Detallarni va yig`ma qismlarni muvozanatlash asoslari. Dinamik muvozanatlash. Sanoat mashinalaridagi barabanlar



Yüklə 42,51 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü42,51 Kb.
#182077
1   2   3
Lecture 10 (1) (1)

Muvozanatlash ikki xil: statik va dinamik muvozanatlashga bo‘linadi. Statik muvozanatlash detal og‘irlik markazi O2 ning aylanish mexvari 0 ga mos kelmasligi natijasida paydo bo‘lgan nomuvozanatlik, statik muvozanatlash yo‘li bilan bartaraf etiladi. (3.30-rasm).
Statik muvozanatlashda detal 1 prizma 2 ga o‘rnatiladi. Nomuvozanat detal muvozanatlanmagan vazn m tasirida o‘zining aylanish o‘q chizig‘i «0» atrofida buraladi, uning og‘ir tomoni quyi xolatga kelib to‘xtaydi.
Detalni muvozanatlash uchun m vaznli toshni aylanish markazi 0 dan R masofada maxkamlash kerak. Tosh vazni m va masofa R ni shunday tanlash kerakki, bunda RM = R1m1 sharti bajarilsin. Muvozanatlashda ko‘pincha detalning og‘ir tomonidan oz miqdorda metall olib tashlanadi (parmalanadi, frezalanadi). Odatda unchalik uzun bo‘lmagan va nisbatan katta diametrli detallar (shkivlar, maxoviklar, ilashish muftasining disklari) statik muvozanatlanadi.
2.Dinamik muvozanatlash.
Bo`yi diametriga nisbatan ancha uzun bo‘lgan detallar (tirsakli vallar va kardanli vallar) ning nomuvozanatligi dinamik muvozanatlash yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Faraz etaylik, detal diametral qarama-qarshi tomonda joylashgan m1 va m˚1 vaznli toshlar bilan statik muvozanatlangan. Detal 00 mexvari atrofida aylanganda qarama-qarshi yo‘nalgan ikkita markazdan qochma kuchlar J1 va J2 paydo bo‘lib, bular l yelkada juft kuchlar xosil qiladi. Markazdan qochirma kuchlar ta’sirida moment paydo bo‘ladi. Bu moment detalni tayanchlardan chiqarishga intilib, ularda qo‘shimcha yuk xosil qiladi. Detal qancha uzun bo‘lsa, moment shunchalik katta bo‘ladi.


3.30-rasm. Detallarni statik muvozanatlash sxemasi:
1-detal’; 2-prizma.

3.31-rasm. Detallarni dinamik muvozanatlash sxemasi.

Detalni dinamik muvozanatlash (3.31-rasm) uchun m1 va m2 vaznli toshlar joylashgan nuqtalarga qarama-qarshi tomonlarda ularga vazni m˚1 va m˚2 jixatdan teng toshlar o‘rnatiladi.
Detalni aylantirganda bu toshlar markazdan qochirma kuchlar M va M1, momentini xosil qiladi. Bu moment m1 va m2 vaznli toshlardan paydo bo‘lgan o‘zaro bir-bir bilan muvozanatlashadi.
Dinamik muvozanatlashda detal egiluvchan tayanchlarda aylantiriladi. Tayanchlardan birining eng katta tebranish amplitudasi o‘lchanadi. Detalga vazni taxminiy tanlangan tosh biriktiriladi, so‘ngra tosh vaznini oz-ozdan o‘zgartirib, bu tayanchning tebranishi yo‘qotiladi. Bu ishlar detalning boshqa uchun xam takrorlanadi.
Agar detal bir necha marta aylantirilganda bir xolatda to‘xtasa, u statik muvozanatlangan xisoblanadi.
Dinamik muvozanatlashda ikkala turdagi nomuvozanatlik yo‘qoladi. Dinamik muvozanatlashda detalga qo‘shimcha biriktirilishi lozim bo‘lgan tosh yoki detaldan kesib olinadigan metall vazni va o‘rni aniqlanadi: shunda detal xam statik, xam dinamik muvozanat xolatiga keladi.
Dinamik muvozanatlash avtomatlashtirilgan elektr muvozanatlash stanoklarida amalga oshiriladi (3.32-rasm). Bu stanoklar 1—2 minut ichida metallni parmalash chuqurligi va diametri, biriktirish lozim bo‘lgan tosh vazni, qarama-qarshi tomonga o‘rnatiladigan tosh o‘lchamlari va o‘rni, ularni maxkamlash o‘rnilari yoki kesib olinadigan joyi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Bundan tashqari, muvozanatlangan yig‘ma qismning aylanish tayanchlarining tebranishlari 1 mm gacha aniqlik bilan qayd etiladi. Stanok quyidagicha ishlaydi.
Tayanchlar 1 va 3 ga o‘rnatilgan tirsakli val 2 yuritish vali 5 bilan aylantiriladi. Agar tirsakli val muvozanatlanmagan bo‘lsa, tayanchlar nomuvozanatlik kuchlari ta’sirida siljib, g‘altaklar 6 va 11 ni o‘zgarmas magnitlar 7 va 10 da ko‘chiradi. Shunda g‘altaklarda paydo bo‘lgan elektr toki kuchaytirgich 9 yordamida kuchaytirilib, valning nomuvozanatlik darajasini ko‘rsatuvchi asbob 8 ga beriladi. Tirsakli valdagi muvozanatlanmagan vazn joylashgan tekislik generator 4 yordamida aniqlanadi.



3.32-rasm. Tirsakli vallarni dinamik muvozanatlash uskunasining sxemasi.


1 va 3-tayanch; 2-tirsakli val; 4-generator; 5-yuritish vali;
6 va 11-g‘altaklar; 7 va 10-magnitlar; 8-o‘lchov asbobi;
9-elektr toki kuchaytirgich.
Avtomobildan yechilgan g‘ildiraklar stanoklarda statik muvozanatlanadi (3.33- rasm). G‘ildirak stanok gupchagiga maxkamlanadi, bu gupchakning aylanish mexvari gorizantal joylashgan. G‘ildirakni aylantirib uning qaysi xolatda to‘xtashi belgilanadi. Agar g‘ildirak xar gal bir xolatda to‘xtasa, u nomuvozanat bo‘ladi. G‘ildirakning nomuvozanatligini aniqlashda shinadagi xavo bosimi 0,02—0,03 MPa gacha pasaytiriladi va undagi muvozanatlash toshlari yechib olinadi.
G‘ildirak quyidagicha muvozanatlanadi. G‘ildirak soat milining xarakat yo`nalishiga qarshi aylantiriladi va to‘xtagandan keyin uning yuqori xolati bo‘r bilan belgilanadi. G‘ildirak teskari tomonga aylantiriladi va yana unga belgi chiziq chiziladi. Ikkala belgi o‘zaro mos kelmasa, stanok valining podshipniklaridagi ishqalanish kuchlarining momenti ta’sir etgan bo‘ladi. Belgilar orasi teng ikkiga bo‘linadi va yangi belgi qo‘yiladi.
Toshlar prujinasimon plastina bilan maxkamlanadi. Plastinaning uchlari pokrishka yon devorining ostiga kirgiziladi. G‘ildirak yuqorida bayon etilgandek yana aylantiriladi. G‘ildirak to‘xtagandan keyin toshlar pasda joylashsa, bu toshlarning vazni muvozanatlash uchun yetarli xisoblanadi. Aks xolda to‘g‘inga vazminroq tosh biriktiriladi. Zarur vaznli tosh tanlanib, g‘ildirak aylanganda turli xolatda to‘xtashi ta’minlanadi.

3.33-rasm. Yengil avtomashinalarning g‘ildiragini dinamik


balansirovka qiluvchi stanok:
a-umumiy ko‘rinishi; b-sxemasi.
1-induksion datchik; 2-val; 3-elektron o‘lchash bloki; 4-o‘lchash asbobi;
5-lampa; 6-darajalangan disk; 7-tebranish tizimi.
Aylantirilgan g‘ildirakning turli xolatlarda to‘xtaydigan qilib muvozanatlash uchun toshlar o‘rtadagi belgidan ikki tomonga teng oraliqqa siljitiladi. Yengil avtomobillarning g‘ildiraklari uchun joiz statik nomuvozanatlik darajasi shinaning o‘lchamiga qarab 5-10 H sm dan oshmaydi.
G‘ildirakning nomuvozanatligini doimo xam statik muvozanatlash usuli bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Ba’zan statik muvozanatlashdan so‘ng g‘ildirakning aylanish tezligi oshirilganda, uning nomuvozanatligi bilinib qoladi va u maxsus stanoklarda dinamik muvozanatlash usuli bilan bartaraf etiladi.
Nomuvozanat g‘ildirak stanokda (3.33-rasmga qarang) dinamik muvozanatlanayotganda val 2 ni mexanik tebratadi. Bu tebranishlar tebranish tizimi 7 orqali induksion datchik 1 ga uzatiladi. Datchik mexanik tebranishlarni elektr impulslarga o‘zgartiradi. Impulslar elektron-o‘lchash bloki 3 ga keladi va o‘lchash asbobi 4 ga uzatiladi. Asbob shkalasiga qarab, g‘ildirakning nomuvozanatlik darajasi aniqlanadi. G‘ildirakning muvozanatlanmagan joyi lampa 5 va g‘ildirak bilan bir xil tezlikda aylanuvchi darajalangan disk 6 yordamida topiladi. Lampaning chaqnash payti g‘ildirakdagi muvozanatlanmagan joyning eng quyi xolatini ko‘rsatadi. Shundan keyin g‘ildirak to‘g‘ining yuqori nuqtasiga tashqi tomondan tosh o‘rnatiladi. Bu tosh vazni o‘lchash asbobi 4 ning ko‘rsatkichlariga qarab aniqlanadi.

Yüklə 42,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə