Didaktikaning predmeti va uning vazifalari


O‘QUVCHI BILIMINI TEKSHIRISH VA BAHOLASH



Yüklə 454,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix04.02.2023
ölçüsü454,79 Kb.
#100144
1   2   3   4   5   6
Didaktikaning predmeti va uning vazifalari

O‘QUVCHI BILIMINI TEKSHIRISH VA BAHOLASH 
Baholash o‘qituvchi uchun o‘quvchilar nimani bilishini va nimani bila 
olishini aniqlashga, ularning kamchilik va nuqsonlarini ochishga, yutuq 
tomonlariga suyanib zaif tomonlarini kuchaytirishga xizmat qiladi. O‘quvchilar 
bilimini tekshirish va baholashdan maqsad o‘quvchilar bilimining sifatini, 
rivojlantirish darajasini ta’minlash va ularni rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib, bilim 
olishga qiziqishini takomillashtirishdir, Bilimlarni tekshirish va baholashdagi 
asosiy kamchiliklar:
- uning vazifalarini (funksiyalarini) noto‘g‘ri tushunish; 
- ta’lim jarayonida uning rolini asossiz ko‘tarib yuborish; 
- tekshirish va baholashning darsda asosiy maqsadga aylanib qolishi; 
- bilimlarni tekshirish va baholashda bir xil texnologiyadan foydalanish; 
- baholarni qo‘yishda subyektivizmga yo‘l qo‘yish va aniq, asoslangan 
mezonlarning yo‘qligi; 
- o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashda bu jarayonni nazorat qiluvchi, 
ta’lim-tarbiya beruvchi muhim funksiyani bajarishni unutmaslik kerak. Bu nazorat 
qiluvchi uchun asosiy funksiya bo‘lib, ta ’lim beruvchi va tarbiyachi yordamchi 
funksiyadir. Biroq tekshirish maqsadi va ko‘rinishi turlicha bo‘lganda, bu uch 
funksiya turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tekshirishning yakuniy 
imtihon shaklini oladigan bo‘lsak (uni o‘tkazish usullari turlicha bo‘lishi mumkin), 
bunda nazorat qilish funksiyasi ustunlik qiladi (ta’limga vaqt qolmaydi). 
O‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirish bo‘yicha joriy tekshirish olib borilsa, 
bu holatda ta’lim beruvchi funksiyasi ustun bo‘lishi kerak. Tarbiya berish 
funksiyasi ham ustun bo‘lishi mumkin, masalan, o‘qituvchi ba’zi o‘quvchilarni 
sistemali ishlashga o‘rgatishga intiladi, baho bilan rag‘batlantirib, ularning ruhiy 
xususiyatlariga (irodasini rivojlantirish, xotirani mustahkamlash va h.k.) ta’sir 


etishga harakat qiladi, me’yoridan ortiqcha o‘ziga bino qo‘yish holatlarida bahoga 
qat’iy yondashib ish ko‘riladi. Umuman olganda, baho xolis (obyektiv) bo‘lishi 
zarur esa-da, biroq o‘z tabiatiga ko‘ra hamisha noxolis (subyektiv)dir. Ushbu 
funksiyalarga muvofiq o ‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashning aniq 
usullari tanlanadi. Tekshirishning ko‘p qo‘llaniladigan ikki xili mavjud: ular joriy 
va yakuniydir. Joriy tekshirishning hammaga ma’lum turlari quyidagilar: og‘zaki 
so‘rashning har xil shakllari, yozma uy vazifalarini tekshirish, yozma nazorat 
(mustaqil) topshiriqlari. Biroq, bunday an’anaviy shakllar bilan bir qatorda, turli 
perfokartalar yordamida tekshirish, kompyuter yordamida topshiriq bajarilishini 
tekshirish ham qo‘llanilyapti. Tekshirishning o‘ziga xos shakli o‘quvchilarni 
o‘qituvchi tomonidan kundalik, muntazam kuzatib turishdir. Tekshirishning turli-
tuman shakllari o‘ziga xos dars bosqichi kabi faqat an’anaviy 

so‘rash

jarayonidagina emas, balki butun dars mobaynida qo‘llaniladi. O‘qituvchi darsga 
tayyorlanishda tekshirishning zarur shakllarini izlash va uni qo‘llash eng muhim 
vazifa ekanligini unutmasligi kerak. Kimdan, qachon, qancha o‘quvchini 
tekshirish, qanday savollar bilan, qanday vositalar orqali so‘rash va baholash - 
bularning barchasiga o‘qituvchi darsga tayyorlanishda alohida e’tibor bermog‘i 
lozim. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchilar o‘z o‘rtog‘ining bilimi so‘ralayotganda 
ular nima bilan shug‘illanishi zarurligi haqida ham o‘ylashi kerak bo‘ladi. Har bir 
o‘qituvchining o‘z nazorat tizimi bo‘lishi lozim. Bu tizim ishning turli-tuman 
vositalari va usullarini qamrab olishi, o‘quvchiIar o‘qituvchining o‘z 
muvaffaqiyatlari, bilimlarni o‘zlashtirish darajasi va sifatini hamisha tekshirib 
turishini tushunsinlar. Tekshirish shakllari maktablarimiz ta’lim jarayoniga xos 
bo‘lgan, o‘quvchilarning bilimlarini faqat o‘zidan qabul qilishi, reproduktiv 
faoliyatini tashkil etish bilangina tugamasligi lozim. Nazorat (tekshirish) 
shakllarini tanlashda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish 
muhimdir. Yakuniy yozma ishlarga alohida talab bilan qarash zarurdir. Ularni 
o‘qituvchi o‘quv materialini ko‘pchilik o‘quvchilar o‘zlashtirib olganiga ishonch 
hosil qilgandan so‘ng o‘tkazish mumkin. Bunday ishlar o‘quvchilar uchun asosli 
bo‘lib, ularda o‘z kuchlariga ishonch xususiyatini shakllantirishga yordam beradi, 
aks holda esa o‘qitish jarayoniga qiziqishi pasayadi. Bilimlarni tekshirishning 
yozma va og‘zaki shakllari to‘g‘risida gapirilganda, ularning har biri o‘ziga xos 
xususiyatga ega ekanligini va o‘z vazifasi borligini aytib o‘tish darkor. Og‘zaki 
shakli - savolni tez idrok etish (reaksiya) ko‘nikmasini hosil qilish o‘quvchilar 
xotirasini rivojlantirishga yordam beradi. Yozma tekshirish esa mantiqiy 
mushohada (fikrlash)ni samarali kengaytiradi, javoblarda aniqlik ko‘proq 
bo‘lishiga o‘rgatadi. So‘nggi yillarda o‘quvchilar bilimini va rivojlanish darajasini 
aniqlash maqsadida turli test shakllaridan keng foydalanilmoqda. Bilimlarni 
baholashga qo‘yiladigan talablar. O‘quvchilar bilimini baholashga qancha xolis 
munosabatda bo‘linsa, u o‘quvchilarni shuncha rag‘batlantiradi. Qoidaga ko‘ra 
baho o‘quvchining darsdagi xulq-atvoriga mukofot yoki jazo sifatida emas, balki 
bilimi darajasi va xususiyatiga qo‘yilishi kerak. Bahoga qo‘yilgan talablar optimal 
(oshirib yuborilmagan ham, pasaytirib yuborilmagan ham) bo‘lishi lozim. 
Baholarni 

oshirish
≫ 
o‘quvchilar rivojlanish darajasini, bilimini pasaytiradi. Shu 
bilan birga, juda katta talab qo‘yish ham zararli bo‘lib, o‘quvchining o‘qishga 


bo‘lgan qiziqishini so‘ndiradi. O‘qituvchining o‘quvchilarga baho qo‘yishda salbiy 
munosabatiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, o‘quv predmetiga muvofiq keladigan 
dastur baholashning eng xolis mezoni bo‘lishi zarur. Maktablarimizda bilimlarni 
baholash o‘zgarishsiz qolmadi. 1935-yilgacha uch ballik baho qo‘yilgan bo‘lib, u 

juda qoniqarli



qoniqarli

va 

qoniqarsiz

baholar edi. O‘sha paytdan 
bugungi kungacha mavjud bo‘lgan besh ballik tizim joriy etildi. Bu tizimga ko‘ra: 

a’lo

(besh) - dastur talablariga to ‘liq hajmdagi bilimlami egallagan 
o‘quvchiga qo‘yiladi; 

yaxshi

(to‘rt) - dastur talablarini to‘la hajmda arzimas 
kamchiliklar bilan (masalan, materialni bayon etish mantiqi buzilgan va boshqalar) 
o‘zlashtirgan o‘quvchiga qo‘yiladi. 

qoniqarli

(uch) - o‘quvchining bilim 
darajasi juda past bo‘lib, unga keyingi materialni o‘rganishida ilgarilashiga yordam 
beradigan bilim hajmiga qo‘yiladi; 

qoniqarsiz

( ikki) -o‘quvchi o‘zidagi juda 
past bilimi bilan ilgarilashiga qodir bo‘lmasa qo‘yiladi; 

yomon

(bir) baho 
o‘quvchi hech narsani bilmaganda qo‘yiladi. Bu so‘nggi baho juda kam qo‘llanib, 
uning mazmuni deyarli 

ikki

bahoga tengdir. Bilimlarni baholashda xolislikni 
(obyektivlikni) saqlagan holda, ba’zi holatlarni ham nazarda tutish lozim: masalan, 
joriy yoki yakuniy bilimlar baholanadi (yozma ish, chorak bahosi va boshq.); 
o‘quvchining intilishi, uning o‘quv ishlaridagi barqarorligi va h.k. O‘quv fanining 
xususiyatlarini, ba’zi bo‘limlar, ularning aloqadorligini o‘zlashtirish holatini 
nazardan qochirmaslik zarur. O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholashning 
an’anaviy tizimi jiddiy nuqsonlarga ega, negaki u ta’limiy, tarbiyaviy, diagnostik 
va rag‘batlantirish funksiyalarini zarur darajada amalga oshirmaydi. Modomiki
shunday ekan, undan voz kechish yoki uni yana-da takomillashgan shakliga 
almashtirish maqsadga muvofiq emasmikan? Ehtimol, bahoning jazolash 
vazifasidan xalos bo‘lgan o‘quvchilar yaxshiroq o‘qish va ta ’limiy burchlariga 
ancha vijdonan munosabatda bo‘lar edilar. Bugungi kunda o‘quvchilarning o‘zlari 
bahoga 
qanday 
munosabatda 
bo‘lyaptilar? 
Boshlang‘ich 
sinflardagi 
o‘quvchilarning 98 foizi baho saqlanishi zarurligini aytadi. Bahoni bekor qilish 
o‘qitishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga, o‘qitishni ichki shakllantirishga yordam 
beradi, degan fikr ham o‘zini oqlamadi. O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining 
o‘quv faoliyatini baholash zarurligini qayd etganlar soni boshlang‘ich 
maktabdagidek bo‘lishiga ishonamiz, albatta. Baholarni bekor qilish maqsadga 
muvofiq emasligi bir qiziq psixologik tadqiqotdan ham ma’lum. Amerikalik 
psixologlar o‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga baho ta’sirini aniqlashga qaror 
qildilar. Eksperiment maqsadiga ko‘ra, bir sinfda o‘quvchilar muayyan vaqt 
davomida javoblarining aniqligi va to‘liqligiga e’tibor qilmay, faqat maqtaldi. 
Boshqa sinfda faqat tanqid qilindi, uchinchisida esa biror bir baho berilmadi. 
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bilish faoliyati maqtalgan sinflarda eng 
yuqori yutuqlarga erishilgan, eng yomon natija o‘quv faoliyati tanqid qilingan 
sinfda emas, balki bilish faoliyati sira baholanmagan sinfda vujudga keldi. 
O‘qituvchining o‘qitishga bo‘lgan havasi qanchalik ko‘p bo‘lmasin, bilish 
faoliyatining ichki motivlari qay darajada shakllangan bo‘lmasin, u hamisha tashqi 
motivlashtirishga, tashqaridan maqtash va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj boladi. 
Bola ko‘z o‘ngida o‘qituvchi qanchalik ahamiyatli, obro‘li bo‘lsa, uning maktabda, 
asosan, baholash va baholarda aks etuvchi maqtovlari shunchalik qadrli va 


ahamiyatli bo‘ladi. Pedagogik baholash bilimni dastur talablari va ta ’lim 
andazalariga qiyoslab aniqlabgina qolmay, balki o‘quvchilar bilim faoliyatini 
motivlashtiradi va rag‘batlantiradi. Yuqoridagilardan xulosa shuki, bahoni bekor 
qilish pedagogik jihatdan ham, psixologik jihatdan ham o‘zini oqlamaydi. Bunday 
qator kamchiliklari bo‘lsa-da, besh ballik baho tizimiga muqobil xili topilganicha 
yo‘q. Shuning uchun gap uni takomillashtirish, o‘quvchilar bilimini baholashda 
xatoga yo‘l qo‘ymaslik haqida borishi kerak. 

Yüklə 454,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə