Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob


Moturidiylik va ash`ariylik



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə35/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

Moturidiylik va ash`ariylik.

Javob: Islom tarixini o‘rganish jarayonida ko‘plab olimlar kalom ilmida faoliyat olib borib o‘zlarining aqidaga oid asarlar yozganlarini ko‘rish mumkin. Ulardan hanafiy mazhabi olimlaridan Abu Hafs Nasafiy «Aqida an-Nasafiyya», Abul Muin Nasafiy «Tabsirat al-adilla», Abu Ja’far Tahoviy «Aqida at-Tahoviyya»larni alohida sanab o‘tish o‘rinli. Bulardan boshqa olimlar ham, shuningdek, molikiy, shofeiy, hanbaliy mazhabi ulamolari ham bu borada qalam tebratib o‘zlaridan muhim asarlar qoldirganlar. Avvalgi olimlar o‘zlarining asarlarini mustaqil tarzda va muxtasar shaklda yozgan bo‘lsalar, keyingilar o‘zlaridan oldin o‘tganlarning asarlariga sharh ta’lif etganlari va mustaqil asar yozgan bo‘lsalar ham mufassal ekani bilan ajralib turganlar. Hozirgi kunda ham aqida ilmida asar yozayotgan mutaxassislar asarining masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tayotganlarini ko‘rish mumkin. Ularning barchalari Qur’on oyatlari va hadislar asosida hamda sahobalarning uslubi asosida aqida masalalarini bayon etib berganlar. Aqida borasida faoliyat olib borgan olimlarning orasida imom Abu Mansur Moturidiy va imom Abul Hasan Ash’ariylar alohida ajralib chiqqanlar. Bu olimlar Ahli sunna val jamoa aqidasi bo‘yicha imom deb tan olindilar. «Ahli sunna val jamoa» to‘rt fiqhiy mazhabdan biriga amal qilib kelayotgan bo‘lsalar, aqidaviy masalada ikkiga – moturidiylik va ash’ariylikka e’tiqod qiladilar. Bunda hanafiy mazhabi moturidiylikka, molikiy, shofeiy va hanbaliy mazhabi ash’ariylik ta’limotida deb hisoblanadi. SHu o‘rinda bu ikki maktab vakillari haqida to‘xtalib o‘tish o‘rinli. Moturidiylik aqidaviy maktab asoschisi buyuk kalom imomi va fakih Abu Mansur Moturidiydir. Uning hayoti haqida ma’lumotlar kam. To‘liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Hanafiy Moturidiy Samarqandiy (853-944), asli Samarqandning Moturid qishlog‘idan (hozirgi Jonboy tumnida joylashgan) bo‘lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingan. Abu Mansur Moturidiy dastlabki ta’limni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi. Moturidiy Abu Bakr Ahmad Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad Iyodiy, Imom A’zam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn YAhyo Balxiy, Muhammad ibn Fadl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan. Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, zamonasining ko‘zga ko‘ringan hanafiy mazhabi olimlaridan dars olib o‘z bilimini oshiradi. SHu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqatda bo‘lgan va munozaralar qilib, shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgan. Ulardan quyidagi «Kitabut Tavhid», «Kitabul maqomat», «Kitab rad avoilil adila lil Ka’biy», «Kitabul usul», «ar-Rad ala usulil Qaromita», «Kitab ta’vilot ahli sunna» va boshqalarni keltirish mumkin



  1. Yüklə 92,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə