Dinlari tarixi


BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN 
TANISHASIZ:
1. 
Islom dini doirasida yuzaga kelgan xalqaro tashkilotlar, ularning 
mutaassib lik va terrorizmga qarshi kurashdagi o‘rni.
2. 
O‘zbekistoning Xalqaro islom tashkilotlaridagi a’zoligi.
ISLOM DINI DOIRASIDA YUZAGA KELGAN 
XALQARO TASHKILOTLAR
XX asr oxiri-XXI asrning dastlabki o‘n yilligida du-
nyoning diniy manzarasida bir qator jiddiy va ziddiyatli 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bunday o‘zgarishlarning za-
mirida jahon siyosati va ma’naviyatida ro‘y berayotgan 
jarayonlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi, glo
-
ballashuvning jadallashuvi, xalqaro terrorizm xavfining 
kuchayishi kabi omillar yotibdi.
Bir qator musulmon mamlakatlarining olimlari, 
ziyolilari va ijtimoiy-siyosiy soha arboblari terrorizm-
ga qarshi o‘zlarining munosabatlarini bildirdilar. Ular 
ushbu maqsadida jahon miqyosida faoliyat ko‘rsatadi
-
gan doimiy tashkilot tuzish to‘g‘risidagi tashabbus bi-
lan chiqdilar. Natijada xalqaro miqyosda hukumat yoki 
nohukumat darajasida ish olib boruvchi Islom konferen-
siyasi tashkiloti tashkil topdi. 
1969-yilda Marokash poytaxti Rabot shahrida musul
-
mon mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari ishtiroki
-
da sessiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiyada ishtirok etgan 
davlatlar Islom konferensiyasi tashkilotining a’zolari 
8–9-§
XX-XXI ASRLARDA ISLOM
Ichkarida-
gi kelib eshikni 
ochib bermasa, 
tashqaridagi 
o‘g‘ri uyga kira 
olmaydi.
Jaloliddin 
Rumiy


40
etib belgilandi. Bugungi kunda bu tashkilot 
Islom ham-
korlik tashkiloti
(IHT) deb ataladi. 
IHT faoliyatida quyidagilar asosiy maqsad sifati
-
da belgilangan: islom birdamligini rag‘batlantirish; iq
-
tisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa sohalarda 
hamkorlikni mustahkamlash; irqiy kamsitishni, barcha 
shakldagi mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish; 
tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tadbirlar belgi
-
lash; Falastin arab xalqining o‘z huquqlarini tiklash va 
uning yerlarini ozod qilish uchun kurashini qo‘llab-quv-
vatlash.
Tashkilotni boshqarishning asosiy tamoyillari: o‘z 
taq dirini o‘zi belgilash huquqiga rioya etish; a’zo 
davlatlarning teng huquqlarga ega ekani; suverenitet, 
mustaqillik va hududiy yaxlitlikni tan olish; a’zo davlat
-
lar orasidagi nizolarni tinch yo‘llar bilan hal etish. 

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə