Development of pedagogical technologies in modern sciences international scientific-online conference 79 falsafiy antropologiya. Inson falsafasi


DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix26.10.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#132170
1   2   3   4   5   6
DPTMS0518

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 
82 
etadi. Homo sapiens evolyutsiyasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, oddiy biologik yoki 
ijtimoiy mezonlarga emas, balki biologik-ijtimoiy mezonlarga suyanish lozim. 
Inson ongli mavjudot. Bir zamonlar faylasuflarning ustozi Suqrot «0‘zingni 
bilsang, olamni bilasan», — degan edi. Falsafiy hikmatga aylanib ketgan bu fikr 
ortida olam kabi inson ham sir-u sinoatlarga boy, u o‘zini bilish orqali olam 
mohiyatini anglashga yo‘1 ochishi mumkin, degan g‘oya yotibdi. Shu ma’noda, 
inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo‘jiza va tadqiqot mavzui 
sifatida o‘rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni o‘ylantirib 
kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, tafakkurning kelib chiqish 
masalasidir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash 
masalasi — eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand 
ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, 
sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo‘lsa-da, ongning 
mohiyati, uning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni 
o‘rganish bilan aynan falsafa shug‘ullanadi. Ongning mohiyati masalasi eng 
qadimiy muammolardan biri ekan, uni anglash jarayonida turli xil javoblar 
bolgan ligi tabiiy. Bu savolga eng qadimiy javob diniy va mifologik qarashlar 
doirasida berilgan. Ongni diniy tushunish uni ilohiy hodisa, Xudo yaratgan 
mo‘jiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. Ko‘pgina dinlarda inson ongi 
Xudoning, buyuk ilohiy aqlning mittigina aks etishi, uning namoyon bo‘lish 
shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qadimiy bolsa-da, 
ular hamon o‘zining ko‘plab tarafdorlariga ega. Zero, u olam va odamning 
yaratilganligi masalasi bilan bevosita bogliqdir. Kimda-kim olam va odam 
yaratilganligini tan olar ekan, ong ham Yaratganning qudrati ekanligini tan olishi 
tabiiy. Barcha dinlar kabi islom dinida ham ana shunday qarash e’tirof etiladi va 
ong, tafakkur Yaratganning insonga in’omi, ilohiy mo‘jizalar sifatida tavsiflanadi. 
Bunday qarashlardan farq qiladigan va ong muayyan moddiylikning miyada aks 
etishi deb tushunishda, uning mohiyati inson tanasi faoliyati bilan boglab talqin 
etiladi. Bunday qarashlar ham qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni 
bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog‘lashga harakat qilgan qarashlar ham 
shakllandi. Ayni paytda materialistik yo‘nalish nomini olgan bunday 
yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham 
paydo bolgan. Falsafa tarixida «Vulgar materializm» deb nom olgan oqim 
namoyandalarining qarashlari bunga misol bola oladi. Ularning fikricha, xuddi 
jigar safro ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqaradi. Bunday 
yondashuv natijasida ong ma’naviy emas, balki moddiy hodisa, degan xulosa 
chiqadi. Vaholanki, safroni ko‘rish mumkin, ammo ongni ko‘rib ham, ushlab ham, 



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə