Detallarni va yig`ma qismlarni muvozanatlash asoslari. Dinamik muvozanatlash. Sanoat mashinalaridagi barabanlar


Sanoat mashinalaridagi barabanlar



Yüklə 42,51 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü42,51 Kb.
#182077
1   2   3
Lecture 10 (1) (1)

3.Sanoat mashinalaridagi barabanlar
Sanoat mashinalaridagi barabanlar turli loyixada tayyorlangan va turli vazifalarni bajaradi. Ko‘proq tayyorlangan barabanlarga tunukali (yigiruv mashinasi, oxorlash mashinasi), to‘rsimon (savash mashinasi), yog‘ochli barabanlar ( CHX- 3M, OXB-10 ) lar kiradi.
Tunuka barabanlarida uchraydigan nuqsonlarga quyidagilar kiradi:

  1. silindrik yuzani to‘g‘ri chiziqliligini buzilishi,

  1. pachoqlangan yuzani qiyshayishi,

  1. baraban muvozanatligini buzilishi,

  2. barabanlarning ulangan joylarini erib chiqib ketishi,

  3. bo`yinlarni yeyilishi va xokazo.

Turli nuqsonlarni kelib chiqishiga ko‘proq mashinani extiyotsizlik bilan ishlatish sabab bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, yigiruv barabanlari yuqori kuchlanishda ishlaydi. Bu kuchlanish oddiy usul bilan ta’sir qilsa xam barabanning mustaxkamligiga uncha ta’sir qilmaydi. Barabanning mustaxkamligi buzilishi taranglik kuchi ta’sirida bir qancha kritik bosimlarni keltirib chiqaradi. Barabanlarning me’yoriy ishlashini buzilishi mashinaning ishlash qobilyatiga ta’sir qiladi, shuning uchun fabrikalarda barabanlarni ta’mirlashga katta axamiyat beriladi. Seksiyali mashinalarda ta’mirlanishi zarur bo`lgan barabanlar seksiya bo`yicha chiqariladi.
Nuqsonli tunuka barabanlarni ta’mirlashga quyidagilar kiradi:
1) pachoqlanganlari to‘g‘rilanadi;
2) birikish joylari biriktiriladi;
3) zvenolar almashtiriladi;
4) singan patronlar va yeyilgan shpindel bo‘yinchalari almashtiriladi;
5) balansirovka qilinadi.
4.Barabanlarni muvozanatlash (balansirovkalash)
Aylanuvchi barabanlarni muvozanatlash uning biror elementidagi sozlanmagan ortiqcha massani sozlashdan iboratdir. Ushbu sozlanmagan ortiqcha massani aniqlashning xozirgi ikki usuli mavjuddir:

  1. Statik usul.

  2. Dinamik usul

Statik usulda ortiqcha massani aniqlash uchun asosan xar xil trapetsiyasimon prizmalar kerak bo‘ladi. Ushbu prizmalarga aylanuvchi baraban rasmda ko‘rsatilgandek qo‘yilsa, agar baraban sozlanmagan massaga ega bo‘lsa, baraban aylanib o‘sha ortiqcha massasi eng pastki nuqtaga kelib qoladi. Agar baraban muvozanatlangan bo‘lsa, gorizontal prizmaga qo‘yish bilan u tinch xolatda aylanmasdan turadi.
Dinamik balansirovkada, tekshiriluvchi baraban rasmda ko‘rsatilgandek, ikkita podshipnikli tayanchga o‘rnatilib, aylantiriladi. Tayanchlar prujinali bo‘lib, ularni xam qatirib xam bo`shatish mumkin bo‘ladi. Baraban to‘liq tezlanish olgandan so‘ng xarakat uzib qo`yiladi va tayanchlardan ixtiyoriy birortasi bo‘shatiladi. Baraban tebranish berib xarakat qila boshlaydi va sekin-asta aylanish so‘nib boradi. Ushbu qurilmada ikkita tebranish xosil bo‘ladi. Ya’ni tayanchni tebranishi va barabanning xususiy tebranishidir. Shunday vaqt keladiki, xar ikkala tebranish bir xil bo‘lib qoladi. Shunda rezonans xodisasi yuz beradi. Ushbu xolatni indikatorlar yordamida aniqlash mumkin.
Nazorat savollari



  1. Detallarni muvozanatlash asoslari qanday?

  2. Yig`ma qismlarni qanday muvozanatlanadi?

  3. Dinamik muvozanatlash nima.

  4. Sanoat mashinalaridagi barabanlarni tushuntiring.

  5. Barabanlarni muvozanatlash ya’ni balansirovkalash

Yüklə 42,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə