29
MARKAZIY OSIYO DINLARI
5-6-§
Markaziy Osiyo mintaqasining ko‘p
millatli va
konfessiyali bo‘lishining sabablaridan biri,
uning qadi
-
mda «Buyuk ipak yo‘li» ustida joylashganida edi. Min-
taqadagi Shosh, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy
shaharlar orqali «Buyuk ipak yo‘li» o‘tgan. Bu shahar
-
larda yirik karvonsaroylar, savdo rastalari va bozorlar-
ning rivojlanishi
bilan birga turli madaniyat, til va din
vakillari ham
bu markazlarda jamlandi, o‘z urf-odat va
an’analarini rivojlantirdi.
Markaziy Osiyo mintaqasida
tarqalgan eng qadimgi
dinlardan biri zardushtiylikdir. Bugungi kunda bu din-
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1.
Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlarning hozirgi holati.
2. Zardushtiylik jamoalarining zamonaviy hayot tarzi.
3.
Tangrichilikdagi «Uyg‘onish» harakati va zararli oqibatlari.
Buyuk ipak
yo‘li
nafaqat
hududlar o‘rta-
sida savdo-sotiq
aloqalarini,
balki
davlatlar va
qit’alar o‘rtasida
axborot almashu-
vini ta’minlashga
xizmat qilgan.
Dostları ilə paylaş: