Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob


Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi roli



Yüklə 92,63 Kb.
səhifə7/49
tarix27.01.2022
ölçüsü92,63 Kb.
#83171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi ro`li Javob

Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi roli.

Javob:


  1. Dinning dunyo xalqlari madaniyatidagi o`rni

Javob:


  1. Markaziy Osiyodagi qadimgi dinlar: animizm, fetishizm, tangrichilik, va b.

Javob: Markaziy Osiyo o‘zining geografik va geosiyosiy joylashuvi tufayli turli madaniyatlar va sivilizatsiyalarning to‘qnashuv nuqtasiga aylandi. Osiyo qit’asining Kaspiy dengizi va Orol-Irtish suv havzalaridan to hozirgi Pokiston va Hindistongacha bo‘lgan katta qismini egallagan mintaqa - Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ushbu xalqlar haqidagi yozma ma’lumotlar yunon manbalari va miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid qadimgi eron va turk yozuvlarida uchraydi.

Animizm- ( lotincha “anima” – rux, jon) – insonni o‟rab turgan muhitda jonlar va ruxlarning mavjudligiga ishonish, go‟yo ular kishilar, hayvonlarning hayotiga, tevarak atrofdag olam, buyumlar va hodisalarga, ularning o‟zgarishlariga ta‟sir etib, ularni boshqaradi deb hisoblash. Animistik tasavvurlar ibtidoiy davr odamlarida bundan taxminan 40-35 ming yil avval paydo bo‟la boshlagan. Ibtidoiy kishilar narsalar, o‟simliklarning joni bor deb tushunishgan. Rux esa egalaridan ajralgan holda ham mavjud bo‟lib, u har qanday narsalarga ta‟sir ko‟rsatadi. Animizm tushunchasini birinchi bo‟lib fanga nemis olimi Shtal 1708-yil kiritgan.

Fetishizm- (fransuzcha “fetiche” – but, sanam, tumor) – tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‟inish. Unga ko‟ra alohida buyumlar kishilarning o‟z maqsadiga erishtirish, ma‟lum voqeahodisalarni o‟zgartirish kuchiga ega deb hisoblangan. Fetish ham ijobiy ham salbiy ta‟sir kuchiga ega deb qaralgan.

Tangrichilik osmon xudosi "Tangri"ga e’tiqod qilgan qadimiy turkiylarning dini bo‘lib, mil.avv. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillikda vujudga kelgan. Ko‘pchilik mutaxassislar oliy osmon xudosi shumerlarda – "Dingir", qadim xitoyliklarda - "Tyan" va xunnlarda - "CHenli" nomi bilan mavjud bo‘lganidan kelib chiqib, ularda aynan bir xudo - Tangri nazarda tutilgan, deb e’tirof etadi. Olimlar mazkur qiyosga tayangan holda tangrichilik eng qadimgi dinlardan biri ekanini ta’kidlaydilar.

Tangrichilik qadim zamonda jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri bo‘lgan. Qadimgi oltoy xalqidan kelib chiqqan turkiy, mongol, tungus-manjur, koreys va yapon xalqlarida Tangrichilikning izlari hozirgacha saklanib qolgan. Tangrichilik ta’limotiga ko‘ra, Tangri bu – Moviy Osmon, Buyuk Osmon sohibi ruhi bo‘lib, uning doimiy makoni osmon deb hisoblangan. Tangri so‘zi turkiy xalqlarda Tengri yoki Tengeri (oltoy), Tengri (qipchoq), Tanri (turk), Tengri (tatar), Tangara (yoqut), Tengiri (kumiq), Teyri (bolqor-qorachoy), Tenger (mo‘g‘ul), Tura (chuvash) shakli ham ishlatilgan. Tangri butun borliqning yaratuvchisi, cheksiz fazoda faqat uning o‘zi hamma narsadan voqif, adolatli va marhamat egasi bo‘lgan erkak qiyofadagi yagona xudo sifatida tasavvur qilingan. Butun borliq bo‘ysunuvchi Tangri insonlar, xalq va davlatlarning taqdirini belgilaydi deb e’tiqod qilingan.




  1. Markaziy Osiyoda Zardushtiylik.


Yüklə 92,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə