Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Tayanch tushunchalar



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/12
tarix19.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#153432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Didaktika- ma ruza

Didaktikaning predmeti sifatida o’rgatish (o’qituvchi faoliyati) va o’rganish (o’quvchilarning bilish faoliyati), ularning o’zaro harakati aks etadi. faoliyati o’quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o’quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o’quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. O’quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o’tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi. O’z navbatida o’quvchilarning faoliyati o’quv jarayonida o’rganishga, bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallashga, o’zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo’naltiradi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning faoliyati ko’p qirrali yo’nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi. Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o’zaro bog’liqlikda joylashadi. Didaktika o’qitishning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Aniq bir predmetni o’qtishning o’ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi.
O’rgatish – o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
O’rganish – anglash,мashq qilish,va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi.
O’qitish – qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati. Ta’lim – o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
Bilim – ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari yig’indisi;
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: o’rgatish, o’rganish, o’qitish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija.
Ko’nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini egallash.
Malaka – avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning takomillashgan darajasi.
Kompetensiya – egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish layoqati. Maqsad – o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo’sinda safarbar etilishi.
Mazmun – o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi.
Tashkil etish – qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Shakl – o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i, mazmuni uchun qobiq. Metod – o’qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo’li.
Vosita – o’quv jarayonining predmetli qo’llab-quvvatlanishi, yangi materialni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt.
Natija – o’quv jarayonining so’nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə