Didaktikaning predmeti va uning vazifalari


O‘QITISH JARAYONIGA NOAN’ANAVIY YONDASHISH



Yüklə 454,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix04.02.2023
ölçüsü454,79 Kb.
#100144
1   2   3   4   5   6
Didaktikaning predmeti va uning vazifalari

O‘QITISH JARAYONIGA NOAN’ANAVIY YONDASHISH
Respublikamizda ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha izlanishda 
o‘qitishning yangi shakllari asta-sekin mustahkam o‘rin olmoqda. Bular 
gimnaziya, ixtisoslashtirilgan sinflardir. Lekin ta’limning yangi shakllari, asosan, 
maktabning o‘rta va yuqori bo‘g‘inlariga daxldordir. Xo‘sh, boshlang‘ich 
maktabda nimalar bo‘layotir? Boshlang‘ich maktab har qanday holda ham 
o‘quvchilardagi bilimlarni shakllantirishda va ularning qobiliyatlarini aniqlashda 
asosiy rol o‘ynaydi, keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Ammo boshlang‘ich 
maktabdagi barcha o‘quvchilar, bolalarning qobiliyatlarini aniqlash va 
rivojlantirish uchun tegishli ishlarni amalga oshirayotirmi? Masalan, nima uchun 
yuqori sinflarda a’lo bahoga o‘zlashtiradigan bolalar soni kamayib bormoqda? 
Maktabni bitta yoki ikkita o‘quvchi oltin medal bilan bitirishini qanday tushunish 
kerak? Iste’dodli, qobiliyatli bolalar yo‘qmi yoki o‘qitish jarayoni shunchalik 
samarasiz bo‘lib qolganmi? Bularning sababi nima? Sababi ko‘p. Birinchidan, 
boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining bolalar bilan individual ish olib borish 
imkoniyati cheklangan. Sinflarda bo‘sh o ‘zlashtiradigan o‘quvchilarga e’tibor 
berish zarur. Ikkinchidan, mazkur o‘qituvchilarning metodik saviyasi yetarli emas. 
Sinfdagi umumiy ishlar jarayonida qobiliyatli bolalarning ijodiy imkoniyatlari 
cheklanib qolmoqda. Ular o‘z qobiliyatlarini ko‘rsata olmayotir. O‘quvchining 
butun kuchi va e’tibori sinfga qaratilib, qobiliyatli bolalar ko‘zga tashlanmayotir. 
Umuman aytganda, xususan, bolalarni saralash va o ‘qitishga boshqacha 
yondashishi bilan ularning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish kerak. 


Boshlang‘ich maktab (I bosqich maktab) bola shaxsining ilk shakllanishini 
ta’minlashi, uning qobiliyatlarini aniqlash, o‘quvchilarda bilim olish ko‘nikmasi va 
istagini tarkib toptirishi kerak. Bunday maktabda o‘quv faoliyatining zarur 
ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, o‘qish, yozish, hisoblashni o‘rganadilar, 
ijodiy fikrlash elementlarini, madaniy nutq va xulqni, shaxsiy gigiyena hamda 
sog‘lom turmush asoslarini o‘rganadilar. Mana shu umumiy vazifalarni amalga 
oshirish uchun maqsadlarning ustunligini jiddiy, tubdan o‘zgartirish, avvalo, 
predmetlarga doir bilimlar, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishning an’anaviy 
maqsadi o’rniga bola shaxsini, o‘quv faoliyatini shakllantirish asosida tarbiyalash 
maqsadi egallaydi, lekin bunda an’anaviy predmetlarga doir ko‘nikma va 
malakalarning shakllanish darajasiga e’tibor sustlashmasligi lozim. Boshlang‘ich 
ta’limning muayyan maqsadlarini ishlab chiqishning haqiqiy ahvoli shundaki, 
yangi ustunliklar nazariy va amaliy ustunliklar jihatidan eng kam ishlab chiqilgan. 
Hozirgi kunda predmet ta’limining o‘quv dasturlarida belgilangan muayyan 
maqsadlari hozircha kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining yosh xususiyatlari 
va imkoniyatlaridan ajralib qolgan, ta’limning rejalashtirilgan natijalari va ularni 
baholash mexanizmlari nuqtayi nazaridan ifodalanmagan. Bu hol o‘quv faoliyatini 
shakllantirishga doir ishlar bilan predmetlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni 
o‘zlashtirish o‘rtasida uzilish mavjudligidan dalolat beradi. Boshlang‘ich 
ta’limdagi maqsadlar ustunligining almashinuvi faqat predmetlar o‘rtasidagi nisbat 
(asosiy va ikkinchi darajalilik)ning o‘zgarishiga olib bormaydi, balki shaxsni 
kamol toptirish vazifalarini kengroq va to‘laroq amalga oshiradigan yangi, 
uyg‘unlashgan kurslarni ishlab chiqishning asosini ham vujudga keltiradi. Bunday 
kurslarni va ularning dasturlarini ishlab chiqish nihoyatda zarurdir. Shu bilan birga, 
kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining yosh imkoniyatlarini hisobga oladigan va 
ularda o‘quv faoliyatini shakllantirishga qaratilgan yangi tipdagi ta ’lim 
vositalariga o‘tish juda muhimdir. Muayyan yo‘nalishdagi (matematika, til, estetik 
va jismoniy tarbiya hamda boshqalarga doir) maktablarga bolalarni yoshidan qat’i 
nazar qabul qilinadi, ya’ni olti va yetti yoshli bolalar farqlanmaydi. Bunda asosiy 
mezon ko‘rish va eshitish xotiralari, mantiqiy fikrlash hamda nutqdan iborat 
boiadi. Mana shu mezonlarga ko‘ra boshlang‘ich maktabning asosiy vazifasi: 
bolalarga kuzatish, o‘ylash, o‘qish va yozishni, o‘qilgan yoki aytilgan materialning 
asosiy ma’nosini ajratish va tahlil qilishni, muammoli vaziyatlarni turli 
variantlarda hal etishni o‘rgatishdir. Sinfning ahvoliga muvofiq o‘qituvchining eng 
muhim vazifalari: o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishga tayyorligini aniqlash 
va rivojlantirish; keyin o‘qitishning individual shakli metodikasini ishlab chiqish, 
bolalarning qobiliyatlari va ijodiy qiziqishlarini takomillashtirish; ularning 
tafakkuri hamda o‘qitish dasturini maksimal darajada o‘zlashtirish iqtidorini 
o’stirish; bolalarning o‘ziga xos va shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish; ularni 
chuqurlashtirish; bilimlar asosida maktabning o‘rta zvenosidagi
o‘qishga 
tayyorlashdir. 
O‘zbekistondagi 
maktablarning 
tajribali 
o‘qituvchilari 
bolalarni 
neyropsixologlarning ekspress-diagnostik tekshirish asosida tanlash metodidan 
foydalanadilar. Bu metod psixologiya fanlari doktorlari,professorlar B. Qodirov va 
G. Simernitskaya, dotsent S. Oxunjonovlar tomonidan ishlab chiqildi. 


O‘quvchilar I-IV sinflarda EHM bilan shug‘ullanib, mashqlarni mashinada 
ishlash malakalarini hosil qiladilar, matematika, tabiatshunoslik, mehnat darslari 
bo‘yicha o‘yin dasturlarini o‘zlashtiradilar, shuningdek, test asosida psixologik 
yo‘nalishdagi har xil mashqlarni bajaradilar. O‘yin shaklida olib borilgan til bilan 
bog‘liq darslarda ta’limning ikkinchi tilini o‘rganishda, asosan so‘zlarni, iboralarni 
eslab qolishga, o‘qish va yozish malakalarini shakllantirishga ahamiyat berildi. 
O‘qitishning gumanitar yo‘nalishlarini 

Atrofimizdagi olam



Tasviriy 
san’at



Musiqa va raqs

darslari tashkil etdi. Bunday darslaming vazifasi 
axloqiy va estetik tarbiyaning asosi bo‘lib, chinakam insoniylik sifatlarini va 
rahmdillikni, inson va tabiatning go‘zalligini ko‘ra olishni rivojlantirishdan iborat 
edi. Ta’limdagi noan’anaviy o‘quv jarayonining ana shu xildagi boyligi 
tibbiyotchilar va psixologlar tomonidan doimiy ravishda nazorat olib borilishini 
talab qiladi. Sinf psixologlarining asosiy vazifasi bolalarning o‘quv jarayoniga
psixologik barqarorlikka ko‘nikishini aniqlashdan iborat edi. Psixologlar darslarga 
kirishi, o‘quvchilar va ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazishlari lozim. Ular to‘plagan 
ma’lumotlar o‘quv jarayonini oldindan belgilash imkonini beradigan maxsus 
daftarlarga muntazam ravishda yozib borilishi shart. Sinf psixologining yana bir 
vazifasi xotirani rivoj lantirishga doir mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan iborat bo‘lib, 
bu ish ta’limning boshlang‘ich zvenosida juda zarurdir. 

Yüklə 454,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə