munshaot”,  Frudunbekning  “Munshaoti 
Fridunbek” asarlariga xam asoslangan. 
“Maktuboti  Temuriya”  xurosonlik  mashxur  shayx,  Amir  Temurning  pirlaridan 
biri  Zayniddin  Abubakr  Taybodiy  (1395  yili  vafot  etgan0ning  o`z  muridi  amir 
Temurga  yo`llagan  bir  tarixiy  maktubi  bilan  boshlanadi.  Amir  Temur  bu  maktubni 
“Temur  tuzuklari”ning  “Tadbirlar  va  kengashlar”  deb  atalgan  birinchi  makolasida 
keltirgan.  “Tuzuklar”da  keltirilgan  mazkur  maktub  xakida,  xususan,  mana  bularni 
o`kiymiz: “Pirim Zayniddin Abubakr Taybodiy menga yozmishlarkim, “Abulmansur 
Temur  saltanat  yumushlarida  to`rt  ishni  ko`llasin,  ya`ni  1)  kengash;  2)  mashvarutu 
maslaxat;  3)  xushyorligu  maloxazakorlik;  4)  extiyotkorlik.  Chunki  kengash  va 
mashvaratsiz saltanatning barcha kilgan ishlari va (podshoxning) aytgan gaplari xato 
bo`lgan.  Unday  podshoxni  joxil  odamga  kiyoslash  mumkin.  Uning  so`zlari  va 
kilmishlari  boshga  pushaymonlik  va  nadomat  keltirgan.  Shunday  ekan,  saltanatni 
boshkarishda,  mashvarutu  maslaxat  va  tadbir  bilan  ish  yuritgin,  toki  okibatda 
nadomat  chekib,  pushaymon  bo`lmagaysan.  Yana  shuni  xam  bilginkim,  saltanat 


ishlarining bir  kismi  sabru tokat bilan bo`lgay,  yana  bir kismi  esa bilib-bilmaslikka, 
ko`rib-ko`rmaslikka  solish  bilan  bitur.  (Xullas)  tadbirlardan  ogox  kilingandan  keyin 
shuni  xam  aytish  joizdurkim,  kat`iylik,  sabr-tokat,  chidamlilik,  xushyorlik, 
extiyotkorlik  va  shijoat  bilan  barcha  ishlar  amalga  oshirilgay.  Vassalom.”Amir 
Temur  pirining  bu  o`gitlariga  umr  bo`yi,  butun  faoliyati  davomida  amal  kildi.  “Bu 
maktub,-deb  yozadi  xazrat  soxibkiron,-menga  yo`l  boshlovchi  yanglig  raxnamolik 
kildi.  U  menga  saltanat  ishlarining  to`kkiz  ulushini  mashvarat,  tadbir  va  kengash 
bilan, kolgan bir ulushini esa kilich bilan bajo keltirilishini anglatadi”. 
“Maktuboti  Allomiy”  –“Maktuboti  Abulfazl”,  “Inshoyi  Abulfazl”  (”Abulfazl 
(Allomiy)  tarafidan  bitilgan  (va  ko`chirilgan)  maktublar”)i  deb  xam  ataladi. 
Maktublarning  asosiy  kismi  Boburiylar  saltanati  (1526-1858  yy.)ning  atokli 
podshoxlaridan  Jaloliddin  Akbar  (1556-1605  yy.)  nomidan,  bir  kismi  vazir  va  yirik 
tarixchi olim Abulfazl ibn Muborak Allomiyning shaxsiy mazmundagi maktublaridan 
iborat.  To`plam uch kismga bo`lingan. Undan bizga uchdan ikki kismi, ya`ni ikkita 
daftari  etib  kelgan,  xalos.  U  Allomiyning  karindoshi  Abdusamad  ibn  Afzal 
Muxammad tarafidan tuzilgan. 
“Maktuboti  Allomiy”da  1586-1596  yillarda  Buxoro  va  Balx  xonliklari  bilan 
Boburiylar davlati (Xindiston) o`rtasidagi siyosiy munosabatlar xakida o`ta kimmatli 
ma`lumotlarni uchratamiz. Ma`lumki, o`sha yillari Xindistonning nafakat Buxoro va 
Balx  xlndiklari,  balki  Eron  bilan  xam  munosabatlari  jiddiy  tus  olgan  edi.  Agar 
Boburiylar bilan Shayboniylar davlatlari o`rtasidagi siyosiy munosabatlar Badaxshon 
tufayli,  to`grisi  Badaxshonni  o`z  xukmronligiga  kiritib  olish  xususida  bir  kadar 
buzilgan  bo`lsa,  Safaviylar  Eroni  bilan  Xindiston  o`rtasidagi  munosabatlar  katta 
siyosiy-strategik  axamiyatga  ega  bo`lgan  Kandaxor  xususida  bir  muncha  buzilib 
kolgan edi. 
Majmuadagi maktublarda mana shu chigal masalalarning moxiyatini tushuntirib 
bera  oladigan  daliliy  ma`lumotlar  ko`p.  Bu  jixatdan  Akbarning  Abdullaxonga 
yo`llagan  uchta  maktubi  va  Abdullaxonning  mavlono  Mir  Kuraysh,  Axmad  otalik 
boshchiligida Xindistonga yuborgan elchiligi, va Buxoro elchisi olib borgan maktub, 
va  Akbarning  Balx  bilan  Buxoroga  xoja  Afzal,  Xakim  Xumom  va  Mir  Sadrijaxon 
boshchiligida yo`llagan elchiliklari xususida kimmatli ma`lumotlar keltirilgan. 
Yana bir muxim masalani xam aytib o`tishga to`gri keladi. Maktublarning birida 
kelgusida  tutiladigan  siyosat  xususida  ikki  davlat  –  Boburiylar  davlati  va  Buxoro 
xonligi xukmdorlarining maxsus uchrashuvini uyushtirish masalasi ko`tariladi. 
“Maktuboti Abulfazl” majmuasining yaxshi bir ko`lyozma nusxasi (tartib rakami 
290,  154  varak)  O`zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasining  Sharkshunoslik 
instituti xazinasida mavjud. 
“Murakka`yi  Mir  Alisher”  yoki  “Majmua`yi  murosilot”(“Maktublar 
to`plami”)  o`z  davrining  nufuzli  ruxoniylari  –  Abduraxmon  Jomiy  (1414-1492  yy.), 
xoja Ubaydulla Axror (1404-1492 yy.), xoja Arorning o`gli xoja Muxammad Yaxyo 
(1500  yili  o`ldirilgan),  xoja  Axrorning  safdoshi  va  kuyovi  Mir  Abdulavval 
Nishopuriy  (1495  yili  vafot  etgan)  va  boshkalarning  Sulton  Abu  Said  Mirzo  (1451-
1469  yy.),  Sulton  Xusayn  Mirzo  va  Alisher  Navoiyga  yo`llagan  maktublarini  o`z 
ichiga oladi. 
Ushbu  to`plam  Alisher  Navoiy  tomonidan  tuzilgani  uchun  “Murakka`yi  Mir 
Alisher”  yoki  “Navoiy  al`bomi”  nomi  bilan  xam  ataladi.  To`plam  X1X  asr  yirik 
ziyolilaridan  biri  Buxoro  kozi  kaloni  Shariyjon  Maxdum  sadri  Ziyo    kutubxonasida 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə