22
DIN VA IJTIMOIY HAYOT
4-§
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. Dinning jamiyatdagi o‘rni.
2. Ijtimoiy munosabatlar va din.
Dinning jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalari.
DINNING JAMIYATDAGI O‘RNI
Insoniyat tarixidan yaxshi
bilamizki, dunyoning hech
bir mintaqasi, xalqi ma’lum bir din va e’tiqodlar tizimi
-
siz o‘z shaxsiy va ijtimoiy hayotini tasavvur qila olma
-
gan. Tarixiy davrning barcha bosqichlarida jamiyatning
asosiy bo‘g‘inlari o‘z faoliyatlarini yurgazish uchun u
yoki bu diniy e’tiqod tamoyillariga tayanganlar. Maz–
kur holat barcha xalq va millatlarga xosdir.
Albatta ijtimoiy hayotning shakl
va mazmunining
o‘zgarishi jamiyat a’zolarining dinga bo‘lgan muno-
sabatlarini ham tobora o‘zgarib borishiga o‘z ta’sirini
ko‘rsat di.
Din va uning arkonlari,
avvalambor, mazlum,
ko‘ngli shikasta va ijtimoiy ko‘makka muhtoj kishilarni
himoya qilishga xizmat qilgani tufayli jamiyatning ki
-
borlar tabaqasi uni darhol qabul qilmaganlarini tarixdan
bilishimiz mumkin.
Keyinchalik, esa ba’zi hukm–ron
doiralar dindan
o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mavqelarini mustah
-
kamlash maqsadlarida foydalanishga intildilar. Bunda,
g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarni amalga oshirish dan ham
23
TARIXGA NAZAR
Xristianlik dini vujudga kelishi
arafasida Rim impyeriyasida, xu-
susan, Falastinda murakkab ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar
kechayotgan edi.
Ichki qurolli nizolar, nemis qabilalarining hujumi,
siyosiy hokimiyatdagi bosh boshdoqliklar Rim imperiyasida chuqur ijti
-
moiy va iqtisodiy inqirozni keltirib chiqargan edi. Rimning erkin fuqa
-
rolari ichida umidsizlik va ularning azob-uqubatlariga «e’tiborsizlik» qi
-
layotgan antik xudolarga ishonchsizlik kuchaygan edi.
Dostları ilə paylaş: