Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta`lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida urganadi


Hozirgi zamon o‘qituvchisining darsga tayyorgarligi



Yüklə 34,86 Kb.
səhifə3/3
tarix24.09.2023
ölçüsü34,86 Kb.
#123639
1   2   3
Didaktikaning predmeti

Hozirgi zamon o‘qituvchisining darsga tayyorgarligi
O’quvchilarning muhim tarkibga ega bo’lgan va sinf deb atalgan guruhi aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda o’qituvchi rahbarligida o’quv jarayonining tashkil etilishi dars deb ataladi.
Dars jarayoni samaradorligi o’qituvchining darsga puxta tayyorlanishi bilan belgilanadi. E’tiborsizlik bilan rejalashtirilgan va puxta tayyorlanmagan, o’quvchilar imkoniyatlari bilan uyg’unlashmagan dars samarasiz bo’lishi mumkin. Shuning uchun birinchi navbatda har qanday o’qituvchi darsga puxta tayyorgarlik ko’rishi lozim.
Darsga tayyorlanish bu - bir butun dars loyihasini tizimli ketma-ketligini ishlab chiqish bo’lib, ayni paytda pirovard natijasini ta’minlaydigan o’quv-tarbiya jarayonidir.
O’qituvchining darsga tayyorgarligi quyidagicha olib boriladi:
1. O’qituvchining o’z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.
2. O’qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.
O’qituvchining umumiy tayyorgarligi o’quv yili boshlanishi oldidan va yillar davomida amalga oshiriladi. Tayyorgarlik ko’rishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
 o’quv yili boshlanishiga qadar o’quv dasturini o’rganish, mavzu bo’yicha qo’yilgai Davlat ta’lim standart talablarini o’rganib chiqish, o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni aniqlash kabi vazifalarini belgilab olish;
 fanga oid ilmiy, metodik va ilmiy-ommabop adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;
 fanga oid yangi nashr qilingan ko’rgazma materiallarni, o’quv tajriba jihozlarni o’rganish;
 ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish, tahlil qilish va o’z ustida ishlash orqali bilimini kengaytirish;
 o’z fani sohasida ma’lumotlarni to’plash, muammoli masala va topshiriqlarni, test materiallarini jamlashdan iboratdir.

O’qituvchining umumiy tayyorgarligi uning fan bo’yicha tuzgan taqvim-mavzu rejasida aks etadi. Taqvim-mavzu reja fan o’qituvchisi tomonidan tuzilib, metod birlashma yig’ilishida muhokama qilinadi, ma’qullangandan so’ng ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi.


O’qituvchiiing har bir darsga kundalik tayyorgarligi. O’qituvchining har bir darsga sifatli tayyorlanishi darsni tashkil etish, o’quvchilarga beriladigan bilim, ko’nikma va malakalarni qay darajada o’zlashtirilishini ta’minlaydi. Darsga tayyorlanish algoritmi, barcha omillar, holatlarni hisobga olish va kafolatlaydigan izchil tadbir bo’lishi zarur. Shuning uchun har bir darsga tayyorlanishda quyidagi tavsiyalarga rioya qilishi lozim:
Darsda o’quvchi shaxsini rivojlantirish uchun avvalo, uning idrokini, xotirasini kuchaytirish asosida o’quv materialining xotirada saqlanishini taьminlash zarur. Darsning maqsadiga erishish uchun o’quv materiallarini to’g’ri tanlash, bunda - o’quvchilarning bilim saviyasini hisobga olish va darsni jihozlashga jiddiy e’tibor berish, o’quv materiallar o’quvchilarga tushunarli
bo’lishi uchun ta’limning metod va usullarini o’rinli qo’llash ham muhimdir. Dars o’qituvchiga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Shunga ko’ra, atroflicha tayyorlanish tajribali o’qituvchi uchun ham yosh o’qituvchi uchun ham zarur. O’qituvchi o’z vazifasini sifatli bajara olishi uchun o’quvchilar shaxsini har tomonlama o’rganishi shart. O’quvchi shaxsini o’rganish oddiygiia tadbir emas, balki ta’lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishishning eng muhim yo’lidir.
Shuning uchun birinchi navbatda sinf jamoasining o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish lozim:
 o’quvchilarning bilimi va o’zlashtirish saviyasi;
 o’quvchilarning fanga bo’lgan munosabati;
 sinfning ishlash tezligi;
 bilim, ko’nikma va malakalarning shakllanganligi;
 har xil turdagi o’quv jarayoniga munosabati;
 o’quvchilarning intizomi.

Ikkinchi navbatda esa har bir o’quvchining individual xususiyatlarini e’tiborga olish zarur:


 nerv tizimi turlarining shakllanganlik darajasi;
 o’zaro fikr almashuvi;
 hissiyotga beriluvchanlik;
 materialni o’quvchilar tomonidan qabul qilishini boshqarish;
 yomon kayfiyatni tarqatish yo’llarini bilish;
 o’zining bilim va qobiliyatiga ishonish;
 xar xil ta’lim vositalaridan foydalanishni bilish.

O’qituvchi oldida turgan vazifalardan biri o’quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko’tarish talab qilinadi. Demak, o’qituvchi har bir darsni rejalashtirganda darsni puxta o’tkazilishini ta’minlash uchun talab darajasida dars ishlanmasini batafsil tuzishi, aniq vaziyatni e’tiborga olib darslarni turli xil shaklda o’tkazishi lozim.


O’qituvchi tomonidan kundalik darsga tayyorgarlik quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi zarur:
 taqvim-mavzu reja asosida dars mavzusini, maqsad va vazifalarni, dars shakli va turlarini tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash;
 o’quvchi darsda bilib olishi va eslab qolishi zarur bo’lgan asosiy mazmunni ajratib olish;
 darsning strukturasi, turi, metodlari va o’qitish usullarini belgilab olish;
 fanlararo bog’lanishni aniqlash va undan darsda foydalanish yo’llarini belgilab olish;
 o’qituvchi va o’quvchilarning darsdagi faoliyatlarini rejalashtirish;
 darsning didaktik vositalarini tanlash (rasmlar, tarqatma materiallar, jadvallar, chizmalar va boshqalar);
 o’quvchilarning darsdagi mustaqil faoliyatlari hajmini belgilab olish;
 darsda olingan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash usul va shakllarini belgilab olish;
 uy vazifasining hajmini belgilab olish;
 darsni yakunlash shakllarini belgilab olish;
 belgilangan talablar asosida darsning ishlanmasini yozish.

ukuvchilar tomonidan bilimlarning muvaffakiyatli uzlashtirishini ta`minlovchi metodika ishlab chikiladi, uning moxiyati kuyidagichadir:


1. Butun sinf yoki kurs uchun tula uzlashtirish etaloni, mezonnini anik belgilab olish asosida ukituvchi ta`lim yakunida erishilishi kerak bulgan anik natijalarning ruyxati va unga muvofik keluvchi testlarni tuzadi.
2. Ukuv birliklari, ya`ni, ukuv materiallarining yaxlit bulimlari kursatiladi, ularni uzlashtirish natijalari aniklanadi, yakuniy baxoga ta`sir kursatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning vazifalari – tuzatish, korreksiyalashdan iborat.
3. Tula uzlashtirishga yunaltirilgan xar bir ukuv kurs materiallarini uzlashtirish darajasini baxolash uchun test sinovlarini utkazish. Bu urinda xar bir ukuvchiga baxo va ta`lim maksadlarining axamiyatini tushuntirish muxim.

Predmetlarni bush va urtacha uzlashtiruvchi ukuvchilarning kobiliyatlarini jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi.


Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AkSH va boshkalar) ta`lim tizimlari tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) paradigma goyalariga muvofik ish kurilganda 70 % ukuvchilar yukori natijalarni kayd etganliklarini kursatadi.
Yukorida kayd etilgan ta`lim yunalishlari uzida insonparvarlik goyalarini ifoda etmagan, ular bola dunyokarashining rivojlanishi, shaxsning rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning muxim urin tutishini nazarda tutmaydi.
3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga kura (A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vugodskiy va boshkalar) ta`lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida uziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maksadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yunaltiradi. Ta`limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» – xisoblangan, ya`ni, mashxur, aloxida nodir odam) modeli ukuvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini xisobga olib, ularning talab va kizikishlariga xurmat bilan munosabatda bulishni kuzda tutadi. Uning vakillari ukuvchini nodir shaxs deb xisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi xar bir ta`lim tizimi ijodiy rivojlanadi va ukuvchi xamda ukituvchining erkinligi va ijodkorligini yoklaydi.
Gumanistik paradigma goyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz ta`lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning dikkat markazida ukuvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual extiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy xal etilishi yotadi. Ayni vaktda respublika ta`lim muassasalarida kuyidagi goyalarga amal kilinmokda: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman xar bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga urganmasa, berilgan ta`lim samarasi past bulishi mukarrar. ... Mustakil fikrlash – xam katta boylikdir”1.
Ezoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, fakatgina biluvchilar uchun muljallangan insonning dunyo bilan uzaro alokalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning moxiyati xakikat abadiy va uzgarmas, doimiy ekanligini ta`kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari xakikatni bilib bulmasligi, unga fakatgina faxmlash asosida erishish mumkinligini ta`kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maksadi koinot bilan mulokot, ukuvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, ukituvchining ximoyalash vazifasi muximdir, u ukuvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma`naviy, jismoniy, psixik jixatdan rivojlantirishga yunaltiradi.
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maksadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta`lim oluvchilarga “anik” ilmiy bilimlarni berish va ularning uzlashtirilishini ta`minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs kimmati uning urganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (urtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulk-atvor egasi bulsagina kadriyat sifatida e`tirof etiladi degan goya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
Sunggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta`limni ijtimoiy institutlar, ya`ni, maktab va oliy ta`lim muassasalaridan tashkarida tashkil etish goyasini ilgari suradi. Bu ta`lim “tabiatda” - Internet, “ochik maktablar” – kompyuterlar vositasida ta`lim dasturlariga (masofadan ukitish) muvofik ukitish samarali deya
ХII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr etilishi. Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari
988-yilda xristian dinini qabul qilingan Krill va Mefodiylar grek alfabiti asosida kirill alifbosini ishlab chiqdilar. Sharqiy slavyan tili rus yozuvi uchun asos qilib olindi. Kiev Rusiga xristan dini bilan birga vizantiya madaniyatining ayrim elementlari ham kira boshlagan.
U vaqtlarda maktablar cherkov va monastor qoshida ochilar edi. Rus knyazlarning maslahati bilan 988-yilda knyaz Vladimir cherkov binosini qurib poplar tayinladilar va nomdor kishilarning, o'z mulozimlarining bolalarini yig'ib o'qitdi.

1028 yilda knyaz Yaroslov Novgorod shahrida “oqsoqollar va poplarning” bolalaridan 300 ga yaqinnini to’plab kitob o'qitgan.


Yuqoridagi ikki faktdan ma`lum buo’ishicha Rossiyada maktablar X asr oxiri XI asr boshlarida ochilgan. Rossiyadagi dastlabki maktab cherkovlar va monastorlar huzurida ochilgan va kutubxonalar tashkil etilgan.


XI-XII asrlarda Kiev davlatining madaniyati g'arbiy Yevropadagi yirik davlatlarning madaniyatidan ancha kuchli edi. Rus knyazlari va boyarlari orasida o’qimishli, madaniyatli kishilar bo'lgan. Knyaz Yaroslov birinchi marta kutubxona ochgan, uning tashubbusi bilan grek timlidagi kitoblar rus tilida tarjima qilingan.


Knyaz Svyatoslov ma`lumotli kishilarni o'z atrofiga to’plagan. Svyatoslav o'z zamonasining eng ma`rifatli kishisi edi. XI asr oxirida “Svyatoslav to’plami” nashr qilingan.


Kiev rusning madaniyati – rus, ukrain va belarus xalqlari madaniyatining o'sishiga asosiy manba bo'lgan. Bu kabi faktlar shuni kursatadiki, XI-XII asrlar qadimgi rusda madaniyat va maorif rivojlangan. Ana shunday davrda rus pedagogik to’plamlari vujudga keldi: “Izmagarad” (zumrad) “Izbornik Svetoslava”,”Zlatuystroy”, “Zlatoust” kabilar. Bu to'plamlarda bola tarbiyasi haqidagi fikrlar tavsiya qilingan “Vladimir Monamaxning bolalarga nasihati” asari juda katta ahamiyatga ega. U bu asarida bolalarni Vatanni sevishga, Vatanni dushmanlardan himoya qilishga, harakatchan mehnatsevar, va botir kishilar bo'lishiga chaqiradi. U bolalarni insonparvar, kattalarni hurmat qiladigan, kichiklarni izzat qiladigan bo'lib tarbiyalashlarini talab qiladi.




XVI asrning ikkinchi yarimida cherkovlar qoshida maktablar ochila boshlaydi. Lekin bu maktablar rus ma`rifatining talabini qondira olmas edi. Natijada “Savod ustalari” tashkil qilingan.
Yüklə 34,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə