Dinlari tarixi


Зеленков М.Ю. Мировые религии: история и современность



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Зеленков М.Ю. Мировые религии: история и современность.
toymadilar. Jumladan, g‘arbda ulkan ilmiy kashfiyotlar
-
ni amalga oshirayotgan olimlar cherkov hukmronligi-
ga xavf sifatida tasavvur qilinib, ularni jodugarlikda 
ayblash hamda ularga nisbatan ommaviy qirg‘inbarot 
siyosatni olib bordilar. 
G‘arbdagi mazkur ijtimoiy holatni O‘rta asrlar 
Movarounnahri, ayniqsa Temuriylar davri bilan qiyos
-
lasak, shunday holatni kuzatamizki, islom dini ulamo-
lari bu davrda yashab, ijod qilgan buyuk allomalarimiz 
faoliyatini din ahkomlariga zid deb, qoralamaganlar.
Sobiq totalitar tuzum davrida milliy-madaniy mero
-
simiz ilm-fanning kushandasi qilib ko‘rsatishga astoydil 
kirishildi. Masalan, o‘tgan asrning 70-yillarida, suratga 
olingan fillarda Mirzo Ulug‘bekning o‘limida Xo‘ja 
Axror Valiy aybdor qilib ko‘rsatilgan. Go‘yoki, Xo‘ja 
Ahror Valiy shaxzoda Abdulatifni «
otang kufr ishlar-
ni olib boryapti va bu bilan shakkoklik qilyapti
», deb 
«
kofirni o‘ldirish tufayli esa islomda katta ajr-savobga 
erishiladi
» degan fatvoni bergan, deb ta’riflangan edi. 
Tarixiy haqiqatga ko‘ra Xo‘ja Axror Valiy Ulug‘bek 
Cherkov tomonidan 
J.Bruno kitoblari-
ning yoqolishi


24
qatl qilinganda umuman Samarqandda bo‘lmagan. Ak
-
sincha, u zot temuriyzodalar o‘rtasidagi toj-taxt uchun 
kechayotgan urushlarini oldini olishga astoydil harakat 
qilgan.
XX asrga islom diniga oid bilimlarning tanazzulga 
uchrashi jaholatning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Ateizm 
g‘oyasi ustuvorlik qilishga harakat qildi. Natijada, islom 
dini ta’limotiga yot bo‘lgan unsurlar kirib kela boshla-
di. Lekin islom dini ta’limotida ustoz-shogird an’anasi 
shakllangan bo‘lib, diniy bilimlar ustozdan-shogirdlar-
ga o‘tib kelgan. Shu yo‘l bilan diniy qadriyatlar bugun
-
gi kunga qadar etib keldi. 
Dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki 
mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoq chi, uning boyliklari
-
ni egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng 
buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan 
judo qilishga urinadi.
O‘n baro-
bar boyib ket-
sangda, hayot 
tarzingni o‘zgar-
tirma.
Lev Tolstoy
 


25
Yuqoridagi tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, din va ja
-
miyat o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Dinni to‘g‘ri 
talqin qilish tinchlikni saqlash, bag‘rikenglik muhitini 
shakllantirish, ilm-fanning taraqqiy etishiga xizmat qi
-
ladi. Undan g‘arazli maqsadlarda foydalanish esa ijti
-
moiy hayotning izdan chiqishiga, jamiyatda notinchlik 
ning yuzaga kelishiga olib keladi.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə