Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/182
tarix29.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#141947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

ikkinchi tomondan 
ijtimoiy ong shakli ekanligi; badiiy
adabiyotni san’atga doxil etuvchi obrazlilik va obraz
tushunchalari ayni shu bo‘limda o‘rganiladi. Badiiy adabiyot
spetsifikasini yaxshi tasavvur eta olgan talabagina bugungi
adabiyotshunoslikda bahsli bo‘lib turgan muammolar mohiyatini
anglashi, yaqin kelajakda ularga nisbatan o‘z mavqeini belgilay
olishi mumkin bo‘ladi. 
Badiiy adabiyotning ijtimoiy ong
sohasi sifatida ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqasi,
ularning orasida tutgan o ‘rni, ular bilan aloqasi, o‘ziga xosligi
kabi masalalar ham shu boMimda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,
badiiy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan mushtarak va
farqli tomonlari, ular bilan aloqaning adabiyot rivojidagi
ahamiyati kuzatiladi. Ushbu boMimda ko'riladigan masalalar
ancha murakkab, tushunilishi qiyinroq va shuning uchun sizlar
uchun zerikarli ko‘rinishi ham mumkin. Biroq mashg‘ulotlarda
faol bo‘lsangiz, aytilayotgan gaplarni mushohada qilib,
o ‘zingizning munosabatingizni bildirib tursangiz, bu tasavvur
tezda yo‘qoladi. Biz yuqorida adabiyotshunoslikni sistema deb
aytdik, sistema esa qismlari o'zaro uzviy bog‘langan butunlikni
ko‘zda tutadi. Ya’ni uning birorta bo'limi tushunilmasa, qolgan
qismlarini ham tushunish qiyinlashadi. 
Zero, 
keyingi
boMimlarda ko‘riladigan masalalar birinchi boMimda ko‘rilgan
masalalar bilan mustahkam aloqadadir.
Ikkinchi bo‘lim «Badiiy asar haqida ta’limot» deb nomlanadi.


Bu bo‘limda badiiy asar tuzilishi, uning shakl va mazmun tomonlari
o‘rganiladi. Badiiy asami tahlil qila bilish, uning mohiyatiyu

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə