Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

MA’LUMOT 
UCHUN
Hozirgi kun-
da dunyoning 
ko‘pgina mamla-
katlarida Bahoud-
din Naqshband 
(1318-1389) va 
u asos solgan 
naqshbandiya ta
-
riqati katta nufuz
-
ga ega. 
1. XX-XXI asrlarda tasavvuf ta’limoti.
2. 
Adashgan so‘fiy guruhlariga xos xususiyatlari.
3. 
Tasavvuf va tariqatchilik o‘rtasidagi farq.


64
bo‘lgan hududda Bahouddin Naqshband va Naqshban
-
diyya tariqatini bilishadi va hurmat qilishadi. Nima uchun 
shunday? Chunki Bahouddin Naqshband, avvalo, islom 
dini shariati mezonlarini mahkam ushlagan va ularning 
buzilishiga yo‘l qo‘ymagan. Ikkinchidan, u chin insoniy 
g‘oyalar va fazilatlarni ilgari surgan, jamiyatning turli va-
killari o‘rtasida futuvvat – javonmardlik rishtalari paydo 
bo‘lishiga turtki bo‘lgan. Buning ortida odamlar bir-bir-
lariga moddiy va ma’naviy yordam bera boshlaganlar, 
hayotdagi qiyinchilikni hamjihatlikda yengib o‘tib, shod
-
liklarni ham birga baham ko‘rganlar. 
Bularning barchasi Bahouddin Naqshband jamiyatda 
barpo qilmoqchi bo‘lgan birodarlik, birdamlikning ay
-
nan o‘zi edi. Uning “Ko‘ngling Allohda bo‘lsin, qo‘ling 
mehnatda”, degan shiori hunarmand, dehqonlarda dinga, 
dindor va tariqatchi so‘fiylarda mehnatga nisbatan ijobiy 
munosabat paydo qilgan. Bu, o‘z navbatida, odamlar tur
-
mush tarzining ko‘tarilishiga ham xizmat qilgan.
Ko‘rdimki, eng 
yaxshi do‘st ilm 
ekan… 
Aqlli esa yaxshi
-
liklarga chorlas-
hda ko‘rdim…
Najimiddin
 Kubro
MA’LUMOT UCHUN
«Ey Parvardigorim, ey Yori aziz, agar jannating tama’ida toat qila
-
digan bo‘lsam, jannatingdan benasib et, agar do‘zaxingdan qo‘rqib ibo
-
dat qiladigan bo‘lsam, meni do‘zax o‘tida kuydir – ming-ming roziman! 
Ammo agar Sening jamolingni deb tunlarni bedor o‘tkazar ekanman, 
yolvoraman, meni jamolingdan mahrum etma!»
 

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə