Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81

asrning  20-  yillaridan  boshlab  kuchayib  ketgan  iktisodiy  va  siyosiy  tanglikni, 
ijtimoiy-siyosiy  tarkoklikning  kuchaymshm  va  buning  natijasida  markaziy  davlat 
boshkaruvining  zaiflashuvi,  mangit  xukmdorlarining  uluslar  va  kabilalarni 
bo`ysundirish maksadida olib borgan tinimsiz urushlari va buning okibatida ko`plab 
shaxarlar  xamda  kishloklarning  vayron  etilishi,  mexnatkash  xalk  turmushining 
ogirlashib  borishi  va  uning  asosiy  sabablarini  aniklashga  yordam  berishi  mumkin 
bo`lgan daliliy ma`lumotga o`ta boydir. 
Asarda  yana  o`zbek  kavmlari,  uluglari  va  ularning  ijtimoiy-siyosiy  xayotda 
tutgan  o`rni,  Ashtarxoniylar  va  Mangitlar  xukmronligi  davrida  o`zbek  ko`shini  va 
mangitlar  davlatining  tuzilishi,  1722-1782  yillarda  Buxoro  xonligining  Eron, 
Afgoniston,  Kozok  va  Ko`kon  xonliklari  xamda  Koshgar  bilan  olib  borgan  siyosiy 
munosabatlari xakidagi xam e`tiborga molik ma`lumotlar ko`p uchraydi.  
“Tuxfat  ul-xoniy”  asarining  ko`lyozma  nusxalari  ko`p.  Masalan,  fakat  Sankt-
Peterburg,  O`zbekiston,  Tojikiston  kutubxonalarida  undan  23  ko`lyozmasi  mavjud. 
Asar  biron  tilga  to`la  tarjima  kilinmagan  xam.  Asardan  kichik  bir  parcha,  ya`ni 
Muxammad  Raximxonning  1747  yili  Saraxs  atrofida  Eron  ko`shinlari  bilan 
to`knashuvi rus tilida 1938 yili e`lon kilingan, xalos. 
“Tarixi  Amir  Xaydar”  XVIII  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XIX  asrning  birinchi 
yarmida o`tgan buxorolik olimlari asaridir. Kitobning noma`lum muxarrir tomonidan 
kiskartirilgan  nusxasi  etib  kelgan  bo`lib,  ko`lyozma  O`zRFA  Sharkshunoslik 
institutida 1836 rakami ostida saklanmokda.  
“Tarixi  Amir  Xaydar”  kichik  xajmdagi  asar,  jami  96  varakdan  iborat,  muxim 
tarixiy  manbalar  asosida  yozilgan,  Buxoro  xonligining  Ashtarxoniylar,  shuningdek, 
asosan,  Mangitlar  sulolasidan  bo`lgan  amir  Xaydar  xukmronligi  (1800-1826  yy.) 
davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. 
Asar  81  bob,  yoki  dostondan  iborat.  1-2-  boblari  Buxoro  shaxri  tarixiga 
bagishlangan,  3-6-  boblarda    Ashtarxoniylar  tarixi  kiskacha  bayon  etilgan,  7-81- 
boblarida esa Buxoro amirligi amirzoda Xaydarning tugilishidan to uning 1826 yil 6  
oktyabridagi vafotigacha bo`lgan tarixi xikoya kilinadi. 
Kitob  50-  yillarda  A.A.Semenov  tomonidan  rus  tiliga  tarjima  kilingan,  lekin 
nima  sababdandir  ko`lyozma  nashr  etilmay  kolgan.  Tarjima  ko`lyozmasi  O`zR  FA 
ShI kutubxonasida saklanmokda.  
“Muntaxab  ut-tavorix”  (“Saylanma  tarix”)  asarining  muallifi  ko`konlik  yirik 
tarixchi  olim  Xakimxon  to`radir  (taxm.1802-vafot  etgan  yili  maxlum  emas).  Ota 
tarafidan nakshbandiya tarikatining yirik namoyondalaridan biri, yirik iloxiyot olimi 
Maxdumi  A`zam  Kosoniy  (1461/62-1542/43  yy.)ning  avlodi,  ona  tarafidan  Ko`kon 
xoni Norbo`taxon (1770-1800 yy.)ning nabirasidir.  
Otasi  sayyid  Ma`sumxon  to`ra  Umarxon  davri  (1809-1822  yy.)da  va 
Muxammad  Alixon  xukmronligi  (1822-1842  yy.)ning  dastlabki  yillarida  xonlikning 
shayxulislomi  lavozimini  egallab  turgan.  Xakimxon  to`ra  Muxammad  Alixon 
xukmronligiavvalida Namangan, To`rako`rgon va Kosonsoyda xokim bo`lgan. Lekin 
ko`p  o`tmay  otasi  xam,  o`zi  xam  xonning  gazabiga  duchor  bo`lib,  egallab  turgan 
lavozimlaridan  bo`shatilganlar  va  xaj  marosimini  ado  etish  uchun  Arabistonga 
jo`natib  yuborilgan.  Otasi  yo`lda,  Mozori  sharifda  1834  yili  vafot  etgan.  Xakimxon 
to`ra  esa  ko`p  mashakkatlar  chekib,  etti  yildan  keyin  Rossiya,  Turkiya,  Irok,  Suriya 
va  Falastin  orkali  Mkkaga  etib  bordi.  O`shanda  1834  yili  u  Orenburgda  podshox 
Aleksandr 1 bilan uchrashish sharafiga muyassar bo`lgan. Xakimxon to`ra Makka va 


Madina  ziyoratidan  kaytgach,  1828  yili,  Muxammad  Alixondan  cho`chib  Ko`konga 
bormadi  va  kolgan  umrini  Kitobda  kechirdi.  O`zining  yozishicha,  Kitobda  uning 
karindoshlari va ozmi-ko`pmi er-suvi bo`lgan. 
Xakimxon  to`ra  yirik  tarixnavis  olim  bo`lib,  o`zining  “Muntaxab  ut-tavorix” 
asarini 1843 yilning 29 may kuni yozib tamomlangan. 
“Muntaxab  ut-tavorix”da  kadimiy  zamonlar,  islomiyatdan  avval  o`tgan 
paygambarlar, kadimgi Eron podshoxlari, Xitoy va evropaning kadimiy podshoxlari, 
xalifayi Roshidindan to Movarounnaxrning Mangit va Ming sulolasidan chikkan oliy 
xukmdorlar zamonigacha kechgan tarixi bayon etiladi. 
Asarda  Ko`kon  xonligining  xonlik  asoschisi  Shoxruxxon(1709-1721  yy.)ning 
o`gli  va  toj-taxt  vorisi  Abduraximxon  (1721-1724  yy.)  zamonidan  to  Norbo`taxon, 
Olimxon va Umarxon davri tarixi yaxshi yoritilgan. Ayniksa, Norbo`taxon, Olimxon 
va  Umarxon  davri  yaxshi  yoritilgan.  Asarda  muallifning  Rossiya,  Turkiya,  Irok, 
Shom (Suriya) va boshka mamlakatlarga kilgan sayoxati chogida olgan taassurotlari 
va  o`sha  mamlakat  xalklarining  ijtimoiy-siyosiy  xayoti,  tarixi  va  xayot  tarzi  xakida 
keltirgan  maxlumotlari  xam  dikkatga  sazovordir.  “Muntaxab  ut-tavorix”ning 
ko`lyozma  nusxalari  kam.  Uning  Dushanbeda,  Tojikistonda  A.A.Semenovning  uy 
muzeyida  saklanayotgan  forscha  fotonusxasini  Axror  Muxtorov  1983  yili  ikki  kitob 
xolida    chop  etdi.  Asarning  o`zbekcha  nusxasi  xam  bo`lib,  xozirda  O`zR  FA 
Sharkshunoslik instituti xazinasida (rakami № 594) saklanmokda. 
”Tarjimai  axvoli  amironi  Buxoroyi  sharif  az  amir  Doniyol  to  asri  amir 
Abdulaxad”  (“Buxoroyi  sharif  amirlarining  tarjimai  axvoli.  Amir  Doniyoldan  to 
amir  Abdulaxadgacha”)  asarining  muallifi  Axmad  Donish  yoki  Axmad  Kalla  nomi 
bilan  mashxur  bo`lgan,  X1X  asrda  ko`zga  ko`ringan  mutafkkir  shoir,  adib,  olim  va 
diplomatdir. Uning to`la ismi Axmad ibn Nosir ibn Yusuf al-Xanafiy al-Buxloiydir. 
Bo`lgusi  tarixchi  1827  yili  Buxoroda  tugilgan.  U  yoshligidan  yaxshi  o`kib  tarix, 
mumtoz adabiyot, riyoziyot-matematika, ilmi nujum-astronomiya, musika va tibbiyot 
ilmlarini yaxshi o`rgangan, xusnixat va musavvirlik sirlarini xam egallangan. 
Axmad Donish o`z faoliyatini xattotlikdan boshlagan va 50- yil boshlarida amir 
Nasrullox  xizmatiga  kabul  kilingan,  1870  yili  iste`foga  chikib,  ilmiy  faoliyat  bilan 
mashgul bo`lgan. 
Axmad  Donish  1857  yili  amir  Nasrullox,  1869  va  1974  yillari  amir  Muzaffar 
(1860-1885  yy.)  elchiligi  tarkibida  Peturburgda  bo`ldi  va  Rossiyaning  iktisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy  xayoti  bilan  yakindan  tanishdi.  Bu  safarlar  olimning 
dunyokarashiga  katta  ta`sir  ko`rsatdi.  Lekin  u  Buxoroning  Rossiyaga  karaganda 
kolokligining  xakikiy  sabablarini  tushunib  etmadi.  U  jamiyatni  mavjud  konun  va 
tartiblarini takomillashtirish yo`li bilan, odil podshoxning ko`li bilan kaytadan kurish 
mumkin  deb  xisoblardi.  Olimning  bu  karashlari  uning  “Navodir  ul-vakoe`”  (“Nodir 
vokealar”)  nomli  asarida  o`z  aksini  topgan.  Axmad  Donish  ushbu  asarida  amirga 
davlatni  boshkarish  ishlarini  kaytadan  kurishni  maslaxat  berdi.  Lekin  amir  bundan 
dargazab  bo`ldi  va  70-  yillar  oxirida  Axmad  Donishni  poytaxtdan  uzoklashtirdi  va 
Guzorga kozi kilib yubordi. 
1885 yili, amir Muzaffar vafotidan keyin, u Buxoroga kaytib keldi va umrining 
kolgan  kismini  ilmiy  mashgulotlar  bilan  bilan  kechirdi.  Axmad  Donish  1897  yili 
vafot etdi. 
Axmad  Donish  sermaxsul  ijodkor  bo`lib,  iloxiyot,  ilmi  nujum,  geografiya, 
adabiyot  va  tarixga  oid  20  ga  yakin  asar  yozib  koldirdi.  “Manozir  ul-kavokib” 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə