Derektaniw uzb



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/81
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55346
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81

kuyidagilar aytiladi. Otasi sarbadorlar jamoasiga mansub bo`lgan. O`z davrining etuk 
olimi  va  shoirlari  jumlasidan  bo`lgan.  She`rlari  mashxur  bo`lib,  nazm  va  nasrda  bir 
necha  asar  yozib  koldirgan.  “Javoxir  al-asror”,  “Tugroyi  xumoyun”  va  “Ajoyib  ul-
garoyib” shular jamlasidandir. 
Shayboniylar,  xususan,  Muxammad  Shayboniyxon,  Ubaydullaxon,  Abdullaxon 
soniy  davrida,  Movarounnaxr  va  Balx  shaxarlarida  bir  talay  katta  kurilishlar, 
madrasalar,  masjidu  xonakolar,  timlar,  yirik  suv  inshoatlari  kurib  ishga  tushirilgan. 
“Tarixi  kasira”da  bular  xakida  xam  muxim  ma`lumotlarni  uchratamiz.  Bir  necha 
misol: 
Kesh(Shaxrisabz)da  Oksaroy  binosining  kurilishi  asosan  1382  yilda 
tamomlangan. 
Mirzo Udugbekning Samarkanddagi madrasasi 1425 yili kurib bitkazilgan. 
Mirzo Ulugbekning rasadxonasi 1429 yili kurib ishga tushirilgan. 
Alayka ko`kaltoshning Samarkanddagi jome` masjidida Ko`chkinchixon tarafida 
kurilgan marmar minbar 1528 yili bitkazilgan. 
Buxoroda Ubaydullaxon tarafida Mir arab madrasasining bino kilinishi 1536 yili 
sodir bo`lgan. 
Mavlono  Mir  muftiy  tarafidan  Buxoroyi  sharifda  kurilgan  kutubxona  1558  yili 
bitkazilgan. 
Juvonmard  Alixon  tarafidan  Buxoroda  xammom  kurilishi  1574  yili  poyoniga 
etgan. 
Muxtar  Kosim  tarafidan  Gijduvon  yonida,  Ko`xak daryosi  ustiga kurilgan ko`p 
oshiyonalik suv ayirgich inshooti 1576 yili kurilib ishga tushirilgan. 
Abdullaxon  soniy  tarafidan  Buxoroda  bunyod  etilgan  chorbog  1584  yili  kurib 
tamomlandi. 
Mazkur  xon  tarafidan  Buxoroda  Chorsu  bozorining  kurilishi  1587  yili 
tamomlandi. 
Karmina  yonida,  Ko`xak  daryosi  ustiga  ko`prik  kurish  ishlari  1587  yili 
tamomlandi. 
Kitobda  mashxur  asarlarning  yozib  tamomlangan  vaktixam  ko`rsatilgan. 
Masalan, Ulugbek mirzoning “Ziji jadidi ko`ragoniy” kitobi 1437 yili, Abduraxmon 
Jomiyning  “Nafaxot  ul-uns”  asari  1469  yili,  “Xusni  Xusayn”  kitobi  1606  yili  yozib 
tamomlangan. 
“Tarixi  kasira”  asari,  uning  kiymati  va  idm-fan  uchun  zarurligi  keltirilgan 
misollardan xam ko`rinib turibdi. 
“Tarixi  Abulfayzxon”  asarini  Ubaydallaxon  va  Abulfayzxon  (1711-1747  yy.) 
saroyida xizmat kilgan munajjim, shoir va tarixchi olim Abduraxmon Davlat yozgan. 
Muallif ko`prok Abduraxmon Tole nomi bilan mashxur. 
Mazkur  asar  xajm  jixatdan  kichik,  161  varak  bo`lib,  “Ubaydullanoma”ning 
davomi  xisoblanadi  va  Buxoro  xonligining  1711-1723  yillar  orasidagi  ijtimoiy-
siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Ma`lumki, XVIII asrning birinchi choragida Buxoro 
xonligining  iktisodiy  va  siyosiy  axvoli  zaiflashadi,  ulus  boshliklarining,  ya`ni 
maxalliy  xukmdorlarning  mustakillik  uchun  olibborgan  xarakati  kuchaydi,  ularning 
ayrimlari, masalan, Balx va Samarkand markaziy xukumatga bo`ysunmay ko`ydilar, 
Fargona  XVIII  asr  boshlarida,  1709  yili  Ashtarxoniylar  davlatidan  ajralib  chikdi  va 
o`lkada mustakil Ko`kon xonligi tashkil topdi, 1722 yili Samarkand xam mustakillik 


e`lon  kildi  va  Rajabxon  ismli  kimsani  xon  kilib  ko`tardilar  (1722-1728  yy.),  o`zaro 
urushlar boshlanib ketdi.   
“Tarixi  Abulfayzxon”  asarida  mana  shu  masalalar  keng  yoritib  berildi.  Bundan 
tashkari,  asarda  Buxoro  xonligining  ma`muriy  tuzulishi  va  o`zbek  xalkining  o`sha 
yillardagi etnik tarkibi xakida xam ayrim, dikkatga sazovor dalil va ma`lumotlar bor. 
“Tarixi  Abulfayzxon”ning  to`la  ruscha  tarjimasi,  zarur  izoxlar  bilan  1959  yili 
A.A.semenov tarafidang Toshkentda nashr kilingan.    
“Cilsilat us-salotin” Xoji Mir Muxammad Salimning asaridir. Uning ko`lyozma 
nusxalari  juda  kamyob  bo`lib,  bir  nusxasi  Angliyaning  Oksford  shaxridagi  Bodli 
kutubxonasida (rakami № 269) saklanmokda. 
 Xoji  Mir  Muxammad  Salim  xech  bo`lmaganda  biron  kichik  viloyatga  xokim 
bo`lish  sharafiga  muyassar  bo`lolmagan  va  boshidan  ko`p  ogir  kunlarni  kechirgan 
Ashtarxoniylar  jumlasidandir.  Uning  bobosi  Tursun  Muxammad  sulton  1578-1598 
yillari Samarkand xokimi bo`lgan. Uning to`ngich o`gli Poyanda Muxammad Sulton 
Balx  xoni  Nadr  Muxammadxonga  yakin  bo`lgan,  xonning  singlisi  Zubayda  bonuga 
uylangan va 1611-1642 yillari Kunduz viloyatiga xokimlik kilgan. Ana shu Poyanda 
Muxammad sulton bilan Zubayda bonydan tugilgan Muxammadyor sulton Xoji Mir 
Muxammad  Salimning  bobosidir.  U  1645  yilgacha  Shaxrisabz    viloyatiga  xokim 
bo`lgan  va  Nadr  Muxammadxon  Buxoro  taxtini  o`gli  Abdulazizxonga  koldirib 
ketgandan  keyin  u  bilan  birga  Balxga  kochib  borgan.  Oradan  bir  yil  o`tgach,  1646 
yili,  Balx  Boburiylardan  Shoxi  jaxon  ko`shinlari  tomonidan  ishgol  etilganlan  so`ng, 
xonning  onasi  Shaxribonu  xamda  Nadr  Muxammadxonning  boshka  oila  a`zolarini 
olib  Buxoroga  kochib  keldi,  Abdulazizixonning  kaomoklar,  korakalpok  va  kozok 
sultonlariga karshi  xarbiy  yurishlarida  ishtirok  etdi, toju taxt oldida ko`rsatgan katta 
xizmatlari  uchun  Shaxrisabzga  xokim  kilib  tayinlandi.  Muxammadyor  sulton  1647 
yilning  14  iyunida  Avrangzeb  ko`shini  bilan  Balx  kishlogi-Temurobodda  bo`lgan 
jangda  xalok  bo`lgan.  Xoji  Mir  Muxammad  Salimning  otasi  Muxammad  Rustam 
sulton 1645 yili xali yosh bo`lgan va Abdulazizixon unga ikto` tarzida Samarkandga 
karashli  Saripul  tumanini  in`om  kilgan,  unga  otalik  kilib  esa  Mir  Shoxxoja 
Shavdariyni  tayinlagan.  Lekin  1671  yili  Abdulaziz  undan  xavfsirab  ko`ziga  mil 
torttirib  ko`r  kilgan.  Muxammad  Raxim  sulton  orada  ko`p  vakt  o`tmay,  amir 
Muxammadyor  ltadikning  vositachiligi  bilan,  xondan  ruxsat  olib  Xajga  jo`nagan. 
Lekin,  Dekan  viloyatida  davom  etib  turgan  urush  xarakatlari  sababli,  bandargox 
shaxarlaridan  birontasiga  o`tolmay,  Shoxijaxonobodga  kaytib  kelgan  va  oradan  ikki 
yil o`tgach, o`sha erda vafot etgan. 
Mir  Muxammad  Salimning  o`ziga  kelsak,  u,  asarda  bayon  etilgan  vokealarga 
karaganda,  otasidan  keyin  Buxoroda  kolgan.  1711  yili  Ubaydullaxon  o`ldirilgandan 
keyin, xaj kilish baxonasi bilan Arabistonga jo`nagan. Bir yilcha Isfaxonda istikomat 
kilib,  1712  yili  Turkiyaga  borgan.  Sulton  Axmad  111  (1703-1730  yy.)  uni  extirom 
bilan kutib olgan. To`rt yilcha Turkiyada turib, mazkur sultonning xarbiy yurishlarida 
katnashgan. Mir Muxammad Salim 1716 yili Makkaga borgan va xaj marosimini ado 
etgandan  keyin,  dengiz  orkali  Xindistonga  kelgan  va  Boburiy  Nosiruddin 
Muxammadshox  (1719-1748  yy.)ning  xizmatiga  kirgan.  “Cilsilat  us-salotin”  asarini 
Nosiruddin  Muxammadshoxning  topshirigi  bilan  yozgan.  Xoji  Mir  Muxammad 
Salimning kachon va kaerda vafot etganligi aniklanmagan. 
“Cilsilat  us-salotin”    1731  yilda  yozilgan  bo`lib,  mukaddima  va  to`rt  kismdan 
iborat.  


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə