Diniy-kosmologik qarash-larda olam



Yüklə 0,68 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#153427
Falsafa


Olam va odam muammolarining tarixiy ildizlari. Bu mavzuga oid masalaiar
olamda odamning mavjudligi va yashashi, hayoti va faoliyati bilan bog'liq holda 
shaidlangan. Olam to'g'risidagi qarashlar odamzodning tarixi qanchaliK qadimiy
bo'lsa, shunchaliK qadimiydir. 
Olam tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan maKonni aks 
ettiradi.Agar odam bo'lmaganida edi, bu olam haqidagi tasawurlar ham bo'lmas
edi. DemaK, olam odam bilan mazmundordir. Olam uni tashril etuvchi narsalar 
bilan birgaliicda namoyon bo'ladi. Hech narsasi yo'q olam yo'qlikdir. U mavhum
tushuncha, ya'ni abstraictsiyadir.
Substantsiya muayyan narsalar, hodisalar, voqealar va
jarayonlarning xilma-xil ko'rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali 
namoyon bo'luvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat — substantsiya
yotadi, deb hisoblovchi ta'limotni monizm deb atashadi. 
Olam tushunchasi Keng qamrovli va Keng yo'nalishli tushuncha
bo'lib, ma'lum ma'noda voqeliKKa tizimli, ya'ni sistemali yondoshishni talab 
qiladi.Masalan. elementar zqrrachalar olami tushunchasi odamga ma'lum bo'lgan  va hali ma'lum bo'lmagdn barcha elementar zarrachalarni qamrab oladi.
Diniy-kosmologik qarash-larda olam ilohiy qudrat kuchi bilan
yaratilgan deb talqin etiladi.
Bu olamning vaqtda boshlanishi borligiga, ya'ni uning cheidi ekanligiga ishoradir.
Islom dinidagi kosmologik qarashlarda o'n sakkiz ming olam haqida gapiriladi va 
mazkur qarash bo'yicha biz yashayotgan moddiy olamdan tashqari, undan mustaqil
bo'lgan ko'plab boshqa olamlar ham mavjuddir, deyiladi. 
Hozirgi zamon kosmologiyasida ham fanga asoslangan bir qancha
kontseptsiyalarda olam o'tkinchi, tabiiy ravishda paydo bo'lgan, degan g'oya ilgari 
suriladi. Bu nuqtai nazarlarda olamning paydo bo'lishidan oldingi holati «hech
nima» va «yo'qlik» tushunchalari bilan izohlanadi. 
Olam haqidagi diniy tasawurlar uning Kelajagi, yaratilishi yoki
o'tmishiga oid 
тигаккаb masalalarni, asosan, ilohiy qudratning hosilasi sifatida
talqin etadi, Dinda olamni «bu dunyo» — o'tkinchi olam va «narigi dunyo» — 
abadiy olamga ajratib tushuntirishadi. Bu dunyodagi mashaqqatlari evaziga odam
narigi dunyoda rohat-farog'atga muyassar bo'ladi, degan g'oyaga asoslaniladi. 
Fan olam to'g'risida o'ziga xos fikr yuritadi
Unda olamga oid murakkab masalalarni amaliy tajribalardan kelib chiquvchi 
mantiqiy dalillar asosida isbotlashga uriniladi. Mavjud ilmiy mantiq doirasidan
chetga chiquvchi hodisalar esa izohlanmaydi. Ayrim ajoyibot hodisalarining fan 
tadqiqot ob'ektiga kiritilmaganining sababi ana shunda.
Olamning namoyon bo'lish shaidlari xilma xildir. Faqat moddiy
jismlarnigina o'ziga qamrab oluvchi olamni moddiy olam deyishadi.
Ayrim kishilar uni jismoniy, ya'ni fizik olam deb atashadi. Odamning ma'naviy,
ruhiy dunyosini qamrab oluvchi olamni ma'naviy olam deyishadi. Aynan shu 
paytda biz bilan birgalixda mavjud bo'lgan olam aktual olam deyiladi. Kelajakda
mavjud bo'lish imkoniyati bor va bo'lishi mumitin bo'lgan olam potentsial olam 
Deyiladi
Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə