Development of pedagogical technologies in modern sciences international scientific-online conference 79 falsafiy antropologiya. Inson falsafasi


DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix26.10.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#132170
1   2   3   4   5   6
DPTMS0518

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN 
MODERN SCIENCES
 
International scientific-online conference 
80 
Xullas, odamzod uchun o‘zi va o‘ziga o‘xshagan boshqa kishilar, ularning 
xususiyatlari, jamiyatdagi o‘rni, qadri, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq 
muammolar azalazaldan eng asosiy tadqiqot va kuzatish obyekti bolib 
kelmoqda. Suqrotning «O‘zligingni angla», «O‘zingni bilsang, olamni bilasan» 
degan hikmatli so‘zlari har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. 
Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug‘ 
mutasavvuf Abdulxoliq G‘ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. 
Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita 
daxldordir. Umuman olganda, insonga daxldor bolmasa, unga foyda keltirmasa, 
jamiyatning oglrini yengil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu 
ma’noda, inson, avvallo, o‘zi uchun zarur bolgan fanlarni, ilmlar va bilimlar 
tizimini yaratgan. Bu borada «Odam», «inson», «shaxs» tushunchalari qollaniladi 
va ularni kundalik hayotda qariyb bir xil ma’noda ishlatish hollari uchraydi. 
Ammo ular orasida ilmiy jihatdan muayyan farqlar ham yo‘q emas. «Odam» 
tushunchasi biologik va ijtimoiy jihatlarni o‘zida mujassamlashtiradigan tirik 
jonzotga, odam zotiga nisbatan ishlatiladi. Odam zotini boshqa jonzotlardan farq 
qiluvchi eng muhim belgilari ong, axloq, xulq, bilim, ijtimoiy mehnat qila olish 
qobiliyati va boshqalardir. «Inson» tushunchasi esa odam zotini muayyan 
darajadagi ijtimoiy xususiyatlar va jihatlarni o'zlashtirib olganligi bilan bogliq 
kamolot darajasini ifodalaydi. Ijtimoiylik «shaxs» tushunchasi uchun ham asosiy 
xususiyatdir, ammo bunda ijtimoiy jihatdan ma’naviy-axloqiy kamolotga 
yetganlik tushuniladi. Ilmiy adabiyotlarda inson va shaxsga nisbatan rang-
barang ta’riflarni, turli xil talqinlarni uchratish mumkin.
«Inson» tushunchasi va uning falsafiy talqini. Inson avvalo tiriklikning eng 
oliy mo‘jizasi, boshqa jonzotlardan ajralib turuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida
tabiiy-tarixiy qadriyatdir. Insonni ontologiya /grekcha — borliq, nazariya, 
ta’limot/ va antropologiya /grekcha — inson, ta’limot/ nuqtayi nazaridan, ya’ni 
insonni borliqning bir qismi sifatida talqin qilish /ontologiya/ va uni vujudga 
kelishi, ijtimoiy xususiyatlarining shakllanishi bilan bog‘liq tadqiqotlar 
/antropologiya/ hamon davom etmoqda. Inson — tarixiy taraqqiyot jarayonida 
turli xislatlar, sifatlar va xususiyatlarga ega bolgan, ma’naviy-axloqiy jihatlarni 
qiyofasida aks ettirgan ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatdagi asosiy qadriyatdir. 
Shu bilan birga u olamga ijtimoiy munosabatda bolish, odamlar bilan muomala 
va aloqaga kirishish, mehnat qilish asosida moddiy va madaniy boyliklarni 
vujudga keltirish, tafakkuri, his-tuyg‘ulari, fikrlarini tili vositasida ifodalash kabi 
xususiyatlarga ega bolgan umumijtimoiy vujud hamdir. Inson jamiyatsiz 
yashayolmaganidek, jamiyat ham insonsiz mavjud bolmaydi. Har qanday jamiyat 



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə