(Moida surasi, 2-oyati)
degan
ko‘rsatmasi bilan bog‘lang.
101
XX-XXI ASRLARDA DUNYONING
KONFESSIONAL MANZARASI
22-23§
KONFESSIYA TUSHUNCHASINING
MAZMUN-MOHIYATI
«Konfessiya» so‘zining mazmun-mohiyatidan kelib
chiqqan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda tax
-
minan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hi
-
soblaydilar.
Islom dinida bunday holat kuzatilmaydi. Chunki hech
qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, bosh qa maz-
hablar alohida konfessiya sifatida ro‘yxatdan o‘tmaydi.
Masalan, O‘zbekistonda ham bir necha shia jamoalari
bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini alohida diniy konfes
-
siya hisoblamaydilar.
Globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi
bilan birga, uning natijasi sifatida alohida olingan millat
va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan inti-
lishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.
Bu jarayonlar o‘z navbatida inson ma’naviyatining
uzviy qismi bo‘lgan dinning mohiyatini tushunish, uning
inson va jamiyat hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan
e’tiborning kuchayishini keltirib chiqarmoqda.
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. Konfessiya tushunchasining mazmun-mohiyati.
2. Dunyodagi konfessional o‘zgarishlarning sabablari.
3. Dunyoning bugungi kundagi konfessional manzarasi.
4. O‘zbekiston Respublikasidagi konfessiyalararo munosabatlar.
5. O‘zbekiston musulmonlari idorasi
MA’LUMOT
UCHUN
Diniy konfessiya
– muayyan diniy
ta’limot doirasi-
da shakllangan
va o‘ziga xos
xususiyatlarga
ega e’tiqod va
ushbu e’tiqodga
ergashuv chilar
jamoasi.
|