Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


asarlar ro'yxatini, bibliografik qo'llanma, ko'rsatkichlar tuzish bilan



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

asarlar ro'yxatini, bibliografik qo'llanma, ko'rsatkichlar tuzish bilan
shug'ullanadi. Yordamchi soha sifatida adabiyotshunoslik bibliografiyasi
ilmiy-tadqiqotlarning samarali bo'lishiga xizmat qilish, badiiy
adabiyotni targ'ib qilish kabi maqsadlarni ko'zlaydi. Bibliograflar
tomonidan 
tuzilgan 
bibliografik 
ko'rsatkich va qo'llanmalar
tadqiqotchilarga katta amaliy yordam beradi.
Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Bugungi
kun kishisining tafakkur darajasi, insoniyat tomonidan to'plangan
bilimlar ko'lami benihoya kengaygan. Qadimda fanlar o'zaro
ajralmagan, xususan, adabiyotshunoslik ham falsafa ichidagi bir hodisa
edi. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti, inson tafakkurining rivoji
davomida turli fanlar alohida mustaqil fanlar sifatida ajralib chiqdi.
Biroq bu ajralishni tamomila chegaralanish deb tushunmaslik lozim.
Chunki adabiyotshunoslik, fanning barcha mustaqil tarmoqlari
singari, boshqa fanlar bilan aloqada yashaydi, rivojlanadi. Bu xil
aloqa davomida adabiyotshunoslik boshqa fanlardan nimalamidir oladi,
ularga nimalamidir beradi.
Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida
gapirganda, avvalo, uning tilshunoslik bilan aloqasi xususida to'xtalish
lozim. Badiiy adabiyotning materiali so'z, adabiy asar esa so'zlardan
tarkib topuvchi matndir. Badiiy matn esa, ravshanki, til qonuniyatlari
asosida tarkib topadi. Til qonuniyatlarini bilishlik matnning qurilishi,
tagma’nolari, ishlatilgan stilistik figuralaming estetik qimmati haqida
fikr yuritishda juda muhim. Odatda, badiiy matn tilini o'rganishga
qaratilgan ishlarni adabiyotshunoslik va tilshunoslik chegarasidagi



Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə