Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. 
Sektalar o‘z maqsadlarini amalga oshirishda 
qanday yo‘l tutadilar?
2. Sektalarning faoliyati jamiyat rivoji va tinchlik-
ka qanday tasir o‘tkazishi mumkin?
3. Hozirgi zamonda dunyo diniy manzarasi o‘zga-
rishida asosan qanday omillar rol o‘ynamoqda?
4. 
O‘zbekistonda qanday konfessiyalar faoliyat yu
-
ritadi?
5. www muslim.uz. saytidan O‘zbekiston mu-
sulmonlar idorasi faoliyati haqida ma’lumot 
to‘plang.


113
XX-XXI ASRLARDA
MISSIONERLIK VA PROZELITIZM
24-§
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
XX-XXI ASRLARDA YUZAGA KELGAN 
XALQARO MISSIONERLIK UYUSHMALARI 
XX asrga kelib missionerlik faoliyatidan siyosiy 
maq sadlarda foydalanish uchun xalqaro missionerlik 
tashkilotlari tuzila boshladi. 
Edinburg missionerlik konferensiyasi
da jahon 
xalqlarini xristianlashtirish strategiyasi muhokama qili
-
nib, missionerlar tayyorlash, Bibliyani turli tillarga tar-
jima qilish masalalarida turli xristian uyushmalarining 
YAQIN TARIXDA
TARIXGA 
NAZAR
1910-yili 
Shotlandiyada 
«Edinburg 
missionerlik 
konferensiyasi» 
o‘tkazilgan.
1. 
XX-XXI asrlarda yuzaga kelgan xalqaro missionerlik uyushma
-
lari. 
2. 
Missonerlik geosiyosiy o‘yinlar quroli sifatida. 
3. Missionerlik va prozelitizmni millatlararo totuvlik va diniy 
bag‘rikeng likka salbiy ta’siri.
1970-yilda xristianlarning 2200 xorijiy missiyalarida 240 000 professio-
nal missioner faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2000-yilda 4800 ta xorijiy missiya-
da 420 000 missioner mahalliy aholi ichida targ‘ibot o‘tkazib kelgan. 1970 
yilda xorijiy missiyalarning faoliyatiga 3 milliard AQSh dollari sarflanib, 
2000 yilda ushbu ko‘rsatkich 12 milliardga yetgan. Yetakchi missionerlik 
markazlari qatorida «Missiyalar va butunjahon xristianlik maktabi» (Bir
-
mingem), «Genri Martin markazi» (Kembridj, Buyuk Britaniya), Gri-
gorian va Urbanian universitetlari (Vatikan), «Xorijiy missiyalarni o‘rgani-
sh markazi»ni (Nyu-Xeyven, AQSh) qayd etish mumkin. 


114
hamkorligi kelishib olingan. Mazkur konferensiya za-
monaviy missionerlikning shakllanishiga turtki bo‘ldi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin, kolonial tizim bar-
bod bo‘lgach, missionerlikdan sobiq koloniyalarda cher
-
kovlarning mavqeyini saqlab qolish maqsadida foyda
-
lanildi. Jumladan, 1969-yilda Afrika qit’asida 16 ming 
erkak va 30 ming ayol xristian missionerlari bo‘lgan. 
Missionerlar muayyan hududda o‘z faoliyatini 
yo‘lga qo‘yishda muhim mintaqalarni belgilab oladi
-
lar. Jumladan, hozirgi kunda xristian missionerlarining 
diqqat-e’tibori ular tomonidan «10-40 oyna» deb atal
-
gan hududga qaratilgan. Ushbu hudud shimoliy keng-
likning 10 va 40-parallellari orasidagi Atlantika okeani 
qirg‘oqlaridan Kichik va Markaziy Osiyo, Arabiston ya
-
rim oroli, Janubiy Osiyoning Tinch okeani qirg‘oqlariga 
qadar cho‘zilgan.
Ushbu hududda aholisining aksariyat qismi islom, 
buddaviylik, konfutsiylik va hinduiylik dinlariga e’tiqod 
qiluvchi mamlakatlar joylashgan. Aynan mazkur hudud
-
da dunyodagi eng yirik gaz, neft, uran zaxiralari, qit’ala
-
raro strategik ahamiyatga ega transkommunikatsiya 
yo‘llari, bo‘g‘oz va ko‘rfazlar joylashgan bo‘lib, moja-
rolar zonasiga aylangan. 

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə