Development of pedagogical technologies in modern sciences international scientific-online conference 79 falsafiy antropologiya. Inson falsafasi


DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix26.10.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#132170
1   2   3   4   5   6
DPTMS0518

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 
81 
o‘zini tashkil qilib turgan kishilar faoliyati, o‘zaro munosabati va umrguzaronligi 
bilan tirikdir. Shu ma’noda inson — har qanday jamiyat bor bolishini ta’minlab 
turadigan asosiy ijtimoiy elementdir. Bunday ta’minlab turish insonni individual 
— shaxsiy ishtiroki orqali, ya’ni biror guruh, qatlam, sinf, qavm, elat, xalq yoki 
millat doirasidagi faoliyati, oila va turmushdagi xatti-harakati, amalga oshirgan 
ishlari, yaratgan boyliklari, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan munosabati orqali 
namoyon boladi. Hozirgi ilmiy adabiyotlarda insonning tabiiy-ijtimoiy borligi 
mavjudligi tan olinadi. Bu borada biologik yondashuv insoniy munosabatlar 
me’yorlarining evolyutsion-biologik asoslariga e’tibor qaratadi. Unga ko‘ra 
odamzotining shaxsga aylanishi, o‘z qadrini va o‘zgalar qadrini anglash jarayoni 
uzoq yillar davom etadi. Dastlab, norasida go‘dak uchun Ona ko‘kragi, suti, allasi 
eng buyuk qadriyat bolsa, ona qolidan tushgan, Ona ko'kragidan ajralgan bola 
uchun esa, asta-sekin atrof-muhit, o‘zi yashayotgan makon, o‘zga kishilar va o‘zi 
ham qadriyatga aylanib boradi. Bu davrda u o‘z shaxsiy ehtiyoji va maqsadlarini 
o‘ziga xos qadriyat ko‘zgusi orqali ko‘radi, o‘ziga kerakli va zarur narsalarni 
muhayyo qilishlarini ko‘proq xohlaydigan, talab qiladigan bolib qoladi. Bolalar 
hayotini ko‘pgina tadqiqotchilari kamolotning bu muhim davrida 3-6 yosh o‘z 
qadrini oshirish va shaxsini ko'proq sevish bolalik egoizmi mavjud bolishini 
ta’minladilar.
Albatta inson ilk bolalik davrida qolib ketmaydi, ota-ona, qarindosh-urug‘, 
dastlabki o‘qituvchilar uni qadriyatlar mezonini anglashida muhim o‘rin tutadi, 
shu tariqa inson kamolot sari boradi. Bu jarayonda yetuk shaxsga aylanish 
imkoniyati bolgan odamzod naslining har bir vakili oilaviy, ma’naviy-axloqiy, 
milliy, ijtimoiy qadriyatlar ta’sirida tarbiyalanadi, shu bilan birga, shaxsiy 
jihatlari, qadrlanadigan sifatlari va xususiyatlari kamolotga yetib boradi. Bu 
jarayonda shaxsning o‘zi ham ijtimoiy qadriyat sifatida shakllanib, o‘z qadrini 
namoyon qilib boradi. Inson tabiati bilan bogliq bu jarayonni sotsial yondashuv 
tarafdorlari ijtimoiy ahamiyatga molik sabablar bilan tushuntiradi va insonning 
ijtimoiy funksional, «qandaydir genlar»ga e’tibor bermasdan foydalanish 
mumkin bolgan davlat mashinasi unsuri sifatidagi obrazini yaratadi. «Inson 
barcha ijtimoiy munosabatlar majmuyidir» degan shior aynan ijtimoiylik inson 
hayoti substansiyasi, negizini tashkil etishini tushunish imkonini beradi. Hozir 
G‘arb adabiyotlarida «mind — bodi» (aql — tana), «nature — nurture» (tabiat — 
tarbiya) muammosi muhokama qilinmoqda. Ammo asosiy muammo ko‘rsatib 
o‘tilgan mohiyatlarni mufassallashtirishda emas, balki insonning yagona 
obrazini yaratishdadir. Bu esa ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy sohalardagi 
bilim yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan kompleks yondashuvni taqozo 



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə