Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə34/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

Kalom ilmi.

Javob: Islom ta’limoti bo‘yicha barcha payg‘ambarlar yagona Allohga imon keltirishga chaqirganlar va bu ularning eng asosiy vazifasi hisoblangan. SHu bilan birga ularning shariati turlicha bo‘lgan. Musulmonlar islom ta’limotini Muhammad payg‘ambar (a.s.)dan o‘rganganlar. Vaqt o‘tishi bilan islom ta’limotini faqat shu dinni yaxshi bilgan olimlar tushuntira boshladilar. Bu ta’limotni tushuntiruvchi fan paydo bo‘ldi. Mazkur fan turli davrlarda o‘ziga xos «al-fiqh alakbar», «tavhid», «aqida», «kalom», «usul ad-din» kabi nomlar bilan ataldi. Uning nomlari turlicha bo‘lsada, bir mavzuni, ya’ni aqidani o‘rganishga qaratilgan. «Al-Fiqh al-akbar» atamasini birinchi bo‘lib imom Abu Hanifa ishlatgan va shu nom bilan risola yozgan. CHunonchi fiqh so‘zi biror narsani o‘ta yaxshi, har tomonlama tushunib, fahmlash ma’nosini bildiradi. SHuningdek, namoz, ro‘za, haj, nikoh va boshqa amaliy hukmlarni o‘rganuvchi ilmga ham fiqh deyiladi. Aqidaviy masalalarni o‘rganuvchi ilmni esa, «Al-Fiqh alakbar», ya’ni «katta fiqh», amaliy fiqh esa, kichik fiqh hisoblanadi. Keyingi atama «usul ad-din» bo‘lib, unda shariat va dindan olingan e’tiqodiy hukmlarni o‘rganadi, ya’ni dindagi asl hukmlarni tadqiq etadi. Bir qator olimlar shu nom bilan kitoblar ta’lif etganlar. «Tavhid» ham Allohning yagonaligini, uning sifatlarini o‘rganishga e’tibor qaratgan. Bunda Allohni yagona deb bilib, uning sifatlarini qilishga ko‘proq e’tibor qaratgan. Zero, inson uchun zarur aqidalarning eng avvali Allohning vahdoniyatiga, ya’ni yakkaligiga imon keltirish va uni o‘rganish hisoblanadi. YAna bir atama «kalom ilmi» deb yuritiladi. Islom manbalarda aqida ilmining eng mashhur nomlaridan biri ekani aytilgan. Ushbu atama aqidaga oid ishlarning mashhuri hisoblanadi. «Aqida» (ko‘p. Aqoid) bu nom boshqalaridan keyinroq, X (hijriy IV) asrda paydo bo‘lgan. «Aqida» bir narsani ikkinchisiga «mahkam bog‘lash» ma’nosini bildiradi. Islom aqidasi musulmon insonni muayyan tushunchalar bilan mustahkam bog‘lab turadigan e’tiqodlar yig‘indisi. YA’ni, biror narsaga e’tiqod qilish uchun uni hech qanday shubha qoldirmaydigan darajada juda yaxshi bilishdir. Ma’lum bir fikr insonning fikriga aylanib, his-tuyg‘ularini yo‘llaydigan va harakatlarini boshqaradigan holga etganda, aqidaga aylangan bo‘ladi. Aqida ilmga asoslangani uchun aqida ilmi to‘g‘ri, sog‘lom e’tiqodda bo‘lishni ta’minlaydi. Dindagi ayrim shar’iy hukmlar o‘zgarishi mumkin. Ammo sof e’tiqod o‘zgarmaydi, hukmi ham o‘chmaydi. CHunonchi Allohning yagonaligi, farishtalar, jannat va do‘zaxga imon keltirish kabi e’tiqodga oid qarashlar o‘zgarmaydi. «Kalom» so‘zi arabcha bo‘lib, lug‘atda gap, suhbat, til, so‘zlashuv, nutq, bayon ma’nolarini anglatadi. Istilohiy ma’nonda esa, musulmonning e’tiqodi, aqidasi, dunyoqarashini ko‘rsatib beruvchi ta’limotga aytiladi. Boshqacha aytganda balog‘atga etgan musulmon kishining e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog‘lab olib undan ajralishi mumkin bo‘lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlardir. Tarix jarayonida olimlar ushub nomlarga oid kitoblar yozib qoldirganlar. Masalan, imom Abu Hanifa «al-Fiqh al-akbar», Abul Hasan Ash’ariy «al-Ibona an usul ad-diyona», Abul Muin Nasafiy «Tabsirat al-adilla fi usul ad-din», Moturidiy «Kitob at-Tavhid», Abu Hafs Nasafiy «Aqoid» nomli va boshqa olimlarning asarlarini keltirish mumkin.



  1. Yüklə 92,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə